16-Mаvzu nоmi: “Koinot sirlari”, “Yer sayyorasi kuni” hafta rejasi bo’yicha bolalar faoliyatini tashkil etish.
Reja:
1.Koinot sirlari mavzusida bolalar faoliyatini tashkil etish.
2.Yer sayyorasi kuni mavzusida bolalar faoliyatini tashkil etish.
Koinot sirlari
Maqsad: Bolalarni koinothaqidagi tushuncha va tasavvurlarini kengaytirish. Quyosh sistemasi haqidagi bilimlarini videorolik orqali mustahkamlash, she’r topishmoq, hikoyalar orqali bolalarda mashg`ulotga qiziqish uyg`otish.
E’tiborga molik jixat: Bolalar koinot olami haqida tushunchaga ega bo`ladilar.
Kerakli jixozlar va materiallar: Quyosh, oy, yulduz va turli koinot jismlari surati, koinot haqidagi video lavha.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: bolalar doira bo`lib turib oladilar. Endi bolalar kichkina mashq qilib olamiz.
Mening quloqlarim hamma narsani eshtadi.
Bolalar: quloqlarini silaydilar
Ko`zlarim ham yaxshi ko`radi
Bolalar: Ko`zlarini silaydilar
Quyosh taftini his qilamiz
Bolalar: nafas chiqaradilar
Barakalla bolalar endi ko`ra olamiz, eshtamiz, savollarga to`g`ri javob berish va hikoya qilib berishga tayyorsiz.
Guruhga ayiqcha hafa holda kirib keladi.
Tarbiyachi: Salom ayiqcha nima bo`ldi, nega hafasan?
Ayiqcha: Salom bolalar men yotaverib juda ham zerikib kettim hech qachon quyosh chiqmaydiganga o`xshaydi.
Tarbiyachi: Bolalar sizlar ham ayiqchaga achinyabsizlarmi? Kelinglar uni kayfiyatini ko`tarish uchun koinotga sayr qilamiz. Koinot deganda osmon, oy, quyosh, yulduzlarni tushunamiz.
Bolajonlar topishmoq aytaman topasizlar.
Tilla sandiq ochildi
Olamga nur sochildi (Quyosh)
Barakalla bolajonlar bu quyosh edi.
Guruh xonasiga quyosh bobo kirib keladi.
Men quyosh nurlarim bilan
Iliq, issiq, taftlarim bilan
Har tong men ham shoshaman
Yayrab nurim chochaman
Tarbiyachi: Quyosh bobo bilasizmi ayiqcha sizni juda ham sog`ingan u qishning qattiq sovug`idan yotaverib toliqqa. Bolalar bilan qaysi fasllarda butun borliqni qizdirishingizni tushuntirsak.
Quyosh: Men har kuni yer sirtining bir tomonidan chiqib kun bo`yi osmonda harakat qilaman, kechga borib yer sirtining boshqa bir tomoniga boatman. Yer mening atrofimda aylanadi.
Tarbiyachi: Bolajonlar diqqatingizni kompyuterga qarating, yer quyosh atrofida aylanishini kuzatamiz. Quyosh atrofida 8 ta sayyora aylanadi Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun
Quyosh: Bolalar men haqimda she’rlar bilasizlarmi?
Bolalar: Oltinquyosh (Miraziz A’zam)
Quyosh chiqdi,
Oltin quyosh
Oltin quyosh ufqda,
Oltin quyosh chiqganini
Kalaytamiz qo`shiqda
Turing qani o`rningizdan
Turing oppoq bolalar
Oltin quyosh chiqqaniga
Qutlamoqda dalalar
Tarbiyachi: Bolalar sizlarga “Shamol va quyosh” hikoyasini so`zlab beraman.Bir kuni shamol va quyosh baxslashib qolibdi. Ular bu tortishuvni yo`lda keayotgan yo`lovchi yordamida hal qilishga kelishibdi. Kim birinchi bo`lib yo`lda kelayotgan yo`lovchining egnidagi po`stinini yecha olsa o`sha kuchli hisoblanadigan bo`ldi. Shamol o`z navbatidan foydalanib qattiq esa boshlabdi yo`ldagi odam yurishga qiynalib zo`rga qadam tashlabi. Shamol kuchaygan sari yo`lovchi ham kiyimiga mahkamroq o`ranib olibdi qancha harakat qilmasin yo`lovchining kiyimini yecha olmabdi. Navbat quyoshga kelibdi. Quyosh o`zining nurlarini sochibdi keyin esa taftini zo`raytirib yo`lovchini qizdira boshlabdi. Shunda yo`lovchi isib ketganini his qilib p`ostinini yechibdi.
Qissadan qissa shuki ko`p narsaga zo`ravonlik bilan emas oliyjanoblik bilan erishsa bo`ladi.
Tarbiyachi: Bolalar shamol va quyoshning baxslashishidan qanday hulosa chiqardingiz?
Bolalar javobi:
Guruh xonasiga Qimmat tashrif buyuradi.
Qimmat: Uff bu quyosh qizdiraverib jonimga tegib ketti qachon kech tushadiyu va yulduzlarni tomosha qilib yotaman.
Tarbiyachi:Qimmatxon senga topishmoq aytaman topsang quyosh o`z navbatini oy va yulduzlarga beradi, agar topa olmasang quyosh taftidan uhlayolamay yuraverasan.
Qimmat: Kelishdik men albatta topaman
Tarbiyachi: Unday bo`lsa diqqat bilan tingla
Dum dumaloq barkash non
Ko`k yuzida suzadi (Oy)
Tarbiyachi: Bolalar u to`g`ri javob berdimi
Bolalar: Yo`q topishmoqning javobi Oy
Tarbiyachi: Senga yana bir topishmoq aytaman
Tunda ko`rib cho`g deysan
Tongda ko`rib yoq deysan (Yulduz)
Qimmat: Axir bu olovku topdimmi
Tarbiyachi: Sen topishmoqning javobini topa olmading bu yulduz edi. Bolajonlar Qimmatxon kun va tunni farqlay olmas ekan. Kunduzi quyosh charaqlab chiqib bepayon olamga yorug`lik tarqatib turadi. Yerdagi butun tirik tabiat, o`simlik va hayvonlar, insonlar quyosh yorug`ligi tufayli mavjuddir. Tunlari esa osmonda son sanoqsiz yulduzlar ko`rinadi. Yulduzlar bizga mitti bo`lib ko`rinsada aslida ularning har biri juda ulkan.
Yulduzlar rang barang ayrim yulduzlar oqish yoki ko`kimtir bo`ladiDemak bolajonlar inson tirik tabiatning hayotida bu osmon jismlarining ahamiyati muhim ekan. Ayiqvoy. Quyoshbobo, Qimmatxon kelinglar bolalar bilan birga “kun va tun” o`yinini o`ynaymiz. Guruh ikki jamoaga bo`linib 1-quyosh, 2- yulduzlarBolajonlar sizlar bilan muassasa atrofiga sayrga chiqamiz. O`yinimizni kunning ikkinchi yarmida davom ettiramiz.
3-ilova
Koinot deganda nimalarni tushunasiz ?
Yulduz,quyosh,yer haqida yosh guruhlariga mos ma’lumot bering
Do'stlaringiz bilan baham: |