16.Oʻquvchilarning jismoniy va estetik tarbiyasi.
Reja:
1.Jismoniy tarbiyaning vazifalari.
2.Gigiyenik shart-sharoitlar.
3.Estetik tarbiyaning vazifalari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Jismoniy tarbiya deganda organizmning morfologik va fonksional rivojlanishini jamiyat talablari darajasida amalga oshirish, jismoniy sifatlami, qobiliyatlami rivojlantirish, jismoniy madaniyat va sport sohasiga taaliuqli maxsus bilimlami o‘zlashtirib olish tushuniladi.
Jismoniy tarbiya - o’quvchilaming jismoniy va sportga oid faoliyatlarini maqsadga yo‘naltirilgan, aniq tashkil etiladigan va rejali tarzda amalga oshirish tizimi.Jismoniy tarbiyaning vazifalari xilma-xil boiib, pedagogikada qator tasniflar mavjud. Jumladan, V-A.Slastenin, I.F.fsaev, E.N.Shiyanovlar jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatishadi:
1) bolalaming jismoniy to‘g‘ri rivojlanishiga yordam berish - organizmning morfologik va funktsional rivojlanishini ta’minlovchi ishchanlik qobiliyatini oshirish, uning tashqi muhitning noqulay vaziyatlariga barqaror qarshi tura olishini mustahkamlash;
2) asosiy harakatlantiruvchi sifatlami rivojlantirish - bolaning xilma-xil harakatga doir faoliyatga qobiliyatliligi uning barcha jismoniy sifatlari - kuchlilik, chidamlilik, chaqqonlik va epchillikni yuksak uyg‘unlikda rivojlanishini ta’minlaydi;
3) hayotiy muhim harakatga oid ko'nikma va malakalami shakllantirish bolada maxsus harakatga doir bilim, ko‘nikma va malakalami tarkib toptirish. Harakatga doir tasawurlarga tayangan holda bola turli sharoitlarda o‘z xatti-harakatlarini boshqara olish imkoniyatiga ega boladi;
4) jismoniy madaniyatning tizimli mashg‘ ulotlariga barqaror qiziqish va ehtiyojlami tarbiyalash. Soglom turmush tarzining asosida bolaning doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismonan rivojlantirishga ichki tayyorligi yotadi. U muntazam jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish va bolalaming jismoniy mashg‘ulotlarga faol munosabati natijasida vuzaga keladi;
5) jismoniy madaniyat va sport, tibbiy va gigiyena sohalariga oid minimum nazariy bilimlarni egailash zarurligi.
Bolalar kun tartibi va shaxsiy gigiena haqida, jismoniy madaniyat va sportning salomatlikni mustahkamlashdagi ahamiyati haqida aniq tasavvurlarga ega bo'lishi zarur.B.T.Lixachev jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatadi:
1) rivojlantiruvchi - bolalaming jismoniy kuchini va nerv tizimini takomillashtirish, o‘zgaruvchan vaziyatlarga moslashuvini ta’minlash,
2) tarbiyaviy - bolalarda ma’naviy-axloqiy sifatlami tarkib topishiga erishish. Boshqacha aytganda, «Soglom tanda - sog‘ aql»;
3) ta’Iimiy - bolalaming jismoniy madaniyatning nazariy asoslari bilan tanishtirish, uning inson hayotidagi ahamiyatini tushunib yetish;
4) sog'lomlashtiruvchi - bolalarda harakatga doir sifatlarni tarkib toptirish, ularning baquwat va tetiklashuviga ko‘maklashish;
5) umummadaniy - bo‘sh vaqtni mazmunli va foydaii o‘tkazish.
I.P.Podlasiy tomonidan taklif etilgan jismoniy tarbiyaning vazifalari V.A.Slastenin, IF. Isaev, E.N.Shiyanovlar tasnifiga mos kelib, shu bilan birga jismoniy tarbiyaning yana ikkita funksiyasi alohida ajratib ko‘rsatilgan:
1) o’quvchilarda estetik sifatlarni tarbiyalash;
2) o’quvchilarda axloqiy sifatlarni tarbiyalash.
Jismoniy tarbiya vositaiari. Jismoniy tarbiyani amalga oshirish vositalari xilma-xil bo‘lib, ulami umumlashgan tarzda uch guruhga ajratish mumkin: tabiiy omillar, gigienik shart-sharoitlar va jismoniy mashqlar.
Tabiiy omillar tabiat in’omlari (suv, havo, quyosh)ning sog'liqni mustahkamlash, bolaning morfologik va jismoniy to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘maklashish imkoniyatlarini o‘zida aks ettiradi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur holat «bola organizmini chiniqtirish» atamasi bilan tavsiflanadi. Bola organizmini chiniqtirish deganda, organizmni mustahkamlash, chidamlilik, zararli ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatish, hayotiy sharoitlaming o‘zgarishiga tez moslashish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |