17-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o‘tish konsepsiyasi va strategiyasi
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga o‘tishning xususiyatlari
2. Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning bosqichlari va xususiyatlari
3. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning harakatlar strategiyasi va uning ahamiyati
4. O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati
17.1Milliy iqtisodiyotda ma'muriy-buyruqbozlik
tizimining oqibatlari va tub islohotlar zaruriyati
Insoniyat XXI asrga kelib ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotining mohiyatini chuqurroq anglash bilan bir qatorda, uning asoratlariga barham berishga astoydil kirishganini namoyon etmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi uchun sobiq mustabid tuzum merosi va sohta mafkuraning oqibatlari quyidagilarda o‘z aksini topishi Respublika Prezidenti, akademik LKarimov asarlarida umumlashtirilgan:
Bir yoqlama rivojlangan, mo‘rt, zaif iqtisodiyotga asoslangan markazga qaram yarim mustamlaka mamlakat.
Boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz va ayovsiz foydalanishga hamda puxta yakkahokimlikka asoslangan iqtisodiy tizim.
Mahalliy xomashyolami qayta ishlash quwatlarini ibtidoiy darajadaligi, ishlab chiqarishning texnologik asbob-uskuna va bo‘tlovchi qismlar, shuningdek, yoqilg‘i ta’minotida markazga qaramlik.
Eng muhim oziq-ovqat mollari (un, shakar, go‘sht-so‘t mahsulotlarijva boshqa xalq iste’moli mahsulotlarining chetdan keltirilishi.
Paxta xomashyosi mahsulotlarining suvtekinga tashib ketilishi, oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar jahon bozorida o‘ta xaridorgir bo‘lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlami ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foydaning 0‘zbekiston xazinasiga tushmasligi.
Iqtisodiy o‘sish sur’atlari samaradorligi ko‘rsatkichlarining salbiy darajadaligi ortib borishi, moliya-pul tizimining butkul ishdan chiqishi.
Xorijiy mamlakatlar bilan bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarning cheklanganligi.
Qishloq joylarda yashirin ishsizlik, shahar va qishloqdagi turmush darajalaridagi farqning ortib borishi.
0‘zbekiston aholisi turmush darajasi ko‘rsatkichlarining sobiq SSSRdagi eng oxirgi o‘rinlardan biriga tushib qolganligi.
Ekologik muammolaming keskinlashuvi, yer-suv resurslaridan ayovsiz foydalanish, yerlar sho‘rlanishining ortishi, cho‘l zonalarining kengayishi.
Yuqorida keltirilgan xulosalami isbotlovchi dalillar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1991-yilda yetishtirilgan paxta xomashyosining bor-yo‘g‘i 3,5% i pirovard iste'mol uchun respublikada qayta ishlangan.
1990-yilda respublikada mavjud korxonalaming 38% sobiq ittifoq, 54% sobiq ittifoq-respublika, bor-yo‘g‘i 8% korxonalar respublika mulkchiligi tasarrufida bo'lgan.
1988-yilda 4349.3 mln. ga ekin maydonlarining 125.3 ming ga maydoni (2.8%) aholining shaxsiy tomorqalarini tashkil etgan.
«1930-yilda respublika aholisining 70% ga yaqinining jami daromadi tirikchilik o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan eng quyi darajadan ham past edi. Ayni mahalda Rossiya va Ukrainada aholining 30 % ga yaqinigina shunday ahvolda kun kechirgandi».
Ma’lum sabablarga ko‘ra respublika hozirgi xalq xo‘jaligi va aholi juda qattiq ehtiyoj sezayotgan tovarlaming 65% gacha bo'lgan qismini tashqaridan keltirishga majbur edi. Yoqilg‘i, stanoklar, asbob-uskunalar, yog‘och-taxta va yog‘och materiallari to‘g‘risida gapirmasak ham bo‘ladi. Ular ham chetdan keltirilgan.
Bozorga o‘tish zaruriyati tashqi va ichki omillardan ham kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |