2.“Endopsixika» va «Ekzopsixika” haqida tushuncha
Odatda shaxsni psixologik jihatdan o’rganish o’z tarkibiga ikki asosiy ilmiy
muammoni qamrab oladi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan ilmiy muammolardan birinchisi bir shaxsni
boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishiga ega ekanligidir.
Ushbu yaqqol psixologik muammoni hal qilish shaxsning mazkur
tuzilishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulq-atvorni oldindan bashorat
qilish imkoniyatini yaratadi.
Shaxs tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning
bir qancha tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo etadi, binobarin, ushbu
bo’laklarning yig’indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon
psixologiyasi fanida psixologlar shaxsni psixologik tuzilishining tarkibiy
qismlarini turli mohiyatiga asoslanib turkumlarga ajratishni (klassifikasiyalashni)
tavsiya etmoqdalar.
Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy (sosial)
omil (faktor) ning, voqyelikning ta’siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita
muhim qism bo’lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqyeni egallab
turibdi.
Mazkur nazariyaga binoan "
endopsixika
" va "
ekzopsixika
" (yunoncha:
endo
ichki
ekzo
-tashqi degan ma'noni bildiradi)-degan g’oyani ilgari surdilar.
Uning talqiniga ko’ra,
"endopsixika"
shaxsning psixik tuzilishining ichki
qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o’zaro bog’liqligini aks
ettiradi.
Uning negizida insonning nerv-psixologik tuzilishi bilan "endopsixika" aynan
bir narsa degan tushuncha tasdiqlanadi, chunki u odam shaxsining ichki
mexanizmini yuzaga keltiradi.
Psixik tuzilishning "
Ekzopsixik
" qismi bo’lsa, shaxsning tashqi muhitga
nisbatan munosabatini, shaxslararo va ob'ektiv munosabatini belgilaydi.
Tabiiy asosga ega bo’lgan "endopsixika" biologik shart-sharoitlarga bog’liq
bo’lsa, "ekzopsixika" aksincha ijtimoiy voqeliklar ta'sir ostida yuzaga keladi,
tarkib topadi va takomillashib boradi.
“Endopsixika” o’z navbatida shaxsning ta’sirlanishi
, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol jarayonlarining xususiyatlarini,
irodaviy zo’r berish xislatlarini, ixtiyorsiz (ideomotor) harakatlarini va shu kabi
fazilatlarini aks ettiradi. “Ekzopsixika” esa o’z tarkibiga xos munosabatlarining
tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, ustanovkalari, maslagi, ustunlik
qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallangan bilimlarni qamraydi.
Ta'kidlab o’tilgan, fikrlarni tasdiqlash maqsadida ular o’tkazgan tajribalariga
murojaat qilamiz. qo’sh omillik nazariyasi tadqiqotchilari tajribalarida 80-130
sm balandlikdagi odamning shaxs xususiyatlarini tarkib toptirish uchun
o’rganilgan.
Buning natijasida ular shaxsi tuzilishida ko’p xislatlari o’xshashligi topilgan.
Bunday odamlarning past (pakana) bo’lishlaridan tashqari, ularning
tuzilishida hech qanday nuqson va kamchilik yo’q ekanligi aniqlangan.
Bunday toifaga kiruvchi bolalarga xos kulguni, o’ta soddalikni, muayyan
darajada emosional zo’riqishni namoyon qiladigan vaziyatga nisbatan
chidamlilikni, uyat hissining kamroq ekanligini uchratish mumkin.
Shaxsning xislatlariga na "endopsixika", na "ekzopsixika" qismlarini kiritish
mumkin emas. Chunki shaxsning sifatlari mitti odamlarning mahsuli bo’lib ular
bo’yicha nisbatan o’z tengqurlari o’rtasidagi farq aniqlangan davrdan e'tiboran
shunday bir ijtimoiy vaziyatda paydo bo’lishi, tarkib topishining takomillashishi
tabiiydir. Shuni alohida ta'kidlab o’tish joizki, mitti odamlarga bo’ydor kishilarga
qaraganda boshqacha munosabat - ularni pisand qilmaslik, kamsitilish, ular ham
barcha kabi narsalarni his qilishi, orzu qilishi, ajablanishi, jayron qolishi sababli
ularda shaxsning o’ziga xos tuzilishi vujudga keladi. Bunday yaqqol voqelik
ularning ruhiy ezilishini, ba'zan boshqalarga, xatto o’zlariga nisbatan
tajovuzkorona yo’l tutish-larini niqoblaydi, xolos. Mabodo biz mitti o’zlari bilan
bap-baravar bo’yli kishilar muhitida yashaydi deb tasavvur qilsak, u holda ularda
ham tevarak-atrofdagi boshqa odamlardagi kabi mutlaqo boshqacha shaxsiy
fazilatlar, xususiyatlar, xislatlar sifatlar mujasassamlashishi mumkin bo’lar edi.
Shunday qilib, ilmiy psixologiya fani shaxs tuzilishida tabiiy (biologik) va
ijtimoiy (sosial) omillar rolini tan oladi, biologik va ijtimoiy омилларni qarama-
qarshi qo’yishga tanqidiy munosabatda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |