149-151-mavzular. Mantiqiy tushunchalar: “barchasi”, “ayrimlari”, “...dan tashqari barchasi”, “har qanday”, “ixtiyoriy”, “......lardan biri”, “barchasidan biri” va ularning ma’nolari (3 soat).
152-154-mavzular. Berilgan uzunlikdagi kesmani yasash. Uzunlik va masofalarni o‘lchash va chamalash (3 soat).
155-156-mavzular. Turli shakllar yasash. Bo‘laklardan shakllar hosil qilish (2 soat).
157-158-mavzular. Qiziqarli masalalar yechish (2 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
2 arifmetik amalli (qavssiz) sonli ifodaning qiymatini hisoblay oladi;
o‘lchamlari ma’lum bo‘lgan yassi geometrik figuralarni (kesma, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat) chizg‘ichdan foydalanib yasay oladi, ularni qog‘oz, sim, plastilin va h.k. lar yordamida modellashtira oladi;
real obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay oladi;
geometrik obyektlar o‘lchamlarini, masofalarni chamalay oladi;
murakkab bo‘lmagan jadvallar ko‘rinishida berilgan ma’lumotlarni o‘qiy oladi;
murakkab bo‘lmagan tayyor jadvallarni to‘ldira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |