2.Matematik gazeta va albomlar tayyorlash
Devoriy gazeta maktab hayotini aks ettirish bilan birga bilim uchun va intizom uchun kurash olib boradi. Maktablarda devoriy gazeta bilan bir vaqtda, bolalarning bo‘sh vaqtlarini qiziqarli, zerikmaydigan qilib uyushtirish va ularda matematika faniga bo‘lgan muhabbatni tarbiyalashda matematik gazeta chiqarish mumkin.
Gazetaning nomlari:
«Yosh matematik», «Ziyraklik», «O‘qi, hisobla, yech», «Bo‘sh vaqtlarda» va boshqalar bo‘lishi mumkin. Gazetaning 1-sonini qiziqarli va mazmunli qilib chiqarishga alohida e’tibor berish kerak. Bu esa gazetani kelgusi sonlarini sifatli qilib tayyorlashga turtki bo‘ladi.
Matematik gazetada buyuk matematiklarning hayoti va faoliyati, matematika fanidagi yangiliklar to‘g‘risida ma’lumotlar hamda unga yaqin bo‘lgan ba’zi bir nazariy materiallar, ayrim murakkab, qiziqarli matematika elementlari, matematik fokuslar, rebuslar va o‘yinlar, arifmetik jumboqlar bo‘lishi mumkin.
Shu bilan bir qatorda maktabning matematika hayotiga, matematika to‘garagiga aktiv qatnashayotgan va a’lo baholar bilan o‘qiyotgan o‘quvchilar haqida materiallar, ularning fotosuratlari, shuningdek, matematikadan past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar, ularning javoblardagi tipik xatolar, bu xatolarni tuzatish usullari hammasi berilib borilishi kerak.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun gazeta rangli bezalgan bo‘lishi masala va misollar rasmlar yordamida berilishi va qiziqarli xarakterda bo‘lishi kerak. Ayniqsa, bayonning she’r shakli bolalarni o‘ziga jalb qiladi. Gazetada vazifa va topishmoqlarni tuzishga o‘quvchilarning o‘zlarini jalb qilish maqsadga muvofiqdir.
Gazeta uchun to‘plangan turli xabarlar, ma’lumotlar qiziqarli va hazil misol, masalalar konkurs natijalari «bilasizmi?», «xatosini top», «o‘ylab ko‘r», «tez yeching» kabi sarlavhalar ostida beriladi.
Matematik gazeta chiqmaydigan yoki uni chiqarishga to‘liq sharoit bo‘lmagan joyda sinf yoki maktab gazetasida matematika bo‘limi tashkil qilish mumkin. Bu bo‘limda matematik topishmoqlar, rebuslar, ajoyib misol, masalalar yoziladi. Gazeta beriladigan masalalarning shartli qisqa, tez esda qoladigan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Gazetani muntazam chiqarib borishni ta’minlash zarur. Matematik devoriy gazetalar,odatda matematik burchak deb ataluvchi joyga osib qo‘yiladi, bu burchakda Vatanimiz yutuqlarini ifodalovchi sonli ma’lumotlar ham berib boriladi. “Bilasizmi?” ruknida qiziqarli materiallar beriladi. Masalan:
1. Odamning bo‘yi bir kunda 1 sm dan 6 sm gacha o‘zgarishi mumkin.
2. Dunyodagi eng uzun temir yo‘l 9302 km ni tashkil etadi.
3. Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln tonnagacha kumush bor. Matematika burchagini tashkil qilishni o‘quvchilar va ularning ota-onalari faoli yordamida amalga oshirilishi mumkin.
3.O‘zbek bolalar adabiyoti namoyondalari
Bolalar adabiyoti taraqqiyoti jamiyatning umumiy rivoji bilan ham uzviy bog‘liqdir. Bujihatdan Mahmud Koshg'ariyning „Devoni lug‘otit turk“asarini eslash o‘rinli. XI asrning buyuk tilshunos olimi o‘z kitobiga juda ko‘p ma’lumotlarni jamlagan. Kitobda XI asradabiyoti bilan birga, avvalgi zamonlarda paydo bo‘lib,og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga ko‘chib yurgan maqollar,rivoyatlar, qo‘shiq va lirik she’rlardan namunalar keltirilgan.Ayniqsa, mehnat, qahramonlik, marosim, mavsum qo‘shiqlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.
Shuningdek, Urxun-Enasoy obidalarida, Yusuf Xos
Hojibning ,,Qutadg‘u bilig“ („Saodatga olib boruvchi bilim“),
Ahmad Yugnakiyning „Hibat ul-haqoyiq“ , („Haqiqatlar
armug‘oni“) dostonlarida hamda Ahmad Yassaviy, Rabg'uziy,
Sulaymon Boqirg‘oniylarning asarlarida til, ilm, fan, axloqodob
masalalari keng qamrab olinadi. Haydar Xorazmiy,
Qutb, Durbek, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy singari shoirlarning
xalq turmushini, orzu-armonlarini yorqin aks ettirgan asarlari
adabiyotimiz tarixida muhim ahamiyatga ega. Bu mumtoz
shoirlar ijodi Alisher Navoiydek buyuk san’atkorning voyaga
yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni tayyorladi.
Alisher Navoiy butun faoliyati va ijodiyotini insonning
baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, o‘zaro
urushlarning oldini olishga, obodonchilik, ilm-fan, san’at va
adabiyot taraqqiyotiga bag‘ishladi. U adolatparvar, donishmand
davlat arbobi, o‘zbek mumtoz adabiyotini yangi taraqqiyot
pog‘onasiga ko‘targan buyuk so‘z san’atkori boiib, davming
madaniy hayotiga rahbarlik qildi, ilm-fan, san’at va adabiyot
ahllariga homiylik ko‘rsatdi, ko‘plab shogirdlar yetishtirdi.
XV—XVI asrlarda yashab ijod etgan Zahiriddin Muhammad
Boburning ,,Boburnoma“ asarida o‘sha davr hayotiga doir
tarixiy voqealar bilan birga, ilm-fanga oid qimmatli ma’lumotlar
berilgan, turli xalqlarning urf-odatlari, tili, san’ati va
adabiyoti yoritilgan.
XVIII asrning oxiri, XIX asming boshlarida yashab ijod
etgan ikki buyuk shoir Muhammadniyoz Nishotiy va
Muhammad Sharif Gulxaniylar ijodi mumtoz adabiyotimiz
tarixida alohida ajralib turadi. Nishotiyning xalq og‘zaki ijodi
asosida yaratgan „Husni dil“ dostoni ishq-muhabbat, aqlfarosat,
odob-axloqqa bagishlangan. Shu narsa diqqatga
sazovorki, dostonda har biri mustaqil asar b o ia oladigan
„Shohboz va bulbul“ , „Gul va Daf‘, „Nay va Shamshod“,
„Binafsha va Chang“ kabi masallar ham berilgan. Bu
masallaming barchasi el-yurtga foyda keltirish, maqtanchoq
boimaslik, ortiqcha kibr-havoning zarari kabi mavzulaming
yoritilishi jihatidan bolalar uchun ibratlidir.
Gulxaniy ham ,,Zarbulmasal“ asarida o‘zining muhim
ijtimoiy qarashlarini, el-ulus taqdiriga munosabatini hayotiy
timsollar orqali ifodaladi.
Munis mehnatkash xalqning og ir ahvoliga qattiq achindi,
ilm-fan va adabiyot ahlining xor-zorligidan qayg‘urdi. Shoir
kishilarni bilim olishga, kitob o‘qishga, johil va yomonlardan
uzoq bo‘lishga chaqirdi. Munis „Savodi ta iim “ risolasi orqali
bolalarni o‘qitish va tarbiyalash ishiga katta hissa qo‘shdi. Uning
ma’rifatparvarlik g‘oyalari Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Komil,
Zavqiy, Avaz 0 ‘tar kabi shoirlarga ham katta ta ’sir ko‘rsatdi.
Ma’rifatparvarlikni bayroq qilib ko‘targan Abdulla Avloniy,
Behbudiy, Hamza, Fitrat, Munawarqorilar tomonidan yozilgan
darslik va qoMlanmalarda bolalar hayoti, o‘qishi, axloqodobi
haqida materiallar beriladi.
Abdulla Avloniy („Birinchi muallim“, „Ikkinchi muallim44, „Maktab gulistoni“ , „Turkiy guliston yoxud axloq“), Hamza Hakimzoda Niyoziy („Yengil adabiyot44, „Axloq hikoyalari”,„Qiroat kitobi”) asarlarida yangi davr nafasi ufura boshladi. 20-yillarda Fitrat, Cho’lpon, Elbek, Botu, G’afur G ‘ulom,G ‘ayratiy, Shokir Sulaymon, Oybek va boshqalar kichkintoylaruchun yozgan asarlarida bolalarni yaxshi o‘qishga, ilm-fannurlaridan bahramand bo’lib, davrning haqiqiy o‘g’il-qizlarisifatida kamol topishga targ’ib etdilar.
Bolalar adabiyoti yildan yilga rivojlanib bordi. 30-yillarga
kelib she’riyat (Zafar Diyor, Adham Rahmat, Ilyos Muslim,
Shukur Sa’dulla, Sulton Jo‘ra, Mahmuda Oqilova, Quddus
Muhammadiy), nasr (Majid Fayziy, Dorjiya Oppoqova,
Hakim Nazir), dramaturgiya (Zafar Diyor, Doijiya Oppoqova)
sohalarida bolalar ijodkorlari yetishib chiqdilar. Sadriddin
Ayniy, G ‘afur G ‘ulom, Hamid Olimjon, Oybek, Elbek,
Shokir Sulaymon va G ‘ayratiylar ham o’zbek bolalar adabiyotini yuksaltirish ishiga munosib hissalarini qo’shdilar.
Bu davrda boshqa xalqlar adabiyotidan ko’plab asarlar o’zbek
tiliga taijima qilindi. Natijada o‘zbek bolalar adabiyoti har tomonlamaboyib bordi. Ayniqsa, „Yer yuzi”, „Bolalar yo‘ldoshi”, „Bolalar dunyosi”, „Yosh kuch” kabi jurnallar chiqishi bolalar adabiyotining har tomonlama rivojlanishiga sabab bo’ldi.
Uning mavzu doirasi kengaya bordi. Yoshlik, maktab hayoti,
ona yurt tabiati, xalqlar do'stligi, ilm, hunar va texnikaga muhabbat mavzulari bolalar adabiyotidan keng o4rin oldi.
Xalqimiz boshiga ko‘p musibatlar, jabr-u jafolar solgan
ikkinchi jahon urushi yillarida urushni va yovuzlikni qoralovchi
ko4plab otashin she’rlar, dostonlar yaratildi.
So‘nggi davrda bolalar she’riyatida ona-Vatan, go4zal
diyor, hur o ‘lkamiz to’g’risida yaratilgan asarlar diqqatga
sazovordir („Yashna, Vatan” (I. Muslim), „Obod o’lkam”,
„Yurtimizning yuragi“ (P. Mo‘min), „Mening Vatanim“ ,
„Baxtli bolalar“ (Q. Hikmat), ,,0 ‘lkamizning tongi otmoqda“
(A. Rahmat), „Dehqon bobo va o‘n ikki bolakay qissasi“
(A. Oripov) va boshqalar).
Bu mavzuda yaratilgan asarlar ichida Abdulla Oripovning
„Dehqon bobo va o ‘n ikki bolakay qissasi“ she’ri ajralib turadi.
O'zbekiston haqida ko‘plab asarlar bor. A. Oripov ularni
takrorlamasdan o ‘ziga xos yorqin asar yozgan. She’r
qahramonlari o‘n ikki viloyatdan chiqqan a’lochi, jamoatchi
O‘zbek xalqining ulug‘ ma’rifatparvari, mutafakkiri va
buyuk shoiri Alisher Navoiy ijodida yoshlar tarbiyasiga
bag‘ishlangan sahifalar nihoyatda ko‘p. U bolalarni ilm-hunar
egallashga, mehnatni sevishga undaydi, bu ilm va hunarni
xalq, vatan manfaatlari yo‘lida sarf qilish zarurligini alohida
uqtiradi.
Navoiyning fikricha, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan
boshlab astoydil o ‘qish-o‘rganish kerak: „Yoshligingda yig‘
ilmning mahzanin, qarigan chog‘da sarf qilg‘il ani“ — shoirning
shiori ana shunday.
Alisher Navoiy davlatda yuqori martabaga
erishgach, maktab va maorif ishlarini rivojlantirishga katta
ahamiyat berdi. U bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun
maktablar ochish va madrasalar qurishda g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi.
Alisher Navoiy Astrobodda surgunda yurganida do‘sti, podshoh
Husayn Boyqaroga yozgan xatida o‘g‘il va qiz bolalar uchun
maktablar ochishni talab qiladi. Shaxsan o ‘zi madrasalar
qurishda tashabbus ko‘rsatgani buning yaqqol dalilidir.
Navoiyning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, unga to‘g‘ri
yo’l ko'rsatadi, bolalarni bilimli qiladi. Alisher Navoiy ilm-ma’rifat, ta ’lim-tarbiya haqidagi fikrlarini badiiy asarlarida komil insonlar sifatida tasvirlangan ijobiy obrazlari orqali bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, ilm-fanning xislati, qudratiga juda katta baho beradi.
Buyuk shoir bolalar tarbiyasiga oid fikr-mulohazalarini
„Hayrat ul-abror“ , „Farhod va Shirin“ , „Layli va Majnun“
kabi dostonlarining ayrim boblarida keng bayon etadi. „Hayrat
ul-abror“ („Yaxshi kishilaming hayratlanishi“) falsafiy-taiimiy
dostondir.
Shoir dostonda saxiylik, odob va kamtarinlik, ota-onaga
hurmat, rostgo‘ylik va to‘g‘rilik, ilmning foydasi va mashaqqat
chekib bilim olgan kishi baxt-saodatga erishajagi haqidagi
falsafiy qarashlarini keng bayon etadi.Hokim tabaqalarga bo'lgan munosabati to ‘g‘ridan to ‘g‘ri ifoda
etilmay, balki hayvonlar, qushlar va shunga o ‘xshash majoziy
obrazlarning tasviri orqali beriladi. Shoir shu tarzda o‘zi
yashagan zamonga, voqea-hodisalarga munosabatini, qarashlarini dadil aks ettiradi.
Muallif o‘z masallaridagi majoziy obrazlar orqali hukmron
sinf vakillarini fosh qiladi, mamlakatga xarobalik, qashshoqlik
keltirgan o‘zaro feodal urushlarga qarshi ommaning noroziligini
ifodalaydi.
Hozirgi zamon o‘zbek bolalar nasrida ham salmoqli asarlar
yuzaga keldi. Yozuvchilaming yangidan-yangi avlodi kamol topdi.
Bolalarning yoshi, qiziqishi, dunyoqarashiga to ia javob bera oladigan ko‘plab hikoyalar yaratildi. Hakim Nazir, Yoqubjon Shukurov, Nosir Fozilov, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Turg‘unboyG ‘oipov, Rahmat Azizxo‘jayev, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Sobir Yunusov, Oqiljon Husanov, Mahmud Murodov,Ergash Raimov, Safar Barnoyev, Abdusaid Ko‘chimov,Anvar Obidjon va boshqalaming maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan qissa va hikoyalar to‘plamlari bosilib chiqdi.
Bolalar qissachiligida Oybek, G ‘afur G ‘ulom, Abdulla
Qahhor kabi ulug‘ adiblarning hissasi katta. Shuningdek,
Hakim Nazir, Shukur Sa’dulla, Xudoyberdi To‘xtaboyev,
Latif Mahmudov, Nosir Fozilov, Farhod Musajon, Hojiakbar
Shayxov, Anvar Obidjon, Habib Po‘latov, Muqimjon
Niyozov, Rustam Rahmonov, Shukur Xolmirzayev, Oqiljon
Husanov, Mamatqul Hazratqulov kabi yozuvchilarning asarlari
ham sevib o‘qiladi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |