23. Ovozli ma’lumotlarni ijro etuvchi dasturlar.
24. Power point dasturi imkoniyatlarini kengaytiruvchi dasturlar.
Haiku Deck– bu taqdimot yaratishni osonlashtirishga harakat qilishdir. Bu dastur taniqli xalqaro eksport Garr Reynolds dizayn taqdimotlari prinspiga asoslangan. Asosiy fikr-slayddagi minimal axborotlar miqdorida. Bir fikr slaydga va bir (rasmlar, diogrammalar va sxemalar)
Haiku Deck dasturi yordamida taqdimotlarga slayd tayyorlash va sizning fikrlaringizdagi ko‘p bo‘lmagan axborotlar bilan taqdimotlar yaratish juda oson. Interfeysi bezashga sifatli shablonlarga ega.
HaikuDeck-bu qiyinchiliklarsiz maksimal sodda va chiroyli taqdimot yaratishni hohlaganlar uchundir. Slides
Slides– bu taqdimot yaratish uchun yangi zamonaviy dastur. Hamma taqdimotlar HTML da yaratiladi, bu har qanday qurilmada foydalanish imkonini beradi. HTML kodlash har qanday usulda taqdimotlarni bezash shu bilan internetdan birga har qanday amaliy content qo‘yish (embed) imkoniyatini yaratadi. Sizning Web brauzeringizda onlayn tarzda taqdimot ko‘rsatish va har qanday qurilma yordamida oflayn ko‘rinishdagi taqdimotingizni boshqarish imkoni mavjud. Grafik muharriri interfeysi bir oz qiyinroq va hozircha standart funksyalari joylashish o‘rni noqulayroq, lekin, uskunalari juda qiziqarli. Slidesdasturida slaydlarni har qanday yo‘nalshda harakatlantirish mumkin ya‘ni o‘ngdan chapga, chapdan o‘nga, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga. Slides dasturi bazaviy funksiyalari bilan tekin versiyalar mavjud, dasturning to‘liq shakli pullik. Hamma taqdimotlar sizning Web brauzeringizda onlayn tarzda amalga oshiriladi, dasturning desktop va telefon versiyalari hozircha mavjud emas, faqatgina boshqa qurilmalarda dasturni yuklash imkoni mavjud.
Dasturning to‘liq shakli juda qiziqarli bo‘lib, kelajakda ommolashishi kutilmoqda. Agarda sizda taqdimot yaratish zururiyati tug‘ilgan bo‘lsa, Slidesda taqdimot yaratib ko‘rishingizni maslahat beramiz. SlideDog
SlideDog– Power Point yoki Keynote dasturlariga o‘xshagan taqdimot muharriri emas. Siz bu dasturda taqdimot yarata olmaysiz, lekin dastur yordamida siz taqdimot uchun qulay playlist tayyorlashingiz mumkin. Taqdimotlar Power Point va Keynote, PDF hujjatlari, vidioroliklar, rasmlar va veb sahifalarni bitta taqdimotga kerakli tartibda joylashtirish imkoniyati mavjud. Onlayn tarzda yoki dasturni Windows operatsion tizimiga yuklahan holda ishlash mumkin. Prezi dasturi imkoniyatlari. Prezi.com da ro‗yxatdan o‗tish. Prezi dasturida yangi taqdimot yaratish. Taqdimotga ob‘ektlarni joylashtirish.
Flesh – taqdimotlarning zamonaviy vositalaridan biri Prezidasturidir. Prezidasturining o`ziga xosligi bu ma`lumotlarning ketma ket chiqishidir.
Power Point bilan Prezining eng katta farqi shundaki, Prezi asosan linyali formatga urg‘u beradi. Alohida qilib qaraydigan bo‘lsak Prezida ko‘rish imkonyatiga katta e‘tibor berilgani aniq bir farqdir. Prezi g‘oya, fikr va rejalar tarmog‘ini qurush uchun ishlatiladi.
ZUI – (zooming user interface) obyektivdagi suratni foydalanuvchilarga yaqinlashtirib yoki uzoqlashtirib ko‘rsatadi. ZUI foydalanuvchilarga turli xil hujjatlarni o‘zaro, to‘gridan to‘g‘ri ko‘rib, o‘rganib chiqishga imkon beradi.
Umuman olganda, Prezi Windowsda juda yaxshi ishlaydi, ammo Linuxda juda yomon ishlaydi. Prezi murakkab prezentatsiya yaratishda Adobe Flashdan foydalanadi va bu dastur eng oxirgi ko‘rinishda bo‘lishi shart. Prezi dasturining uchta turli xil shakllari mavjud: Prezi public Prezi enjoy Prezi pro.
Prezi public barcha foydalanuvchilar uchun bepul bo‘lsa, Prezi pro va Prezi enjoy esa ma‘lum bir to‘lovlarni talab qiladi.
Canvas – (―mustahkam va dag‘al mato‖ ma‘nosini anglatadi) prezentatsiya tayyorlash uchun maydon. Prezi ZUI texnologiyasidan foydalanganligi sababli har qanday berilgan canvas, ya‘ni maydon ko‘rinib turgan hududiga nisbatan kattaroq bo‘ladi. ZUI texnologiyasi foydalanuvchilarga maydon bo‘ylab erkin harakatlanish va ma‘lumot qo‘shish imkonyatlarini beradi. Prezini kompyuter, planshet, mobil telefonlardan ham foydalanilishi mumkin. O‘rganish juda oson va qulay bo‘lganligi sababli, har bir foydalanuvchiga mos keladi. Zoom yordamida Prezi taqdimoti slaydma slayd ko‘chmaydi, balki yangi joyga izma-iz ketadigan yo‘lak (Pathwaypoint) dan foydalanib yaqinlashtiradi.
Prezi – onlayn chiroyli taqdimotlar yaratishga moljallangan ilovalar. Bunda chiziqli bo`lmagan taqdimotlar tayyorlanadi, xohlagan bir fragmantni kattalashtirish va kichiklashtirish mumkin bo‘ladi.
Prezi dasturi Zui Labs kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, 2008 yil 15 dekabrda servis ishga tushirilgan.
Dasturlarda ishlashdan avval tayyor taqdimotlarning namunasini korib chiqish orqali tasavvurga ega bo`lish mumkin.
//prezi.com saytida ro`yxatdan o`tish oddiy bo`lib, avvalo siz dastur versiyasini tanlashingiz kerak bo`ladi, so`ng ro`yxat formasi to`ldiriladi. Formani to`ldirishda elektron manzilni kiritish talab etiladi.
Yangi taqdimotni yaratish uchun New Prezi tanlang. Shundan so`ng bir necha shablonlardan iborat yangi ko`rinish hosil bo`ladi. Agar toza varaqlarda ish boshlamoqchi bo`lsangiz unda Start blank prezi variantini tanlang.
Taqdimot shabloning tanlash muloqot oynasi
Taqdimot uchun shablonlarni tanlash orqali taqdimot asosni quramiz va unda kerakli ma`lumotlar bilan to`ldiramiz. Buning uchun taqdimot muharriri mavjud. Ish stoli elementlarini sichqoncha tugnasini bosish orqali tanlash mumkin. Demak shablondagi barcha elemenlarni, sarlavha, matn, rasmlarni tahrirlash va o`zgartirish mumkin.
Prezi taqdimoti muhariri oynasi
Taqdimot bilan ishlaganda zarur bo`ladiga asosiy uskunalar oynaning yuqori qismida jolashgan va uchta menyuga guruhlangan:
Frames and Arrows: formaning turli sohalarini belgilash imkoniyati va taqdimotga yangi slayd ko`rinishlarini qo`shish.
Insert: kerakli ma`lumotlarni taqdim etish uchun tasvirlar, video va boshqa fayllarni qo`shish imkoniyati. Keng va qo`llash mumkin bo`lgan klipart goleriyasidan foydalanish imkoniyati mavjud. Taqdimot namoyishdagi musiqal jo`rligini ham joylashtirish mumkin.
Theme: ko`rish jihozlanishini sozlash mumkin. Ushbu menyu yordamida biz hohlagan vaqtda boshqa mavzuni tanlash imkoniyatiga ega bo`lamiz. Taqdimot jihozlanishni yoki biror bir element rangini o`zgartirish orqali amalga oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |