Akustik tenzometrlar
Detallarga yuklama berganda material akustik parametrlari o‘zgaradi. Bu
parametrlarga tovush tezligi, akustik qarshilik, so‘nish kabi kattaliklar kiradi. Bu
o‘zgarishlarni pezoelektrik datchiklar yordamida o‘lchash mumkin. Bundan
tashqari torli datchiklar mavjud, bu usul yuklama ortganda sezgir elementorning
xususiy tebranish chastotaning o‘zgarishiga asoslangan.
Elektrik datchiklar. Yuklama ortganda tenzodatchik sezgir elementining
elektrqarshilik o‘zgaradi (tenzorezistiv datchik) yoki deformatsiyada generatsiya
qilinadigan kuchlanish o‘zgaradi (pezoelektrik datchik). Oxirgi datchikning
kamchiligi statik deformatsiyaga yaroqsizligi, afzal tomoni – yuqori sezgirlikka
egaligi. Elektr metodlarga shartli ravishda sig‘imli induksion datchiklarni kiritish
mumkin.
Tenzorezistiv metod. Bu boqa metodlarga nisbatan qulay va tez-tez
ishlatiladi. Metall, yarim o‘tkazgich materiallar deformatsiyalanganda ularning
elektr qarshiligi o‘zgaradi va oqibatida datchik sezgir elementining qarshiligi
o‘zgaradi. O‘tkazuvchi material sifatida metall pardalar ishlatiladi, bu pardalar
dielektrik taglikka purkaladi. Oxirgi vaqtda yarim o‘tkazgichli datchiklar keng
ishlatilyapti.
Tipik metallik datchiklar konstruksiyasi. (qurilmasi).
Pardali tenzorezistor. Taglikka figurali maska orqali fotolitografiya metodi
bilan metall parda purkaladi yoki shakllantiriladi. Elektrodlarni ulash uchun
kontakt maydonchalar qilinadi.
Dielektrik taglikka (masalan polimer parda yoki slyuda)ga vakuumda maska
orqali metall parda purkaladi, yoki taglikda fotolitografik metod bilan o‘tkazuvchi
konfiguratsiya shakllantiriladi. Oxirgi holda avvaldan taglikka purkalgan yaxlit
metall pardaga fotorezist qatlami surkaladi va fotoshablon orqali uni ultrabinafsha
nur bilan nurlantiriladi. Fotorezistning turiga qarab fotorezistning nurlangan yoki
nurlanmagan qismlari yuvib tashlanadi. So‘ngra fotorezist bilan himoya
qilinmagan metall parda eritib yuboriladi (masalan, kislota bilan), shunda metall
parda figurali rasmi shakllanadi.
Parda materiali sifatida solishtirma qarshiligining temperatura koeffitsenti
kichik bo‘lgan qotishma ishlatiladi. Shunday qilinsa temperaturaning tenzometr
ko‘rsatishiga ta’siri pasayadi.
Ishlatilayotganda tenzorezistor tagligi deformatsiyasi tekshirilayotgan obekt
sirtiga yopishtiriladi, bunda tenzorezistor detal bilan deformatsiyalanadi.
Bunday
tenzorezistorning
deformatsiyasi
deformatsiyalovchi
kuch
yo‘nalishiga bog‘liq. Vertikal yo‘nadishga kuch ta’sir qilganda sezgirlik eng katta
bo‘ladi.
Odatda tenzorezistor Uitson ko‘prigining bir yoki ikki yelkasiga ulanadi.
Ko‘prik diagonalidan chiqqan signal o‘lchovchi priborga, differensial
kuchaytirgichga yoki analogli raqamli priborga beriladi.
CHizma
R
1
/R
2
=R
x
/R
3
munosabat bajarilganda ko‘prik diagonalidagi kuchlanish nolga
teng. Deformatsiya sodir bo‘lganida R
x
o‘zgaradi (masalan, cho‘zilishda ortadi),
buning oqibatida R
x
va R
3
ulangan nuqta potensialli pasayadi va Voltmetrdagi
kuchlanish-foydali signal o‘zgaradi.
R
x
qashilik faqat deformatsiyada emas, balki boshqa faktorlar ta’sirida ham
o‘zgarishi mumkin. Bu faktorlardan asosiysi tempreratura bo‘lib, u o‘lchash
natijalariga xatolik kiritadi. Temperaturaning ta’sirini kamaytirish uchun
qarshilikning
temperatura
koeffitsenti
past
bo‘lgan
qotishma
yoki
tenzorezistorlarning ko‘prikka ulanish differensial sxemasi qo‘llaniladi.
Tenzometrlar turli mashina, detal, qurilmalarni loyihalashtirishda ishltiladi.
Bunda loyihalashtirilgan obekt emas, balki ularning maketining deformatsiyasi
o‘rganiladi. Masalan ko‘priklar, uchuvchi apparat korpuslari va h.k. Maketlar
odatda kichiklashtirilgan o‘lchamda tayyorlanadi.
Bundan tashqari tenzometrlar – tarozi, manometr, dinamometr, topsiometr
(aylantiruvchi moment datchigi)larda qo‘llaniladi. Bu qurilmadarda tenzodatchik
elastik elementlar (balka, val, membrana) deformatsiyasini o‘lchaydi.
Tenzometrik o‘lchash metodi (tenzorezistiv metod) tenzometriya effektiga
asoslangan.
Elektr
o‘tkazuvchi materiallar (metall, yarim o‘tkazgich)
deformatsiyalanganda ularning solishtirma elektr qarshiligi o‘zgaradi, oqibatda
datchikning (tenzodatchikning) tenzorezistor (sezgir element) qarshiligi o‘zgaradi.
O‘tkazuvchi material sifatida odatda egiluvchan dielektrik taglikka purkalgan
metall parda ishlatiladi. Keyingi vaqtda yarim o‘tkazgichli datchiklar qo‘llanilishi
kengayib borayapti. Sezgir element qarshiligi u yoki boshqa usulda o‘lchanadi.
Sodda va yaqqol ko‘rinadigan misol bo‘lib odatdagi elektron tarozi hisoblanadi, u
har bir savdo shaxobchasida mavjud.
Pezorezistiv metod.
Bu metod monokristallik kremniydan yasalgan integral sezgir elementlarga
asoslangan. Kremniy almashtirgichlari bosim ostida deformatsiyalangan
solishtirma hajmiy qarshilik o‘zgarishiga asosan katta sezgirlikka ega.
Namlik datchiklari.
Namlikni o‘lchovchi asboblarni gigrometr deyiladi yoki namlik datchiklari
deyiladi. U qishloq xo‘jaligida, texnikada ishlatiladi. Inson salomatligi namlikka
bog‘liq. Masalan, astma, gipertoniya, tuburkulyoz kasalligiga uchraganlar uchun
namlik katta ta’sir etadi. Havo quruq bo‘lsa uyqu kelaveradi, teri qichiydi, ortiqcha
quruqlik nafas olishda yuz beradigan kasalliklarni chaqiradi. Zavod va fabrikalarda
namlik mahsulotni saqlashga, stanoklarga ta’sir etadi. Tuproq namligi
hosildorlikka ta’sir etadi.
Namlikning sig‘im datchiklari ikki plastinali kondensatordan iborat bo‘lib,
qoplamalar orasida quruq havo bor. Havo quruq bo‘lganida tokni o‘tkazmaydi.
Namlik o‘zgarsa sig‘im o‘zgaradi.
Dielektrikli sig‘im datchiklarida namlikka qarab sig‘im o‘zgaradi, bu havoli
usuldan ancha afzal. Qattiq predmetlar qoplamalar orasiga joylashtiriladi, u
tebranish konturiga va undan keyin generatorga ulanadi.
Rezistiv datchiklar 2 ta elektroddan tashkil topgan. Elektrodlar taglikka
surtiladi. Elektrodlar namlikka qarab qarshiligini o‘zgartiradi. Datchik to‘la
qarshiligi namlikka kuchli bog‘langan. O‘tadigan tok namlik miqdorini ko‘rsatadi.
CHizma
Bu datchikning afzalligi narxining arzonligidadir.
Termistorli gigrometr ichiga 2 ta bir turdagi termistor kiradi. Bular
nochiziqli komponentlar. Ularning qarshiligi temperaturaga to‘g‘ri proporsional
bog‘langan. Termistorlarning bittasi quruq havoli germetik kameraga
joylashtirilgan. Ikkinchi termistor teshikli kameraga joylashtirilgan. Ular orqali
havo kiradi. SHu havo namligini o‘lchash kerak. Termistorlar ko‘prik sxema
bo‘yicha ulangan.
CHizma
Potensiallar farqi ko‘prik diagonaliga beriladi va undan chiqish kuchlanishi
o‘lchanadi. Namlik ortganda termistor sirtidan suv bug‘lanadi va termistor
temperaturasi pasayadi.
Namlikni o‘lchovchi optik datchiklar
Bu datchik ishlash prinsipi shudring nuqtasini aniqlashga asoslangan. Bu
nuqtaga erishilganda suyuqlik va gaz termodinamik muvozanatni oladi. Agar
shishani shudring nuqtadan yuqori bo‘lgan temperaturali gaz muhitiga joylasak,
so‘ngra shisha haroratini pasaytirsak, shishada kondensator paydo bo‘ladi. Bu
bug‘ning suyuq holatga o‘tishidir. Bu yotish temperaturasi shudring nuqtasi
deyiladi. Bu nuqta temperaturasi muhitning bosimi va namligiga bog‘liq. Bosim va
temperaturani aniqlay olsak namlikni ham aniqlaymiz. Eng sodda datchik
svetodioddan iborat, u ko‘zgu sirtiga nur yuboradi, nur undan qaytadi va nur
yo‘nalishi o‘zgaradi. Ko‘zgu temperaturasini qizdirish yoki sovutish orqali
o‘zgartirish mumkin. Termoelektrik nasosni ham ishlatish mumkin. Ko‘zguga
temperatura datchigi o‘rnatilgan. O‘lchashdan avval ko‘zgu temperaturasini
shudring nuqta temperaturasidan yuqori qilib o‘rnatiladi. So‘ngra ko‘zgu
sovutiladi. Ko‘zguda suv tomchilari hosil bo‘ladi, oqibatda svetodioddan kelib
tushayotgan yorug‘lik nuri sinadi va sochiladi, bu esa fotodetektordagi tokni
pasaytiradi.
Fotodetektordagi
axborotga
ega
bo‘lib, regulyator ko‘zgu
temperaturasini ushlab turadi, termodatchik esa temperaturani aniqlaydi. Bosim va
temperaturani bilgan holda namlik o‘lchanadi. Optik datchik boshqa analoglarga
nisbatan katta aniqlikka ega. Kamchiligi: narxi qimmat, energiyani ko‘p sarflaydi,
xizmat qilish qimmat turadi (ko‘zguni toza holda ushlab turish xizmati murakkab).
Do'stlaringiz bilan baham: |