γ
|
Gazlar
|
γ
|
He
Ar
Ne
Xe
|
1,630
1,667
1,642
1,666
|
02
N2
SN4
N20
|
1,410
1,408
1,32
1,33
|
Tajriba natijalariga binoan bir atomli gazlar uchun γ ning qiymati 1,6 ga, ikki atomli gazlar uchun- 1,4 ga va ayrim ko‘p atomli gazlar uchun -1,3 ga yaqin. Bu farqning sababini molekulyar-kinetik nazariya tushuntiradi.
GAZ ARALASHMALARI ISSIQLIK SIG‘IMI
Gaz aralashmalari issiqlik sig‘imi uning komponentalari issiqlik sig‘imlari yig‘indisi bilan aniqlanadi. Agar aralashma komponentalari soni Z, ular massalari m1, m2, ……, mz, komponentalar solishtirma issiqlik sig‘mlari mos holda C1, C2, . . . , Cz bo‘lsa, u holda sistema issiqlik sig‘imi:
(33)
yig‘indi bilan aniqlanadi.
(34)
bo‘yicha gaz aralashmasi effektiv solishtirma issiqlik sig‘imi :
(35)
ga teng. (34) va (35) dan ko‘rinib turibdiki, solishtirma effektiv issiqlik sig‘imini, issiqlik xossalari bo‘yicha gaz aralashmalari xossalariga ekvivalent bo‘lgan ayrim bir jinsli gazlar solishtirma issiqlik sig‘imi kabi qarash mumkin.
Aynan shunday holda effektiv molyar issiqlik sig‘imi tushunchasini kiritish mumkin. Agar komponentalar massasi m1, m2, . . ., mz, ularning molyar massalari µ1, µ2,…., µz va ular molyar issiqlik sig‘imlari qiymatlari C1, C2, . . . , Cz bo‘lsa, u holda sistemaning issiqlik sig‘imi:
(36)
yig‘indi bilan aniqlanadi.
(37)
ga muvofiq molyar issiqlik sig‘imi :
(38)
ga teng bo‘ladi.
Shunday qilib, effektiv molyar issiqlik sig‘imi, issiqlik xossalari bo‘yicha gaz aralashmalari xossalariga ekvivalent bo‘lgan ayrim bir jinsli gazlar molyar issiqlik sig‘imidir.
Effektiv molyar massa tyshunchasi qo‘llanilganda (36) munosabatni quyidagicha yozish mumkin:
(39)
Suyuq aralashmalar uchun gazlar singari effektiv molyar massani kiritish mumkin, biroq ular uchun aralashma komponentalari issiqlik sig‘imlari additivligidan kelib chiqib, effektiv issiqlik sig‘imini aniqlash mumkin emas. Bunday aralashmalarda kuchli molekulalararo o‘zaro ta’sir tufayli bir komponenta molekulalari harakatini boshqa komponenta molekulalari harakatiga bog‘liq emas deb bo‘lmaydi.
Glosariy
Heat
|
Issiqlik
|
Bu temperaturalar farqi tufayli bir jismdan ikkinchisiga o’tadigan energiya
|
Internal Energy
|
Ichki energiya
|
Jismga tegishli bo’lgan barcha molekulalarning barcha turdagi energiyalarining to’liq yig’indisi
|
Specific heat
|
Issiqlik sig’im
|
Jism temperaturasini bir gradusga oshirish uchun kerak bo’lgan issiqlik miqdori
|
Closed system
|
YOpiq sistema
|
Atrof muhit bilan xech qanday enregiya almasha olmaydigan sistema
|
Open system
|
Ochiq sistema
|
Atrof muhit bilan energiya almashinuvi yuz beradigan sistema
|
Thermal equilibrium
|
Issiqlik muvozanati
|
Butun jism bo’ylab bir xil temperaturaga erishish
|
Calorimetry
|
Kalorimetriya
|
Issiqlik almashinuvini miqdoriy o’lchashdan iborat usul
|
Calorimeter
|
Kalorimetr
|
Issiqlik almashinuvini miqdoriy o’lchashlarini o’tkazadigan asbob
|
Heat of fusion
|
Solishtirma erish issiqligi
|
1 kg massali kristall jismnisuyuq xolatga o’tkazish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdorini ko’rsatuvchi fizik kattalik
|
Heat of vaporization
|
Solishtirma bug’lanish issiqligi
|
1 kg suyuqlikni temperaturasini o’zgartirmasdan bug’ga aylantirish uchun kerak bo’lgan issiqlik miqdorini ko’rsatuvchi kattalik
|
Evaporation
|
Bug’lanish
|
Moddaning suyuq xolatdan gaz xolatga o’tishi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |