16-mavzu: Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish vazifalari Reja



Download 22,5 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi22,5 Kb.
#670307
Bog'liq
16-Mavzu


16-mavzu: Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish vazifalari


Reja:
1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda sifat masalasiga e’tiborni qaratish
2. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishdagi asosiy vazifalari
3. Jonli misollami keltirish, turli kechalar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarning samaradorligini oshirish yo'llari

Hozirgi davrda yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularni ma'rifatli va yuksak madaniyatli qilib tarbiyalash oliy o'quv yurtlarining ham zimmasidagi mas'uliyatli, biroq sharafli vazifadir. Yoshlarga ma'naviyat tarbiyasi berishning bosh maqsadi ularda mustaqillik tafakkurini shakllantirishga qaratilmog'i lozim. Mustaqillik tafakkuri esa, I.A. Karimov ta'kidlaganidek, yoshlarda O'zbekistonning istiqboli va istiqloli haqida qayg'urish, o'zining va o'z xalqining, vatanining qadru qimmati, or-nomusini anglab, uni himoya qilish, yuksak g'oyalar, yangi fikriy kashfiyotlar og'ushida mehnat qilib, iste'dodi bor imkoniyatini, kerak bo'lsa, joinini yurt istiqboli, eliga baxshida etish kabi buyuk xislatlarni shakllantirishdan iboratdir. Shu jihatdan ma'naviy-ma'rifiy tarbiyaga e'tibor mustaqilligimizni mustahkamlash vazifalaridan kelib chiqmoqda.


Ma'naviy va ma'rifiy ishlar tushunchasi keng qamrovlidir. U o'z yo'nalishiga ko'ra komil insonni tarbiyalash maqsadini qo'yar ekan, bu vazifani ado etish murakkab va chuqur mazmunli vazifalarni bajarishni talab qiladi. Shu bois barcha ta'lim muassasalarida 1996-1997 o'quv yilidan e'tiboran rahbarlarning ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha muovinlari lavozimlari ta'sis etildi. Ularning zimmasiga yoshlarni ma'naviy barkamol, ma'rifatli, yuksak madaniyatli qilib tarbiyalashdek sharafli vazifa yuklangan. Bu ishlarni ko'ngildagidek bajarish uchun izlanish, harakat qilish taqazo etiladi. Ma'naviyat va ma'rifat sohasiga mas'ul kishilar bu yo'lda bor imkoniyatlarini ishga solishlari kerakligini yaxshi tushundilar.
Xalqaro maydonda globallashuv sharoitida mafkuraviy, g'oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga dahldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi ushbu sohadagi ishlarni, yanada kuchaytirish maqsadida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining faoliyati va tarkibiy tuzilishini qayta ko'rib chiqish davr talabidan kelib chiqdi.
Mamlakatimizda milliy g'oya targ'iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlarning samaradorligini, ularning hayotiyligi va ta'sirchanligini yanada oshirish maqsadida hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining navbatdagi yig'ilishida bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda 2006 yil 25 avgustda Milliy g'oya va mafkura Markazi tashkil etilgan.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish, milliy g'oya va mafkurani, O'zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o'zbek xalqining buyuk davlat barpo etish to'g'risidagi maqsad-muddaolarini xisobga olgan xolda, yoshlar qalbi va ongiga singdirishning muayyan tizimi va ustuvor yo'nalishlari bor. Bunda jamiyat xayotining barcha soxalarini famrab olishi ta'lim tarbiya, targ'ibot tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishini taqozo etadi.
Milliy g'oya va mafkurini singdirishda har bir ota-ona o'z farzandining maktabgacha tarbiyasi, uning keyingi taraqqiyot davrid qanchalik ahamiyat kasb etishi, bu davr uzluksiz t'lim va tarbiyaning muxim bosqichi ekanligini anglab yetishi kerak. Bunda oilaning ta'lim muassasalari tizimiga izchil uyg'unlashuviga erishish zarur. Bu davrdagi barcha ta'lim beruvchi muassasalar mafkuraviy tarbiyaning asosiy o'choqlaridir. Mafkuraviy ta'lim jarayonida, barcha o'quv qo'llanmalari va darsliklar, ko'shimcha adabiyotlarda:
Vatan tuyg'usini shakllantirish, ona tilimizga muxabbat uyg'tish, milliy qadriyatlarga xurmatna kuchaytirish, ezgulik timsoli bo'lgan ayolni ulug'lash oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini ko'rsatish, maxalla demokratik darsxonasi a o'z o'zini boshqarish maktabi ekanligi to'g'risidagi omillar ustivor ahamiyat kasb etishi lozim.
Jamoatchilik fikrini shakllantirish, milliy g'oya va mafkurani yosh avlod ongiga singdirishda ommaviy axborot vositalari aloxida urin tutadi.
Ta'lim va tarbiya berish jarayonida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish va mafkuraviy tarbiyaning eng ta'sirchan vositalaridan biri muloqat xisoblanadi, chunki inson qalbi va ongida shakllanadigan ruxiy qarash, e'tiqod, iymon, vijdon, mas'suliyat kabi fazilatlar tarbiyasida radio-teleideniya, gazeta, junallar, badiiy xamda ilmiy adabiyotning urnini e'tirof etgan xolda shuni aytish mumkinki, yuzma-yuz keldigan fikr almashuv, insonnin yuzi-ko'ziga qarab turib aytiladigan bama'ni suz va xissiyotlarning o'rni beqiyos. Shuning uchun hm har bir ota-ona bir gapni aytishi lozim bo'lsa, bolasining yuzini o'ziga qaratib olib zarur yuz qiyofasi va kuzidgi samimiyat bilan fikrni uqtir boshlaydi bunday muloqat samarali buladi. Shubois auditoriyalarda o'qituvchi bilan o'quvchi, talaba va domla o'rtasidagi muloqat ta'lim va tarbiya jarayonida katta axamiyatga ega.
Mafkurani amalga oshiruvchi shaxs, ziyoliy pedagoglardan avvalo tajriba, bilimdonlik ishontira olish qobiliyati uning nutqi, o'ziga ishonch va boshqalar talab qilinadi. O'qituvchilar o'zida mavjud bilim, tushuncha g'oyalarni asos qilib olgan xolda, yoshlar, o'quvchilar ongida mustaxkam e'tiqodnishakllantirish, ta'sir ko'rsatishdir. Bunda u muloqatning barcha samarali va ta'sirchan vositalaridan monolog, dialog, baxs-munozara kabilardan foydalanadi, aynan ana shu faoliyat xar bir o'qituvchi, ta'sir ko'rsatuvchining ritorika asoslaridan xabardor bo'lishini nutq maxoratini egallashini talab qiladi. Suzlovchi nutqiy va nutqiy bo'lmagan vositalardan o'z o'rnida maqsadga muvofiq foydalnishi kerak. Xissiy ta'sir usullari o'rinli ishlatilgan qarashlar, imo-ishora, mimika kabilar xam ta'sirni kuchaytiruvchi psixologik mexanizmlar ekanligi unutmaslik kerak.
Mafkuraviy g'oyalar turli badiiy va xujjatli fil'mlar, bolalar yoki kattalar uchun yaratilgan mul'fil'mlar orqali xam yetkazilishi mumkin, muximi ular xalq ma'naviyati, o'lmas merosimiz, kelajakka ishonch uyg'otuvchi ma'no-mazmun bilan yo'g'irilgan bo'lishi kerak.
Eng muximi mamlakatimizda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi xar tomonlama, barkamol, bilimli, malakali yoshlarni voyaga yetkazishni jamiyatimiz tomonidan qabul qilingan tarixiy xujjat ekanini tushuntirish va uni amalga oshirishga butun kuchli safarbar etishimiz, yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq farovonligi uchun xizmat qiladigan komil insonlarni tarbiyalash bizning muqaddas burchimizdir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy g'oya targ'iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish to'g'risida”gi Qarori mazmun-mohiyati, ahamiyati, unda belgilangan dolzarb vazifalarni amalga oshirish bilan bog'liq masalalar aholining keng qatlamlari o'rtasida, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida targ'ib etib kelmoqda. Keng ko'lamli targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma'naviyat targ'ibot markazi, Respublika ta'lim markazi, Avloniy nomidagi xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan O'zbekiston Respublikasi Bojxona qo'mitasining “Toshkent shahar “Aero IBK” boshqarmasi, Toshkent viloyati bo'yicha “Toshkent okrugi” harbiy prokuraturasi, “O'zmevasabzavotsanoat” xolding kompaniyasi hamkorlik shartnomalar tuzilib, tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi voqelikda Milliy istiqlol g'oyasi va yot mafkuralar orasidagi munosabatlar mafkuraviy kurash, mafkuraviy qarshi turish, psixologik urush shakllarida kechmoqda. Yot mafkuralar mafkuraviy kurashlarning ming yillik uslublarini, shuningdek, zamonaviylashtirilgan uslublari: axborot maydonini egallab olish; mafkuraviy diversiya, siyosiy indoktrinatsiya, mafkuraviy infil'tratsiya, dezorientatsiya, mafkuraviy qo'poruvchilik harakatlarini qo'llash orqali xalqimizda O'zbekistonning buyuk kelajagiga ishonchsizlik uyg'otishga, davlat siyosatini obro'sizlantirishga, odamlarning o'zini Vatan, millat himoyasidan chetga tortishga, loqaydlikka erishishga intiladilar. Bunda ular biror xususiy faktni umumlashtirish (ekstrapolyatsiya), yolg'onni haqiqatga o'xshatib tasvirlash, kichik muammodan katta yolg'on yasash, bir narsani takrorlayverish, tuyg'uni aqldan ustun qo'yish, tinglovchining shaxsiy manfaatni birinchi o'ringa qo'yib, (unga do'st bo'lib ko'rinish) «hasratlashish», hukumatlarni xalqlarga yomon ko'rsatish, millat dushmanlariga rahmdillik, hamfikrlik tuyg'ularini uyg'otish, masalan odamlarga tanish, qadrdon ma'lumotlarni ishlatib, (falon joyda falon voqea bo'ldi), deb rostga yolg'onni ulab yuborish uslublaridan mafkuraviy kurashda foydalanayapti.
Har qanday jamiyat bunday makkor tahdidlarni yengishi uchun o'zida ogohlik, mafkuraviy xavfsizlik, to'kislik, jangovarlik, safarbarlik, umummilliy birlik kabi ijtimoiy sifatlarga ega bo'lishi kerak. Buning uchun Milliy istiqlol mafkurasining yot mafkuralarga qarshi kurash uslublari, jumladan, buzg'unchi g'oyalar mohiyatini fosh qilishga qaratilgan targ'ibot, mafkuraviy monitoring va tahdidlar mohiyatini xalqimiz ongi va qalbiga yetkazish, jaholatga qarshi ma'rifat tarqatish uslublaridan doimo va hamma joyda foydalanish taqozo qilinadi.
Diniy aqidaparastlik va boshqa yot mafkuralar eng avvalo yoshlarning ayrim qismining g'oyaviy-siyosiy tajribasizligiga tayanadi. Yot mafkura va buzg'unchi ta'sirlar bilan kurash mafkuraviy tarbiyada loqaydlik, befarqlik kayfiyatining har qanday ko'rinishlariga murosasizlikni taqozo qiladi.
Qarshi targ'ibot samaradorligining zaruriy tamoyillaridan biri - uning tezkorligida bo'lib, unda muayyan mintaqaviy sharoitlarni, kishilarning yosh xususiyatlarini, oliy o'quv yurtining u yoki bu muddatda hal qila olishi mumkin bo'lgan mafkuraviy imkoniyatlarini hisobga olish ko'zda tutiladi.
Shaxsning mamlakat ichkarisida va tashqarisida sodir bo'layotgan voqealarni mustaqil tahlil qila olishi, mafkuraviy immunitetni mustahkamlaydi.
Сhunki mafkuraviy tahdid o'zining mazmuni, tamoyillari, uslublari va shakllariga ko'ra murakkab hodisadir. Unga: Mustaqil O'zbekistonning hayotiy yutuqlarini dalil-isbotsiz ataylab qoralash, mustaqillikka erishgan mamlakatlarning hammasida bor bo'lgan umumiy muammolarni «faqat O'zbekistonda bor» deb talqin qilish, erishilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yutuqlari mohiyatini, hukumatimizning tashqi va ichki siyosatini soxtalashtirish, buzib ko'rsatish; ayrim mamlakatlar turmush tarzi, siyosiy tizimini bir yoqlama ko'kka ko'tarish; milliy g'oyalarimizni obro'sizlantirish; ko'p millatli O'zbekistonda aholi o'rtasida ijtimoiy hamkorlikni buzishga qaratilgan kayfiyatlarni tarqatish va nizolar keltirib chiqarishga urinish; odamlarning diniy tuyg'ularini junbushga keltirish, diniy yovqarashni paydo qilish kabi yo'nalishlar xosdir.
Globallashuvning ana shunday murakkab sharoitida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev atrofiga jipslashib u olib borayotgan siyosatni xalqimiz, yoshlarimiz ongiga singdirish uchun bor kuchi bilan harakat qilayotgan juda katta ziyolilar otryadi mavjud. Ular Vatan manfaatlarini, xalqimizni turli xil ma'naviy taxdidlardan himoya qilishga doimo shaydirlar.

Tayanch so'z va iboralar


Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda sifat masalasi, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ta’lim, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, fozillik salohiyati, Vatan tuyg'usi, to'pori jamoa, milliy marosim, ma'rifat, mafkura.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda sifat masalasiga e’tiborni qaratishning mohiyati?
2. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishdagi asosiy vazifalari qanday?
3. Jonli misollami keltirish, turli kechalar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarning samaradorligini oshirish yo'llarini sanab o’ting?
4. Mafkuraviy kurash, mafkuraviy qarshi turish, psixologik urush tushunchalarining mohiyati qanday?
5. Globallashuv sharayotida ma’naviyatning dolzarbligi qanday?


Download 22,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish