16-mavzu: Ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosat. Mandell-Fleming modeli. Reja


 Qayd etilgan valyuta kursi sharoitida  pul-kredit va fiskal siyosat



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#208816
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
16-мавзу

3. Qayd etilgan valyuta kursi sharoitida  pul-kredit va fiskal siyosat. 

Oldingi savolda ta’kidlaganimizdek qayd qilingapn valyuta kursi sharaoitida  monetar siyosat 

ko’proq ichki balans muammosi bilan aloqador bo’ladi.  Keltirilgan fikrlarni izohlab berish uchun 

quyidagi gepotetik misolni ko’rib chiqamiz. 

Mamlakatning barcha tijorat banklari va Markaziy bankni barcha xorijiy aktivlar va passivlar 

to’plangan yagona bank deb tasavvur qilamiz. Pul taklifi esa naqd pul va depozitlardan iborat deb 

qaraymiz.  Bunday gepotetik bankning passivida  pul taklifining barcha komponentlari ( odatda 

M



agregati),  aktivida  esa    bank  tizimining  sof  xorijiy  aktivlari  (aktivlar-passivlar,  ya’ni 

xorijliklarning ularga bo’lgan  barcha talablari   so’ndirilgandan so’ng  mamlakat ega bo’ladigan  

aktivlar) va sof ichki aktivlar ( yoki hukumatga, firmalarga va uy xo’jaliklariga sof ichki kreditlar)  

jamlangan bo’ladi. 

Sof xorijiy aktivlar  mamlakatning valyuta zahiralariga mos keladi.  Bunday holatda aktivlar 

va  pasivlarning  tengligi  shartini    M=R

es

  +DS    ko’rinishida  yozishimiz  mumkin.  Bu  tenglik  pul 



taklifi ( bank tizimining majburiyati) valyuta rezervlari ( sof xorijiy aktivlar)  va  bank tizimining 

ichki  kreditlari  yig’indisiga    tengligini  anglatadi.  Demak,  pul  taklifi  ham  ichki,  ham  tashqi 

omillarga bog’liq . 

Pul taklifining o’zgarishini  ΔM=ΔR

es

 +ΔDS   ko’rinishida tasvirlash mumkin. Bu yerda ΔR



es 

to’lov balansining taqchilligi yoki ortiqchaligiga

 

mos keladi. Tashqi balansni tiklash, o’z navbatida 



valyuta kursini saqlab turish zaruriyati  xorijiy aktivlarni sotish va sotib olishni  talab qiladi.  Bu 

esa valyutarezervlarining ko’payishi yoki kama yishini keltirib chiqaradi. Lekin, rezervlarni sotish 

barobarida Markaziy Bank muomaladagi pulning bir qismini chiqarib oladi. Rezervlarni sotib olish 

bilan esa  pul taklifi hajmini ko’paytiradi. SHunday qilib, qayd qilingan valyuta kursi sharoitida  

M  endogen  o’zgaruvchi  bo’lib,    to’lov  balansining    yuzaga  keladigan  taqchilligi  yoki 

ortiqchaligiga  (  ya’ni    almashinuv  keursini  pasaytirish  yoki  ko’tarish  borasidagi  harakatlarga)  

bog’liq  bo’ladi.    Bunday  sharoitda  iqtisodiyotni  rivojlantirish  prognozlari  tuzilayotganda  pulga 

talab  iqtisodiy  o’sish  va  inflyatsiyaning  maqsadli  (rejadagi)  ko’rsatkichlaridan  kelib  chiqib 

aniqlanadi.  Pul  taklifi  esa  sof  xorijiy  aktivlar  va  ichki  kreditlar  hajmiga    bog’langan  holda 

aniqlanadi.  Sof  xorijiy  aktivlvr  to’lov  balansini  tuzish  prognozlaridan  kelib  chiqib  aniqlanadi. 

Ichki  kreditlar  hajmi  esa    qoldiq  printsipipida  aniqlanadi  hamda  hukumat    va  xususiy  sektor  



o’rtasida  taqsimlanadi. Xususiy  sektorga  ichki  kreditlar  miqdorini o’zgartirish  uchun  pul-kredit 

siyosatining uchala usuli ham qo’llaniladi. 

 Markaziy  Bank    to’lov  balansining  iqtisodiyotdagi  pul  taklifiga  ta’sirini    valyuta  rezervlari 

o’zgarishini sterillash orqali neytrallashtirishi mumkin.  Masalan, (to’lov balansi taqchilligini yoki 

almashinuv  kursi  pasayishini  bartaraf  qilish    maqsadlarida  foydalanilishi  natijasida)  rezervlar 

qisqarganida    Markaziy  Bank    ichki  aktivlarni  pul  taklifi  hajmi  o’zgarmasligini  ta’minlaydigan 

darajada ko’paytirishi   mumkin.  

Ya’ni : M=R

es

 +DS  



Bunda  u  ochiq  bozordagi  operatsiyalar  yoki  pul-kredit  siyosatining  boshqa  vositalaridan 

foydalanadi.   

Ammo  sterillash  imkoniyatlari  cheklangan.  Agar  to’lov  balansining  taqchilligi  uzoq  vaqt 

saqlanib  qolsa,  uni  bartaraf  qilishga  intilish  valyuta  rezervlarini  tugab  qolishiga  olib  kelishi 

mumkin. Bunday holatda, mamlakat, almashinuv kursining pasayish tendentsiyasini bartaraf qilish 

hamda pulning xorijga oqib ketishini tugatish uchun yoki qayd etilgan kursdan voz kechishi, yoki   

pul massasining qisqarishiga yo’l qo’yib berishga majbur bo’ladi.   To’lov balansining barqaror  

ijobiy qoldig’i sharoitida  rezervlar hajmi shunchalik ko’p bo’lishi mumkinki, ichki kredit nolga 

teng  bo’lib  qoladi.  Bu  esa    amalda  mumkin  bo’lmagan  holatdir  (  banklar  ichki  kreditlarni 

kamaytirmasligi, balki nobank sektoridan pul qarz olishi zarur bo’ladi). 

 Demak, hattoki sterillash ham pul  masssasini to’lov balansi ta’siridan himoya qila olmaydi. 

Bu esa pul-kredit siyosatining ichki balansga ta’sirini keskin cheklab qo’yadi. 

Qayd  qilingan  valyuta  kursi  sharoitida  byudjet-soliq  siyosatining  samaradorligi  kapitalning 

mobilligiga  to’g’ridan-to’g’ri  bog’liq..  Davlat  xarajatlarining    ko’payishi  foiz  stavkasining 

o’sishini  keltirib  chiqaradi  (  fond  bozorida  qarzga  mablag’  olib,  davlat  xususiy  sektor 

foydalanadigan  pul massasini kamaytiradi) . Bu esa o’z navbatida xorijdan kapital oqib kelishini 

rag’batlantirapdi. Kapitalning yuqori mobilligi sharoitida  davlat xarajatlarining ko’payishi bilan 

bog’liq savdo balansi taqchilligi kapital harakati schyotining  musbat (ijobiy) qoldig’i bilan amalda 

qoplanadi.  Markaziy  Bank  esa  yuzaga  kelgan      almashinuv  kursining  o’sish  tendentsiyasini    

bartaraf qilish uchun xorijiy valyutani sotib olish va muomalaga  milliy valyutani ko’p miqdorda 

chiqarishga, bu bilan  esa pul taklifini oshirishga majbur bo’ladi.  Bu tadbir (davlat xarajatlarining 

o’sishi  bilan birgaldikda) daromadlarning kengayishi uchun qo’shimcha rag’bat  yaratadi.  

SHunday  qilib,  qayd  qilingan  valyuta  kursi  sharoitida  byudjet-soliq  siyosati  pul-kredit 

siyosatidan  farli  ravishda  daromad  darajasiga,  o’z  navbatida  ichki  muvozanatga  muvaffaqiyatli 

ta’sir ko’rsata oldadi. Tasir darajasi kapitalning mobilligi o’sishi bilan ortib boradi. 


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish