Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv hamda kundalik amaliy vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab oladi.
A1+
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
2-bo‘lim. 10 000 ICHIDA RAQAMLASH. SONLI IFODALAR.
TENGLAMALAR.
(35 soat, A1+: 49 soat)
43-45-mavzular. Nollar bilan tugaydigan sonlarni bir xonali songa og‘zaki ko‘paytirish va bo‘lish usullari (3 soat).
46-48-mavzular. Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari. Rim raqamlari (3 soat).
49-51-mavzular. Og‘zaki ko‘paytirish va bo‘lish usullari. Yechimlarni kalkulyator yordamida tekshirish (3 soat).
Do'stlaringiz bilan baham: |