16-mavzu: Ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosat. Mandell-Fleming modeli. Reja


Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosat



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#208816
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
16-мавзу

4.Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosat 

Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitidagi  byudjet-soliq va pul-kredit siyosati  qayd qilingan 

valyuta kursi sharoitidagiga nisbatan mutlaqo boshqacha natijalar beradi. Endi rollarni taqsimlash 

muammosini  to’g’ri hal qilish teskari ko’rinish oladi.  Byudjet-soliq siyosati savdo, demak, to’lov 

balansi  uchun  pul-kredit  siyosatiga  nisbatan  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Aynan  byudjet-soliq 

siyosatidan tashqi balansga erish uchun foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. 

 Ichki balansni ta’minlashda esa pul-kredit siyosatidan foydalanish   birinchi planga chiqadi. 

Agar qayd qilingan valyuta kursi sharoitida  ichki pul siyosati almashinuv kursinini quvvatlab 

turishni   ham ko’zda tutgan bo’lsa, suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida u bunday vazifadan 

ozod qilinadi va ichki muammolarni hal qilish uchun samaraliroq  ishlatilishi mumkin. 




 Pul taklifini kengaytirish foiz stavkalarini pasaytiradi va xarajatlarning oshishiga  olib keladi. 

Ma’lumki  xarajatlarning  ortishi  importning  o’sishini  rag’batlantiradi  va  savdo  balansini  

yomonlashtiradi.  To’lov  balansining  taqchilligi  yuzaga  kelishiga    foiz  stavkasining  pasayishi 

sababli  kapitalning  mamlakatdan  chiqib ketishi  ham ta’sir ko’rsatadi.  Lekin egiluvchan  valyuta 

kursi sharoitida taqchillik saqlanib qolmaydi. Importning o’sishi va kapitalning oqib ketishi xorijiy 

valyutaga talab oshishiga olib keladi va milliy valyuta  qadrsizlanadi. Bu qadrsizlanish mamlakat 

eksportchilarining  raqobatbardoshligini  kuchaytiradi.  Oqibatda  savdo  balansi  yaxshilanadi. 

Eksportning  ortishi  mamlakatimiz  mahsulotiga  bo’lgan  talabning  o’sishini  anglatadi  va  pul 

massasining dastlabki o’sishi natijasida  yuzaga kelgan iqtisodiy yuksalishni yanada kuchaytiradi. 

Demak, pul siyosati ichki daromadlarga   bevosita (pul taklifining o’sishi orqali) va  bilvosita 

(almashinuv kursining pasayishi hamda  eksportning o’sishi orqali)  ta’sir ko’rsatadi. 

Kapitalning oqib ketishiga va o’z navbatida  milliy valyutaning qadrsizlanishi darajasiga ta’sir 

ko’rsatgani uchun ham kapitalning mobilligi muhim ahamiyatga egadir. 

Ammo,    pul-kredit  siyosati    murakkab  yetkazib  berish mexanizmiga  egaligi  sababli   uning 

ishlab chiqarish hajmiga ijobiy ta’siri ishlab chiqarishni kengaytirishning ichki rag’batlari ( foiz 

stavkasining pasayishi) orqali emas, balki ko’proq tashqi dunyo orqali ro’y beradi deb tasavvur 

qilish  mumkin.  Boshqacha  aytganda,  kapitalning  chiqib  ketishi  va  valyutaning  qadrsizlanishi 

sharoitida mamlakat mahsulotlariga talabning o’sishi  uning eksportiga talabning oshishi hisobiga 

ro’y beradi.  SHu sababli  pul siyosatining ichki balansga  ijobiy ta’siri o’ziga xos xususiyatga ega. 

Suzib  yuruvchi  valyuta  kursi  sharoitida  byudjet-soliq  siyosatining  samaradorligini  baholash 

yanada murakkabroqdir.Ma’lumki, davlat xarajatlarining ortishi ichki va tashqi muvozanatga ikki 

yo’nalishda:  daromad  orqali  va  foiz  stavkasi  orqali  ta’sir  ko’rsatadi.  Daromadlarning  ortishi( 

multiplikator  samarasi  orqali)  importni  ko’paytiradi,  savdo  balansini  yomonlashtiradi  va  milliy 

valyutaning  kursini  pasaytiradi.  Davlat  xarajatlarining  ortishi,  shuningdek,  hukumat    olayotgan 

qarzlarini  ko’paytirayotganligini    anglatadi,  bu  esa  foiz  stavkalarining  ortishiga  olib  keladi. 

Yuqoriroq foiz stavkalari esa  xorijdan kapital oqib kelishini rag’batlantiradi. Bu esa milliy valyuta 

kursini oshiradi va kapital harakati schyotini yaxshilaydi. Yakuniy natija esa  kapitalning mobilligi 

darajasiga bog’liq bo’ladi. 

 Kapitalning  past  mobiligi  sharoitida    byudjet  ekspantsiyasi  daromad  orqali  ko’proq  ta’sir 

ko’rsatadi.  Kapitalning  uncha  ko’p  bo’lmagan  miqdorda    oqib  kelishi    savdo  balansining 

taqchilligini  qoplay olmaydi va oqibatda  valyuta kursi pasayadi. 

Milliy  valyutaning  arzonlashishi  eksportning  o’sishi  uchun  qulay  sharoit  yaratadi  va  to’lov 

balansining taqchilligini bartaraf qilish imkonini beradi. Eksportning ortishi, shuningdek, byudjet 

ekspantsiyasining ichki ishlab chiqarishga ijobiy ta’sirini to’ldiradi. 

  SHu bilan birga kapitalning mobilligi  ortib borishi bilan  kapital schyotining  to’lov balansi 

va  valyuta  kursiga  ta’siri  kuchaya  boradi.    Kapitalning  yuqori  mobilligi  sharoitida  uning  oqib 

kelishi  sababli  ro’y  bergan  valyuta  kursining    ko’tarilishi  tendentsiyasi  ustunlik  qiladi.  Bu 

eksportning qisqarishiga va savdo balansi taqchilligining ortishiga olib keladi.  Kapitalning katta 

miqdorda oqib  kelishi bu taqchillikni qoplash  va to’lov  balansini  muvozanatlashtirish  imkonini 

beradi.  Ammo  byudjet  ekspantsiyasining  ishlab  chiqarish  hajmiga  yakuniy  ta’siri  deyarli  nolga 

teng bo’ladi.  Bunga kuchli siqib chiqarish samarasi mavjudligi, ya’ni  xususiy investitsiyalarni 

foiz stavkasining oshishi orqali va eksportni almashinuv kursining oshishi orqali siqib chiqarilishi 

sabab bo’ladi. 

SHunday qilib, pul siyosatining ichki daromadga aniq  ijobiy ta’siridan farqli ravishda byudjet-

soliq siyosati kapitalning  past mobilligi sharoitidagina samarali bo’ladi.  



 Xulosa yasab,  pul va byudjet –soliq siyosatining,   tashqi balansni saqlab turgan holda ishlab 

chiqarish  hajmiga  ta’sir  ko’rsatishi    nuqtai  nazaridan,  nisbiy  samaradorligini  baholashimiz 

mumkin. 

Ma’lumki, qayd qilingan valyuta kursi sharoitida ichki monetar siyosat amalda “falajlangan”  

bo’ladi  va  faqat  byudjet-soliq  siyosatigina  samara  beradi.  Va  bu  samara  kapitalning  mobilligi 

ortishi bilan ko’payib boradi. 

 Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida ichki ishlab chiqarish hajmiga, shubhasiz, kapitalning 

mobilligi qanday bo’lishidan qat’iy nazar pul-kredit siyosati ijobiy ta’sir ko’rsatadi.  




Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish