yuqori bozor talabi ham raqobatni kuchaytiradi chunki ko'proq korxonalar bozorda naqd pul olish imkoniyatini tan oladilar, bu esa narxni yanada pasaytirishi va ta'minotga ta'sir qilishi mumkin.
Maqsadli auditoriyangizni bilish ham muhimdir, ammo boshqa odamlar sizning mahsulotingizni sovg'a sifatida sotib olishlari mumkinligini istisno qilmang. Masalan, agar siz erkaklar uchun mo'ljallangan mahsulotni sotmoqchi bo'lsangiz, sizning maqsadli auditoriyangiz ma'lum yosh oralig'idagi erkaklardir. Biroq, ayollar sizning mahsulotingizni sovg'a sifatida sotib olishlari mumkin va shuning uchun bozorning umumiy talabiga ta'sir qilishi mumkin.
211) Talab tushunchasi haqida tushuntirib bering?
J: Kishilarning ehtiyoji ilmiy va hayotiy tushuncha bo’lib, iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida amal qilib kelmoqda, chunki bu tushuncha kishilarning hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyatini bildiradi. Ehtiyojning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ko’rinishi va amal qilishi talabdir. Lekin talab ehtiyojdan farq qiladi va mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Uning farqi shundan iboratki, kishilarning ehtiyoji o’sib boraveradi, cheksizdir. U pul bilan ta‘minlansa va sotib olish kurbiga ega bo’lgan taqdirda talabga aylanadi Demak, aytish mumkinki, talab – bu pul bilan ta‘minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj sotib olish uchun zarur bo’lgan pul bilan ta‘minlanmasa, u “xoxish”, “istak” bo’lib qolaveradi. Bozordagi narxlarni o’zgarib turish darajasida iste‘molchilarning tovar va xizmatlarning ma‘lum turlarini va ma‘lum miqdorlarini sotib olishga layoqati bo’lgan ehtiyoj talab deyiladi. Talablar turlicha bo’ladi. Bir xil tovar va xizmatga bo’lgan talabning ikki turi bor va ular bir-biridan farq qilinadi. Shu boisdan, yakka talab va bozor talabi bo’ladi. Har bir iste‘molchining, ya‘ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning moddiy va nomoddiy ne‘matlarga bo’lgan talabi – bu yakka talab deyiladi. Bir qancha iste‘molchilarning tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi.
212) Narx-iste’mol chizigi haqida tushuntirib bering?
J: Agar biz optimal majmua nuqtalarini (befarqlik egri chiziqlari bilan byudjet chiziqlari kesishgan nuqtalarni) chiziq bilan birlashtirsak, bu chiziq «Narx-iste’mol» chizig‘i bo’ladi (a rasmdagi chizig‘i). «Narx-iste’mol» chizig‘iga ko’ra, talab chizig‘ini aniqlash mumkin (b) rasm. Bu holda ordinata bo’yicha narx, abtsissa o’qi bo’yicha ne’mat miqdori belgilanadi. Daromad va almashtirish samaralari. «Daromad-iste’mol» chizig‘ini tahlil qilganimizda, daromad o’zgarishining ( narxlar o’zgarganda) iste’molga ta’sirini o’rgangan edik. «Narx-iste’mol» chizig‘i orqali narxlarning o’zgarishini bir ne’mat bilan boshqa bir ne’matni nisbiy almashtirishga ta’siri o’rganiladi. Endi biz ne’matga bo’lgan talabni o’zgarishining qancha qismi narx bilan va qancha qismi daromad bilan bog‘liqligini ko’rib chiqamiz. Narxning har qanday o’zgarishi, birinchidan: real daromadni oshiradi, natijada befarqlik egri chizig‘i siljiydi va iste’molchi sotib olishi mumkin bo’lgan ne’matlar tarkibini o’zgartiradi; ikkinchidan - narxlar nisbatini o’zgartiradi va bir ne’mat (B) bilan boshqa ne’mat (A) almashtiriladi. Ne’matlar majmuasiga (A va B ne’matlar) bo’lgan talab o’zgarishining qancha qismi real daromad ta’siri va qancha qismi narxning pasayishi bilan bog‘liq ekanligini aniqlamoqchimiz. Rasmda byudjet chizig‘ining boshlang‘ich holati BA va A ne’mat narxi pasaygandan keyingi holati BA keltirilgan. Boshlang‘ich byudjet chizig‘ida befarqlik egri chizig‘iga mos keluvchi optimal majmua nuqta bilan ifodalangan. Daromad samarasi - bu ne’mat narxi o‘zgarishi (almashish samarasi hisobga olinmaganda) natijasida real daromad o‘zgarishining iste’molchi talabiga ta’siridir. Daromad samarasi - bu iste’molchining sotib olish imkoniyatini oshganligini ko’rsatadi va u bir byudjet chizig‘idan boshqa byudjet chizig‘iga iste’molchining optimal tovarlar majmuasi o’tishini akslantiradi. Almashtirish samarasi - bu naflik darajasi o‘zgarmaganda, tovarlar narxi o‘zgarishi munosabati bilan iste’mol tovarlar talabi tarkibining o‘zgarishidir. Almashish samarasi ne’mat narxining o‘zgarishi natijasida B ne’matni qo‘shimcha ne’mat bilan almashtirilishini ifodalaydi. Bu almashtirish befarqlik egri chizig‘i bo‘yicha bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |