17.1-rasm. Mehnat shartlari
ljtimoiy omillarga mehnat haqi miqdori, ish vaqtining, ta’tilning muddati va boshqa shartlar kiradi.
Texnika, sanitariya, gigiyenaga oid, ishlab chiqarish-maishiy va boshqa shartlar ishlab chiqarish omillari hisoblanadi.
Mehnat shartlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek, mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan belgilanadi.
Mehnat shartlarini o‘zgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan boʻlsa, shunday tartibda amalga oshiriladi.
Ish beruvchi xodimning roziligisiz mehnat shartlarini o‘zgartirishga faqat texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarganligi, basharti bunday o‘zgarishlar xodimlar soni yoki ishlar xususiyatining o‘zgarishiga olib kelishi oldindan aniq boʻlgan hollardagina haqlidir.
Ish beruvchi ayrim toifadagi xodimlar uchun mehnat shartlarini o‘zgartirish xususida korxonadagi xodimlarning vakillik organlari bilan oldindan maslahatlashib oladi.
Ish beruvchi mehnat shartlaridagi bo‘lajak o‘zgarishlar haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, tilxat olishi shart. Ko‘rsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Oʻzbekistonnning mehnat munosabatlariga doir qonunchiligida xodim bilan mehnat shartnomasi u yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi sababli bekor qilinishi mumkin, bunda xodimga o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi.
Korxona mulkdori almashganda, xuddi shuningdek, korxona qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborilgan, birlashtirilgan, boiib yuborilgan, qayta tuzilgan, ajratilganda), mehnat munosabatlari xodimning roziligi bilan davom etaveradi.
Mehnat munosabatlarida mehnat tartibi ham muhim ahamiyatga egadir. Mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi.
Xodimning mehnat vazifalari ichki tartib qoidalarida, intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlarda, korxonada qabul qilinadigan lokal hujjatlarda (jamoa shartnomalarida, yo‘riqnomalar va hokazolarda), mehnat shartnomasida aniq belgilab qo‘yiladi. Ish beruvchi xodimdan uning mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni, qonunga xilof yoki xodim va boshqa shaxslarning hayoʻli va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diruvchi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni talab etishga haqli emas.
Mehnat munosabatlari murakkab xususiyatga ega bo‘lganligi sababli ularning institutsional asoslari ham turlichadir (17.1-jadval).
Xodim uchun belgilangan kundalikish (smena) muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish hisoblanadi. Ish vaqtidan tashqari ishlar xodimning roziligi bilan qo‘llanishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq, ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir xodim uchun sumnkasiga ikki kun davomida to‘rt soatdan (mehnat sharoiti og‘ir va zararli ishlarda - bir kunda ikki soatdan) va yiliga bir yuz yigirma soatdan ortiq bo‘lmasligi lozim.
17.1-jadval
Mehnat munosabatlarining tasnifi
Do'stlaringiz bilan baham: |