16-seminar mashg’uloti Mavzu: Respublikamizda kompyuter tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari. Ishning maqsadi



Download 80,5 Kb.
bet1/2
Sana10.07.2022
Hajmi80,5 Kb.
#770785
  1   2
Bog'liq
16-seminar Respublikamizda kompyuter tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari


16-seminar mashg’uloti
Mavzu: Respublikamizda kompyuter tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari.
Ishning maqsadi: Talabalarda ma’ruzada olingan bilimlarni mustahkamlash, axborotlarini taqdim etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmasini hosil qilish.
Kutilayotgan natija:

  • Davlatimizning ishlab chiqarish korxonalarida kompyuter tarmoqlarini qo’llash.

  • Elektron darsliklarni kompyuter tarmoqlari orqali o’qitish jarayonida va amaliyotda samarali qo’llash

Kerakli jihozlar: Kompyuter, proyektor, electron doska, darslik, ko’rgazmali materiallar, tarqatma materiallari, topshiriqlar.


AMALIY TOPSHIRIQLAR:



  1. Kompyuter tarmoqlari rivojlanish bosqichlarini o'rganish

  2. Dars jarayonida kompyuter tarmoqlarni qo’llashni o’rganish.

  3. Darsda nazariy texnologiyalarini qo’llash.

  4. Interaktiv muloqot tizimlarini dars jarayonida qo’llash

Nazariy qism



O‘zbekiston Respublikasida tarmoqlarni avtomatlashtirish ishlari muntazam olib borilgan. O‘rta Osiyo respublikalari ichida birinchi marta 1956-yilda O‘zFA matematika instituti qoshida hisoblash texnikasi bo‘limi ochildi. 1958-yil 30-dekabrda O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib «Ural» elektron-hisoblash mashinasi (EHM) ishga turishirildi. Keyinchalik, 1962-yilda Toshkent shahrida M20 rusumli (Qozon avtomatlashgan mashinalar zavodi mahsuloti), yarim o‘tkazgichli M220 rusumli, «Minsk 22», «Ural 2», «BCM6 – 1», «BCM6 – 2» rusumli EHM lar ishga tushirildi.
Toshkent shahri sobiq sho‘rolar davridayoq elektron-hisoblash mashinalar sohasidagi markazlarning biriga aylangan edi. 1966-yilda markaziy hisoblash bo‘limi negizida «Kibernetika» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ochildi. Bu birlashmada hukumat va jamoat tashkilotlarining buyurtmalariga ko‘ra ilmiy-amaliy ishlar amalga oshirilar edi. 1978-79 – yillarda «Kibernetika» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi negizida markazlashgan konstruktorlik-texnika byurosi, shuningdek, tajriba-sinov zavodi ochildi. Bu ilmiy-amaliy muassasalarda respublikamizda ko‘zga ko‘ringan olimlar (V.Q.Qobilov, F.A Abutolipov, T. B. Bo‘riyev, B. M. Bondarenko, T. Komilov, T. F. Bekmuratov, R. R. Sa’dullayev, S. Ortiqova, H. Z. Ikromova, S. Karimberdiyeva va boshqalar) faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Respublikamizda informatika fanining o‘qitilishi bo‘yicha ham katta yutuqlarga erishilmoqda.
Sizga ma’lumki, «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» predmetini o‘rta maktablarning X – XI sinflarida o‘rganish 1985-86 o‘quv yilidan boshlab joriy qilingan edi. Ushbu predmetni 8-sinfdan boshlab o‘qitish MDH mamlakatlari ichida birinchilardan bo‘lib respublikamizda yo‘lga qo‘yildi (1993 – 94 - o‘quv yili). Ushbu predmetni o‘qitish uchun dastur, o‘quv rejalari ishlab chiqilib, 1993-yilda 8-sinf uchun (A. A. Abduqodirov, T. Azlarov va boshqalar muallifligida), 1994-yilda 9-sinf uchun (A. A. Abduqodirov, T. M. Mahkamov muallifligida) darsliklar yaratildi, 8 va 9-sinflar uchun predmetni o‘qitish samaradorligini ta’minlovchi mashqlar to‘plamlari (A. A. Abduqodirov va A. G‘. Hayitov muallifligida) nashrdan chiqarildi. Shuningdek, respublikamizda informatika o‘qitish mazmunini takomillashtirishga qaratilgan qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 2001-yil aprel oyida «Kibernetika» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tasarrufida yangi axborot texnologiyalari markazi tashkil etildi.
Mustaqil respublikamizda kompyuterlashtirishni rivojlantirish, yuqori texnologiyalarni samarali va sifatli darajada qo‘llash, hududimizdagi kompyuterlar bozorini kengaytirish va shunga o‘xshash yo‘nalishlarda qator tadbirlar o‘tkazildi va yangilari rejalashtirilmoqda. Chet el firmalarining vazifasiga nafaqat kompyuter boshqa texnikalarni sotish, balki respublikamiz mutaxassislari bilan birgalikda ilmiy-amaliy loyihalarni ishlab chiqish kiradi. Hozirgi kunda diyorimizda faoliyat ko‘rsatayotgan kompyuterlar soni 100 mingdan oshib ketdi va ular, asosan, IBM, COMPAQ, HEWLETT PACCARD, EPSON, DAEWOO, SONY firmalarining mahsulotlari hisoblanadi. Respublikamiz poytaxti Toshkent shahrida COMPUTERLAND/MBL firmasining O‘rta Osiyodagi shtabi joylashgan. Bu esa vatanimizda madaniyat, ilm-fan rivojlanishi, avlodlarning keng miqyosda bilim olishida muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston kompyuter tarmoqlari Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng axborotlarni kompyuterlashtirish sohasida juda katta ishlar qilindi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborotlar bilan ishlashni jadallashtirish rejalari «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Xususan, 1999-yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Biroz vaqtdan so‘ng 1999-2003-yillarda O‘zbekiston Respublikasida ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini modernizatsiya qilish va uni rivojlantirish dasturi qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida korporativ foydalanuvchilar (vazirliklar tarmoqlari, tashkilotlar, davlat boshqaruv organlari, mahalliy va mintaqaviy boshqarish tizimlari va h. k.) uchun xalqaro milliy mintaqaviy ko‘lamda uzatiladigan axborotlar hajmining uzluksiz ko‘payishi, ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirish zaruratini keltirib chiqardi.
Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ining vazifalariga quyidagilar kiradi: Mulkchilik shaklidan qat’i nazar davlat, jamoat organlari, fuqarolar, tashkilotlar, muassasalar, jamoalarning axborotlarga talabini qondirish uchun elektron axborot almashishni amalgam oshirish. Respublikada transport-kommunikatsiya asoslarining yagona axborotli muhitini yaratish va uning dunyo axborot almashish tizimiga kirishini ta’minlash.
Respublikada ma’lumotlarni uzatish provayderlar tarmog‘ining dunyo ma’lumotlarini uzatish tarmog‘iga, jumladan, internetga markazlashgan holda ulanishini ta’minlash. Davlat boshqarish va hokimiyat organlarida markazlashgan elektron hujjat almashishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish.
Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘i respublikada mavjud ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘i respublikada mavjud va telekommunikatsiya (O‘zPAK) va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xo‘jaliklararo axborot-kompyuter xizmati (UzNet) hamkorligida yaratildi. Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ida milliy provayderlar vazifalari, shuningdek, internet xizmatlari UzPAK zimmasiga yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarining barcha provayderlari xalqaro tarmoqlarga faqat ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘i orqali ulanish huquqiga ega.
1997-yildan boshlab O‘zbekistonda internet provayderlar xizmat ko‘rsata boshladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 40 dan ortiq internet poydevorlar ishlamoqda. Quyidagi jadvalda ba’zi provayderlarning nomi va sahifa manzili keltirilgan:

Internet provayder

nomi

Internet sahifa

manzili

UzPAK


Sarkor-Telekom

Uzbekiston Freenet

Naytov

UzNet


Buzton

BCC


CCC (Nuron)

DosTLink


EastLink

EurasiaNetways (CCC)

Globalnet

Ishonch


Simus

TV Inform

PERDCA

Gimli



www.uzpak.uz

www.sarkortelecom.uz

www.freenet.uz

www.navtow.com

www.uznet.uz

www.buzton.com

www.bcc.com.uz

www.ccc.uz

www.dostlink.net

www.eastlink.uz

www.eanetways.com

www.glb.net

www.ishonch.uz

www.simus.uz

www.eanetways.com

www.silk.org



www.gimli.com

Bugungi kunda UzPAK axborotlarni uzatish va qabul qilish bilan cheklanib qolmasdan, masofali o‘qitishni rejali ravishda amalgao shirishga kirishgan. Texnika va uzatish vositalari rivojlangan asrda davlatlarning siyosiy chegarasi (ta’limsohasida) ma’lumot olish uchun xalaqit bermaydi.



Download 80,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish