KONTROL MASALALAR
1. Benzol va toluol aralashmasi atmosfera bosimida 95°S da qaynaydi. Bu temperaturada benzol to‘yingan bug‘ining bosimi: Rb=1167 mm sim. ust.; toluolniki Rt=480 mm sim. ust. ga teng. Aralashma Raul konuni bilan xarakterlanadigan bo‘lsa, uning tarkibini aniqlang. Agar suyuqlik tarkibidagi toluol 2 marta kam bo‘lsa, aralashma 95°S da qanday qaynaydi? (Javob: x=0,408;
P = 962 mm cim.ust.).
2. Metanol-suv aralashmasining 50°S dagi muvozanat tarkiblarini aniqlang: a) P=300mm sim. ust.; b) P =500 mm sim. ust..Aralashma Raul qonuni bilan xarakterlanadi. Olingan b) holatdagi natijani tushuntirining. (Javob: x=0,675; u=0,9; b) holatda 50°S bosim 400 mm sim.ust.dan ortiq bo‘lolmaydi.
3. Raul konuniga buysunadigan geksan –geptan aralashmasi uchun umumiy bosim 0,2 MPa bo‘lganda u*-x muvozanat egri chizig‘ini quring. Komponentlar to‘yingan bug‘lari bosimlarini nomogrammadan oling .
4. Uzluksiz ishlovchi rektifikatsion kolonnaga 24% (mol) tez uchuvchan komponenti bo‘lgan suyuqlik beriladi. Distilyatning konsentratsiyasi 95% (mol), kub koldig‘iniki 3% (mol) tez uchuvchan modda bo‘yicha .Deflegmatorga 850 kmol/soat bug‘, undan kolonnaga 670 kmol/soat flegma keladi. Qancha kub koldig‘i olinadi? (Javob: 608 kmol/soat )
5. Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion kolonnaga etanol–suv aralashmasi ajratiladi. Kolonnaning pastki qismi uchun ish chizig‘i u =1,28x - 0,0143 tenglama bilan ifodalanadi. Spirtning kub koldig‘idagi massa protsentini toping. (Javob: 12,1% (massa)).
6. Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion kolonnada 70% (mol) li 200 kg/soat uksus kislota olinadi. Uksus kislotasi va suvdan iborat aralashma kolonnaga qaynash temperaturasida beriladi, uning tarkibida 31% (mol) kislota bor. Kolonnaning tepa qismidan tarkibida 8% (mol) uksus kislotasi bo‘lgan suv bug‘i chiqadi. Kolonnadagi bosim atmosfera bosimiga teng. Flegma soni 4 ga teng bo‘lsa kotsentratsiyalarning o‘zgarish boskichlari sonini topin. SHuningdek kolonnaning kubiga beriladigan isituvchi bug‘ning sarfini aniklang. (Rabs=0,4 MPa, namligi 5%). Yo‘qotilgan issiqlik 4%. (Javob: n=9; Gi.b =720 kg/soat).
7. Atmosfera bosimida ishlaydigan, metanol-suv aralashmasini ajratishga mo‘ljallangan rektifikatsion kolonnaning distilyat bo‘yicha unumdorligi 1500 kg/soat . Deflegmatorning issiqlik o‘tkazish yuzasi 69 m2, undagi issiqlik o‘tkazish koeffitsienti 810 Vt/(m2×K) ga teng. Flegma sonini va deflegmatorga beriladigan suvning sarfini (15 dan 35°Sga isiydigan) aniqlang. (Javob: R=3,21; 83 t/soat).
Do'stlaringiz bilan baham: |