Ijtimoiy-mehnat sohasi ham xodimlarning ijtimoiy holati shakllanadigan, barqaror amalga oshiriladigan va o’zgaradigan aniq ijtimoiy muammolar majmuidan iborat bo’lib, uni ham boshqarib borishi zarur.
Mehnatni boshqarish vazifalari jumlasiga, avvalo, ish samaradorligi va sifatini oshirish, iqtisodiyotni rivojlantirishning muvozanatliligi va mutanosibligini ta’minlash, mehnatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni kamaytirib borish, insonni har tomonlama kamolga etkazish uchun shart-sharoitlarni yaratish, mehnat jamoalarini rivojlantirish va boshqarishdagi ularning rolini oshirish kiradi.
Mehnatni boshqarish funktsiyalari — qo’yilgan maqsadlar va vazifalarga erishish uchun boshqarish obyektlariga nisbatan amalga oshiriladigan harakatlar bo’lib, ular orqali mehnatni boshqarish mexanizmi ishga solinadi.
Mehnatni boshqarish jarayoni boshqaruv vazifalarini hal qiladigan real tizimi mavjud bo’lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.
Bu tizimni ikki tomondan olib qarash mumkin. Bir tomondan olib qaraganda, u mehnat sohasidagi boshqarish munosabatlarining yig’indisidir. Mazkur holda mehnatni boshqarish tizimining xodimlarni boshqarish, mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashni boshqarish, mehnat unumdorligi va sifatini boshqarish, mehnatga qiziqtirishni va mehnatni rag’batlantirishni boshqarish ijtimoiy mehnat munosabatlarini boshqarish funktsiyalari mavjud bo’ladi.
Boshqa tomondan qaraganda, mehnatni boshqarish tizimini tashkil etadigan maxsus xizmatlar mehnat va ish haqi bo’limi, mehnatni tashkil qilish bo’limi, kadrlar bo’limi, xodimlarni boshqarish xizmati mehnatni boshqarish institutsional shaklining bo’g’inlaridir.
16.2. Mehnatni boshqarishning shakllari vadarajalari.XTMning asosiy vazifalari
Mehnatni boshqarish turlari jamiyatdagi boshqaruv xarakteri mezonidan, ya’ni pirovard natijada ijtimoiy tuzum xarakteridan aniqlash mumkin. Mehnatni boshqarish barqaror rivojlanayotgan jamiyatda ishlab chiqarishni boshqarish va butun jamiyatni boshqarish bilan bir xildagi xarakterga ega bo’ladi. hokimiyatning ijtimoiy barqarorligi, mustahkamligining kafolati mana shu muvofiqlikdadir.
Boshqaruv xarakterini belgilaydigan jamiyatdagi hokimiyat yoki demokratik yoki diktatura bo’lishi mumkin. Boshqaruvning demokratik turi ko’pchilikning to’la qimmatli fuqarolik subyektligini, mustabid turi esa ozchilik tomonidan subyektlik huquqlarining o’zlashtirilishini anglatadi.
Mehnatni boshqarishning mustabid turi —to’la diktatura. Uning aksi — mehnatni demokratik boshqarish, uning zaruriy va farqlovchi belgisi haqiqiy ko’p subyektlilikni to’la me’yorda rivojlantirish va erkin (demokratik qabul qilingan qonun makonida) amalga oshirish hisoblanadi.
Mehnatni boshqarishning eng so’nggi aniq turlaridan tashqari oraliq turlari ham mavjud. Mehnatni boshqarishning oraliq turini avtoritar, o’zini o’zi boshqaradigan deb qaraladi.
Ijtimoiy mehnat jarayonlari va uning ishtirokchilariga boshqaruv ta’sirini o’tkazishning printsipial usullari mehnatni bosh qarish usullari deyiladi. Mehnat jarayonlari uchta asosiy usul bilan boshqariladi:
1) boshqaruvchining boshqariluvchilarga va ular orqali boshqarilayotgan jarayonga bevosita ko’rsatmalar asosida ta’sir etish usuli;
2) boshqaruvchining boshqariluvchilari va ular orqali boshqarilayotgan jarayonga bilvosita manfaatlar orqali ta’sir etish usuli;
3) jarayon ishtirokchilarining o’zlari qaror qabul qilib, o’zlari ijro etadigan o’z-o’zini boshqarish usuli.
Mehnatni boshqarish turi bilan mehnatni boshqarish usullari o’rtasida, tabiiyki, aloqa mavjud. Bu diktatura boshqarishning turi go’yoki faqat direktiv usullaridan, demokratiya turi faqat bilvosita usullaridan foydalanishida va shu kabilarda ifodalanmaydi. Boshqaruvchining har qanday turida turli usullardan foydalaniladi. Faqat ularning nisbati va ommaviy kombinatsiyasi boshqaruv va hokimiyatning har xil turlarida turlicha bo’ladi.
Mehnatni boshqarishning direktiv usullariga misol— mehnat to’g’risidagi qonunlarda aks ettirilgan har qanday taqiqlovchi normalardir. Mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori qonun yo’li bilan ish kuni, ish haftasi, ish yilining davomiyligini belgilash, ishdan tashqari ishlar davomiyligining yig’indisi, mehnat shart-sharoitlari standartlari va boshqalar shular jumlasidandir.
Bilvosita usullar ishlovchiga turli variantlardan tanlash biroz tezroq yoki biroz sekinroq ishlash, ko’proq yoki kamroq hafsala bilan ishlash, ilg’or tajribani o’rganish yoki o’rganmaslik va boshqa hollarda qo’llaniladi. Mehnatni boshqarish shakllariga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:
— mehnatni boshqarishning davlat shakllari;
— mehnatni boshqarishning shartnoma shakllari;
— ijtimoiy mehnat munosabatlari u yoki bu subyektining ijtimoiy faollik shakllari.
Do'stlaringiz bilan baham: |