Instrumentalь muxitni loyixalashga ET dasturlash tili va qo’llab quvvatlovchi muhit(u orqali foydalanuvchi ET bilan o’zaro ta’sirlashadi)dan iborat.
ET qatnashuvchilarining o’zaro aloqasi.
16.4.-rasm. Ekspert tizimlarixususiyatlari.
қуриш
фойдаланяпти
Сўраяпти
ET asosliligini qarab chiqamiz, inson tafakkurini va SI tizimini solishtirish.
Inson tafakkur tizimi
|
SI tizimi
|
Kamchiliklari
Barqaror emas
Qiyin o’tkazuvchi (ifodalovchi)
Qiyin hujjatlashtiriluvchi
Oldindan aytib bo’lmaydigan
Qimmatli
|
Ustunliklari
Doimiy
Oson ifodalanuvchi
Oson hujjatlashtiriluvchi
Doim bir xil
Maqbul
|
Ustunliklari
Ijod qiluvchi
Moslashuvchan
Hissiy idrokdan foydalanadi
Har tomonlama
Keng qamrovli bilimdan foydalanadi
|
Kamchiliklari
Sun’iy oldindan dasturlashtirilgan
Aytib turish kerak
Belgili idrokdan foydalanadi
Tor yo’nalishli
Maxsus bilimdan foydalanadi
|
Bu tizimlarni afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib, inson eskpert asosiy afzalliklari, u ko’p soxada, masalan, ijodkorlikda, topqirlikda,ma’lumot uzatishda va umuman mazmunan SIdan ustunlikka ega.
ET terminologiyasi.
ETda ishlatiladigan asosiy atamalarni ko’rib chiqamiz:
Algorit – bu optimal yechim olishni ta’minlaydigan formal protsedura.
Bilimlar bazasi – bu ETning soxa bilimidan iborat qismi.
Dispetcher – bu bilimlar bazasidan qachon va qay tartibda qoidalarni qabul qilishni boshqarib turadigan mexanizm qismi.
Bilim – bu dasturda ishlatiladigan intellektual axborot.
Interpretator – bu soxa bilimini qaysi shaklda qabul qilishni boshqaradigan mexanizm qismi.
Qaror mexanizmi – bu masalalarni yechish jarayonlarini umumiy sxemasini o’zida mujassamlashtirgan ETning qismi.
Ishonchlilik koeffitsienti – bu berilgan faktlar va qoidalarni aniq hisoblash ehtimoli yoki ishonchlilik darajasi belgilaydigan son.
Qoida – bu bilimni quyidagi formal shaklda berilishi: AGAR , U HOLDA .
Ekspert tizim – bu oldidan mo’ljallab qo’yilgan va boshqa bilimlardan ajratilgan soxa bilimlariga asoslangan dastur.
Evristika – fan soxasidagi yechim izlashni cheklaydi yoki soddalashtiradigan qoida.
Semantik tarmoq – bu bilimlarni graf shaklida ko’rsatuvchi metod, unda uch qismlari ob’ektlarni, yoylar esa uning xususiyatlarini bildiradi.
Slot – bu ob’ekt xususiyati atributi tavsifi.
ETni tashkillashtirilgan strukturasi.
ET asosida BB yotadi. Bu yerda bilim faktlar va qoidalarning o’zaro bog’liq shaklda qabul qilinadi, xoh ular to’g’ri bo’lsin, xoh noto’g’ri yoki qaysidir darajada ishonchlilikka ega bo’lsin.
ETda ko’p qoidalar,masalan,empirik yoki tajribali qoidalar yoki soddalashtirish, evristika bo’ladi.
ET evristikani ishlatishga majbur, chunki bu yerda yechiladigan masalalar odatda qiyin bo’ladi va oxirigacha tushunib bo’lmasligi, matematik yozuvga tushmasligi mumkin.
Fan soxasi haqida saralab olingan bilimlar bazaviy bilimlar, masalani yechishda qaror qabul qilishda ishlatiladiganlari esa umumiy bilimlar deyiladi. SHunday qilib, ETdagi BB faktlar va qoidalardan iborat bo’ladi, qaror qabul qilish mexanizmida esa yangi bilimlar uchun qoidani qanday shaklda qabul qilishni aniqlashtiruvchi interpretator va bu qoidalarni qanday tartibda qabul qilishni o’rnatuvchi dispetcher bo’ladi.
ETning tashkillashtirilgan sxemasini quyidagi shaklda tasvirlash mumkin:
BB
(fan soxasidagi bilimlar)
CHiqari mexanizmi
(masala yechilishidagi umumiy bilimlar)
Oddiy axborotni qayta ishlovchi dasturlardan ETning farqli tomonlari:
An’anaviy komp’yuter dasturlari – ixtiyoriy qo’yilgan masalaga ular doim bir xil jarayonlar ketma-ketligida yondashishadi; ET har bir qo’yilgan masalaga xususiy yechim daraxtini quradi.
ET ixtiyoriy simvolli ifodani (masalan, kontseptual, makon va zamon munosabatlari) qayta ishlaydi. Agar oddiy dasturlarda maqsad – sonli qiymatlarni hisoblash, o’zgarmaslarni to’plash va xotiradan chiqarish bo’lsa, ET uchun maqsad – ob’ektlar va hodisalar oqimini kuzatishda oldindan asosli ko’rsatmalar va tavsiyalar berishdan iborat.
Agar an’anaviy dasturlar matematik qoidalardan kelib chiqsa, ET ishlashi esa belgilarni qayta ishlashga va evristik mulohazalarga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |