359
17-BOB. IQTISODIY O‘SISH VA MILLIY BOYLIK
Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning
asosiy yo‘li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishiga
erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham
pirovard natijada iqtisodiy
o‘sish darajasi va sur'atlariga bog‘liq. Shu sababli ushbu bob iqtisodiy
rivojlanishning mohiyati, uning darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, iqtisodiy
o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlarini bayon qilish bilan boshlanadi. Bob
davomida iqtisodiy o‘sishning omillari, milliy boylik va uning tarkibiy tuzilishi,
iqtisodiy o‘sish borasida mavjud bo‘lgan turli modellar mazmunini yoritib berishga
ham o‘rin ajratiladi.
17.1. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlari
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish
qiyin aniqlanadigan jarayon
bo‘lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil
qilinadi.
Iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot hajmining mutlaq va aholi
jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari har bir birligi hisobiga o‘sishi,
sifatining yaxshilanishi va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Iqtisodiy o‘sishni YAIM mutlaq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon
boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash
buning qanday maqsadda
amalga oshirilayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy
o‘sishini YAIM mutlaq hajmining ortishi orqali o‘lchash uning iqtisodiy
salohiyatini
baholashda, aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali
o‘lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo‘llaniladi.
Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur'atini tavsiflaydigan mazkur ko‘rsatkichlar
(real YAIM va aholi jon boshiga real YAIMning o‘sishi) miqdoriy ko‘rsatkichlar
bo‘lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to‘liq
hisobga olmaydi va
Shu sababli farovonlikning haqiqiy o‘sishini to‘liq tavsiflab berolmaydi;
ikkinchidan, real YAIM va aholi jon boshiga YAIMning o‘sishi bo‘sh vaqtning
sezilarli ko‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real
darajasining pasaytirib
ko‘rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni
miqdoriy hisoblash
boshqa tomondan uning atrof muhitga va
insonning hayotiga salbiy ta'sirini
hisobga olmaydi.
SHunga ko‘ra, iqtisodiy o‘sishning barcha tavsifi yillik o‘sish sur'atlarining
foizdagi o‘lchovida to‘liq o‘z ifodasini topadi:
%
100
давр
базис
давр
базис
давр
жорий
ЯИМ
ЯИМ
ЯИМ
С
У
,
bu erda:
O‘S – iqtisodiy o‘sish sur'ati, foizda;
YAIM
bazis davr
– taqqoslanayotgan davr (yil)dagi real YAIM hajmi;
YAIM
joriy davr
– joriy davr (yil)dagi real YAIM hajmi.
360
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar
natijasida 1996 yildan
boshlab oldingi yilga nisbatan, 2001 yildan boshlab esa
1991 yildagi darajaga nisbatan YAIM hajmining barqaror ravishda o‘sishiga
erishildi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta'sirida yuzaga kelgan muammo va
qiyinchiliklarga qaramay, 2008 yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur'atlari 9
foizni tashkil etdi (17.1-chizma).