Energiya sarfi. Katta sanoat kompleksiga xizmat qilish jiddiy energiya manbalarini talab qiladi. Odatda, tabiiy gaz yoqilg'i sifatida ishlatiladi va kamroq - yoqilg'i moyi. Bundan tashqari, issiqlik energiyasi bug 'va issiq suv shaklida ishlatiladi. Isitish yoqilg'ining to'g'ridan-to'g'ri yonishi natijasida sodir bo'ladi. Iste'mol qilinadigan yoqilg'i-energetika resurslarining asosiy ulushi elektr energiyasidir.
Chiqindilar. Rudalarni qayta ishlash jarayonida chiqindilarning saqlanib qolishi va to'planishi uchun ajratilgan katta miqdordagi to'planishi kuzatiladi. Granit va tuzlarning qazib olinishi ulkan konlar - to'plangan shakllanish bilan birga keladi. Olingan materialni qayta ishlash, tabiiy va sintetik tarkibiy qismlarni yoqish, portlashlar va asbob-uskunalarni ishlatish jarayonida chiqindilar atmosferaga chiqariladi - ba'zida umumiy massaning 2 foizigacha. Ko'pincha bu toksik gazlar va chang.
Aholi sonining o'sishi, fan va texnika taraqqiyoti, inson ehtiyojlarining ortishi oqibatida er yuzida qator ekologik muammolar yuzaga keldi. Shu bois, bugungi kunda sof tabiat haqida gap yuritish mushkul. Er yuzidagi o'rmonlar ko'payish o'rniga tobora qisqarib bormoqda, katta-katta tabiiy hududlar dehqonchilik qilish maqsadida o'zlashtirildi, tabiat va havo har xil chiqindi hamda gazlar hisobiga ifloslanyapti. Bundan tashqari, tabiatda toshqinlar, o'rmon yong'inlari, chang bo'ronlari va boshqa tabiiy jarayonlar yuz bermoqda. Bularning barchasi pirovardida tabiat muvozanatiga putur etkazyapti. Shu bois, davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida jahon hamjamiyati e'tiborini yana bir bor davrimizning o'tkir muammolaridan biri — Orolbo'yi hududidagi ekologik holatga qaratib, jumladan, bunday dedi: “Bugungi kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy ta'sirini his etmoqda. Ming afsuski, bunday o'zgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tug'dirmoqda”.
Muayyan geografik hududning o'ziga xos iqlimi, ijtimoiy-ekologik, etnografik xususiyatlari tabiat bilan inson o'rtasidagi o'zaro aloqa va munosabatlar xarakterini belgilab beradi.
Ekologik xavf bugungi kunda tobora keng tus olib, er yuzidagi barcha mamlakatlarni bu haqda chuqurroq o'ylashga majbur etmoqda. Jahon yovvoyi tabiat (WWF), Global Footprint Network jamg'armalari va Londonning zoologik jamiyati mutaxassislari hamkorlikda o'tkazgan tadqiqot natijalariga ko'ra, 1970 yildan buyon dunyoda yovvoyi hayvon va qushlarning soni 3,43 ming turga, tirik sayyoraning indeksi esa 52 foiz (havo va quruqlikda yashaydigan jonivorlar turi 76 foiz, er usti va suvda kun kechiradiganlar soni 39 foiz) qisqargan. Har yili 11 million gektar tropik o'rmon kesilmoqda. Yo'qotishlar o'rmonlarni tiklash ishlariga nisbatan 10 barobar ko'pdir. Har kuni atmosferaga 60 million tonnaga yaqin karbonat angidrid chiqarilishi dunyo okeanidagi suv sathining ko'tarilishiga olib kelmoqda.
Havo tarkibida karbonat angidridning oshishi, chiqindi gazlarning me'yoridan ortiq havoga chiqarib tashlanishi oqibatida issiqxona effekti hosil bo'lib, bugungi kunda jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan jiddiy ekologik muammo — global iqlim o'zgarishi yuzaga keldi. SHuningdek, ozon qatlamining emirilishi, dunyo okeanining ifloslanishi, tuproq unumdor qatlamining yo'qolib borishi, tropik o'rmonlarning kesilishi, cho'llanish, chuchuk suv manbalari va bioxilmaxillikning kamayishi, maishiy chiqindilarning ko'payishi, kimyoviy va toksik moddalarni zararsizlantirish kabi ekologik inqirozlar allaqachon bir davlat chegarasidan chiqib, tom ma'noda global ekologik muammolarga aylandi.
Hozirgi kunda sanoat korxonalariga faqat sifatli mahsulot ishlab chiqarish emas, balki atrof-muhitga zarar etkazmaslik ham asosiy talablardan biri sifatida qo'yilmoqda. Shu bois, Toshkent kimyo-texnologiya institutida sanoat korxonalarida hosil bo'layotgan chiqindilarni tozalash bo'yicha bir qator ilmiy ishlar amalga oshirilyapti. Jumladan, “ALUTEX” O'zbekiston—Britaniya qo'shma korxonasida ishlab chiqarish suvlarini tuzsizlantirish, mahsulotga rang berish jarayonida hosil bo'ladigan chiqindilarni tozalash bo'yicha xo'jalik shartnomasi asosida ilmiy ish olib borilmoqda. Bundan tashqari, shahar kanalizatsiya suvlarini tozalash stansiyalarida hosil bo'ladigan cho'kmalarni bartaraf etish bo'yicha hamkorlik ishlari yo'lga qo'yilgan. Institutda germaniyalik olimlar bilan birgalikda maishiy va qattiq chiqindilarni qayta ishlash bo'yicha loyiha tayyorlanib, Innovasion rivojlanish vazirligiga taqdim qilinmoqda. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu universitetda atrof-muhit muhofazasi sohasida tajribali olimlar bo'lganligi bois, kelajakda o'zaro hamkorlikda xalqaro konferentsiya, seminar-treninglar o'tkazish, sohaga oid adabiyot va qo'llanmalar yaratish bo'yicha hamkorlik ishlarini amalga oshirishga kelishib olindi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti sanoat ekologiyasi kafedrasida chiqindisiz texnologik jarayonlarni takomillashtirish, sanoat oqova suvlarini tozalash, atmosfera havosini zaharli gazlardan tozalashga qaratilgan bir qator ilmiy tadqiqotlar qilinmoqda. Kafedrada furan birikmalari asosida ion almashtirgich polimerlarni sintez qilish va ularni qo'llashning aniq ob'ektlarini izlash borasida ilmiy maktab yaratilgan. Kafedra olimlari “Mahalliy xomashyolar asosida ion almashinuvchi polimerlar olish va uni atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qo'llash” mavzusida keng ko'lamli ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishyapti. Sanoat oqova suvlarini tozalashga mo'ljallangan ion almashinuvchi polimerlarning asosiy qismi respublikamizga chetdan keltiriladi. Bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Kafedramizda olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida mahalliy xomashyo asosida ion almashinuvchi polimerlar olindi. Bu polimerlar ayni paytda sanoat oqova suvlarini tozalashda qo'llanilib, iqtisodiy samaradorlikka erishilmoqda. Masalan, kafedrada sintez qilingan polimerlar “Suvsoz” davlat unitar korxonasiga qarashli Salar aeratsiya stantsiyasi oqova suvlarini tozalashda qo'llanilishi natijasida korxonaga bir yilda 106 million so'm iqtisodiy foyda keltirdi. Ilmiy tadqiqotlar natijasida kafedrada 8 nafar izlanuvchi fan nomzodi, 4 nafari fan doktori dissertatsiyasini muvaffaqqiyatli himoya qildi. 2017-2020 yillar davomida kafedra olimlari jamoasining ilmiy izlanishlari natijasida Intellektual mulk agentligi tomonidan 5 ta ixtiroga davlat patenti olindi. Atrof-muhit muhofazasiga oid 10 ta darslik, 8 ta o'quv qo'llanma, 5 ta monografiya chop etildi. Kafedrada ayni paytda “TSellyuloza sanoatida hosil bo'layotgan oqova suvlarni tozalash” mavzusida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Institutda “ekolog” to'garagi faoliyat ko'rsatyapti. Unga a'zo talabalarimiz bir qator ilmiy tadqiqot ishlari, loyihalarda ishtirok etmoqda. Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil qilgan “START-UP” tanlovida qatnashgan talabalarimiz “Havoni zaharli gazlar, changlardan tozalashda qo'llaniladigan daraxt ko'rinishidagi “Skrubber” jihozini yaratish, uni shahar hududiga o'rnatish” mavzusida sovrinli o'rinni qo'lga kiritdi. Ayni paytda ana shu mavzu doirasida amaliy ishlar qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |