16 м a V z u agrar munosabatlar: ijara haqi va renta



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/36
Sana20.06.2022
Hajmi0,98 Mb.
#684161
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
16. Agrar munosabatlar ijara haqi va renta

 
Renta munosabatlari 
 
Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta 
nazariyasi hozirgacha to‘liq yoritib berilmagan nazariyalardan hisoblanadi. 
Iqtisodchilar o‘rtasida uning mohiyatini tushuntirish bo‘yicha turlicha yondashuv 
va qarashlar mavjud bo‘lib, ularning ayrimlari noaniqligicha qolmoqda. SHu 
sababga ko‘ra rentani miqdoriy aniqlash va uning mohiyatini tushuntirish bo‘yicha 
asosiy va ko‘pincha bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan nazariyalarga duch kelamiz.
Renta nazariyasi dastlab fiziokratlar maktabining asoschilari F.Kene va 
A.Tyurgolarning ilmiy asarlarida ko‘rib chiqilgan. Ular rentaning vujudga kelish 
sababini tabiat, yerning qandaydir sirli kuchi, tabiat ehsoni, yerning qo‘shimcha 
mahsulot yarata olish qobiliyati natijasi orqali izohlaganlar. Ular qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini yaratishda, jumladan, sof va qo‘shimcha mahsulot yaratishda tabiat 
rolini ko‘rsatishga harakat qilganlar. 
Keyinchalik renta nazariyasining asoslari klassik iqtisodchilar U.Petti, 
J.Anderson, 
A.Smit 
va 
D.Rikardolar 
tadqiqotlarida 
turli 
darajada 
takomillashtirilgan. Jumladan, Anderson differensial renta to‘g‘risidagi qarashlarni 
ilgari surgan, biroq rentaning tovar qiymatining bir qismi ekanligini tushuntirib 
berolmagan. Rikardo esa, fiziokratlardan farqli o‘laroq, rentaga mahsulot ijtimoiy 
va individual qiymatlari o‘rtasidagi farq sifatida qarab, renta nazariyasini 
qiymatning mehnat nazariyasi, qiymat qonuni bilan bog‘lagan.
Renta nazariyasini rivojlantirishda rus iqtisodchilaridan N.G.CHernishevskiy va 
N.I.Ziberlar salmoqli hissa qo‘shganlar.
4-savol ► 


Agrar munosabatlar: ijara haqi va renta 
 
.
309 
Hozirgi vaqtda Rossiyada «Iqtisodiyot nazariyasi» bo‘yicha chop etilgan qator 
o‘quv qo‘llanma va darsliklarda ham yer rentasi munosabatlari keng bayon 
etilmoqda.
D.D.Moskvin tahriri ostida tayyorlangan darslikda yozilishicha, resurslarning 
turli-tumanligi natijasida ulardan foydalanish chog‘ida renta daromadlarining turli 
ko‘rinishlari paydo bo‘ladi, jumladan: qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarishda vujudga keluvchi yer rentasi; foydali qazilmalarni qazib olish chog‘ida 
vujudga keluvchi renta; o‘rmon resurslaridan foydalanishda hosil bo‘luvchi renta; 
qurilish uchastkalaridan olinuvchi renta va h.k. Barcha turdagi tabiiy resurslar yer 
bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi sababli ulardan foydalanishda rentaning vujudga 
kelishi uchun bir-biriga o‘xshash shart-sharoitlar mavjud bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik 
ekinlaridan foydalanishning iqtisodiy shart-sharoitlariga nisbatan ishlab chiqilgan 
renta munosabatlarini tahlil qilish uslubiyoti rentaning barcha turlariga tegishli 
bo‘ladi, shunga ko‘ra ularni yer rentasiga kiritish to‘g‘ri bo‘ladi. Haydaladigan yer, 
qurilish uchastkasi, ruda koni, baliq ovi, o‘rmon va boshqalardan to‘lanishidan 
qat’iy nazar, renta ko‘rinishidagi mazkur pul summasi yer rentasi deb ataladi
17
.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish