16-Mavzu: Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlarining g‘oyalari



Download 107 Kb.
bet1/5
Sana11.02.2022
Hajmi107 Kb.
#444188
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-мавзу (1)


16-Mavzu: Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlarining g‘oyalari

Reja:



1. Nobel mukofoti, iqtisodiyot bo‘yicha mukofotning ta’sis etilish xususiyatlari
2. Iqtisodiy modellar bo‘yicha mukofotlanganlar
3. Nobel mukofoti laureatlari ilmiy ishlarining ahamiyati
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotlari sohiblari haqida so‘z yuritishdan oldin Nobel va uning ijodiy faoliyati haqida fikr yuritishni loyiq deb topdik. hozirgi vaqtda dunyoda bir qator nufuzli mukofotlar mavjud, ammo ular ichida Nobel mukofoti eng mashhur mukofotlardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, Nobel mukofoti shvetsiyalik sanoatchi va ixtirochi Alfred Bernxard Nobel nomi bilan uzviy bog’liqdir. Alfred Bernxard Nobel 1833 yil 21 oktyabrda Stokgolm shahrida, mashhur Emmanuel Nobel oilasida tavallud topgan. Uning otasi Emmanuel Nobel yirik sanoatchi va kashfiyotchi bo‘lgan. U dunyoga suv osti minalari ixtirochisi sifatida tanilgan. Alfred Bernxard Nobel yoshligidan ilm-fanga juda berilgan, ilmga chanqoq o‘spirin edi. U yoshlik davridayoq mashhur rus kimyogarlari N.I.Zinin va V.F.Petreshevskiylarning ilmiy ishlari bilan tanishib chiqqan. Alfred Bernxard Nobel o‘zi olib borgan ilmiy tadqiqotlarining natijasi o‘laroq 1867 yil Buyuk Britaniyada portlovchi moddan "dinamit" uchun patent oldi. Xuddi o‘sha yili dastlabki dahshatli simobli kapsuyul - detonator ixtirosini ham patentlab oldi va o‘z ixtirolarini amaliyotga joriy qildi. Albatda, bu ixtirolar unga juda ko‘p mablag’ keltirdi va u tez orada yirik sanoatchiga aylandi. Alfred Bernxard Nobel tez orada London qirollik jamiyati va SHvetsiya Fanlar Akademiyasining a’zosi etib saylandi. U hayoti davomida juda ko‘p kashfiyotlar qilgan. Biz quyida uning mashhur kashfiyotlaridan biri haqida so‘z yuritamiz. Mashhur olim, kashfiyotchi va yirik sanoatchi bo‘lgan Alfred Bernxard Nobel 1896 yil 10 dekabrida Italiyaning San Remo shahrida olamdan o‘tadi. Alfred Bernxard Nobel o‘z hayoti davomida saksondan ortiq kashfiyotlar qilgan bo‘lsa ham, ammo ularning ichida eng mashhuri uning 1895 yili Parij shahrida yozib qoldirgan bir parcha "VASIYATNOMA"si hisoblanadi. SHu xujjatga asosan hozirgi Nobel halqaro mukofoti yuzaga keldi va tez orada yuksak salohiyatga ega bo‘ldi.

1969 yil
Ushbu yili Nobel mukofotiga birdaniga ikki tadqiqotchiga berildi. Ular Norvegiyalik (Oslo universiteti xodim) Rigar Frish (1895-1973) va niderlandiyalik (Rotterdamdagi Niderlandiya iqtisodiyot markazi xodimi) YAn Tinbergan (1903-1994)lar shu mukofotga sazovor bo‘ldilar. Ularga bu mukofot olimlarning "Iqtisodiy jarayonlarni matematik tahlil etishda dinamik modellarni rivojlantirish va qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlari uchun" berildi.

1970 yil
Ushbu yil bu mukofotga hamma uchun tanish bo‘lgan mashhur amerikalik olim, Massachusets texnologiya instituti (Kembridj) xodimi Pol A.Samuelson (1915 yil tug’ilgan) sazovor bo‘ldi. Unga ushbu mukofot "Statik va dinamik iqtisodiy nazariyani rivojlantirgani va shu bilan iqtisodiyot fani tahlilini yanada yuqoriroqpog’onaga ko‘tarish uchun qo‘shgan ilmiy ishi uchun" berildi.

1971 yil
Ushbu yili Nobel mukofotiga Simon Kuznets (1901-1985)ga nasib etdi. Asli belorus, Ukraina, Rossiyada, keyinchalik AqSHda yashab ijod etgan (Garvard universiteti, Kembridj) bu olimga mukofot "Iqtisodiy va sotsial struktura va rivojlanish jarayoniga yangicha va yanada chuqurroq qarashga olib kelgan, iqtisodiy o‘sishni talqin qilish (interpretatsiya)ning empirik tadqiq qiluvchi ishi uchun" berildi.

1972 yil
Ushbu yili birdaniga ikki olim Ser Jon R.Xiks (1904-1989) (Buyuk Britaniyaning Oksford universitetidagi Ol Souls kollejida ishlagan) va Kennet Arrou (Errou) (1921 yilda tug’ilgan) (AqSHning mashhur Garvard universiteti xodimi)lar loyiq deb topildi. har ikkala olim ham "Umumiy iqtisodiy ekvilibrizm (muvozanat) va farovonlik nazariyasiga qo‘shgan hissasa uchun" shu faxrli nomga sazovor bo‘ldilar.


Download 107 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish