1510 yilda Shayboniyxon vafotidan keyin Xorazm Eron shohi Ismoil Safoviy hukmronligi ostiga tushib qoldi. 1512 yilda bu erda yana Dashti qipchoq vakillaridan bo’lgan Elbarisxon Xorazm taxtni egalladi va Xorazm xonligi paydo bo’ldi


- Mavzu: Turkistonning xonliklarga bo’linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari



Download 48,85 Kb.
bet2/2
Sana18.02.2022
Hajmi48,85 Kb.
#453687
1   2
Bog'liq
XONLIKLAR

9- Mavzu: Turkistonning xonliklarga bo’linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari.

(Disintegration of Turkistan to khans, and its reasons and consequence)

Reja:
1.XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr boshlarida Movaraunnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat. Temuriylar davlatining inqirozga yuz tutishi.
2. Shayboniylar davlatining ijtimoiy-siyosiy tuzilishi.
3. Ashtarxoniylar davlati. Davlatning ma’muriy-siyosiy tizimi.
4. Mahalliy sulola vakillarining davlat boshqaruvi. Madaniy hayot.
Mashg’ulot maqsadi: Temuriylar davlatining parchalanish sabablari, undan keyingi Movaraunnahr va Xurosondagi siyosiy ahvol haqida ma’lumotga ega bo’lish, O’rta Osiyo hududlarining mustaqil xonliklarga bo’liinib ketish sabablari va ularning ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayoti bilan tanishish. Davlatchilik tarixida ularning ahamiyatini o’rganish.

Tayanch tushunchalar: Siyosiy vaziyat, xonliklar, Shayboniylar, Ashtarxoniylar, saroy lavozimlari, Buxoro amirligi, ma’muriy boshqaruv.
1405 yilda Amur Temur vafotidan so’ng uning yirik davlati parchalana boshladi Temuriy shahzodalarning taxt uchun o’zaro kurashlari qudratli davlatning bo’linishiga asosiy sabablardan biri bo’ldi. Sohibqiron taxtiga valiahd qilib nabirasi Pirmuhammadni qoldirgan bo’lsada, ko’pgina amirlar va amaldorlar uning hukmdorligini tan olmadilar. 1405 yil mart oyida Temurning boshqa bir nabirasi Halil Sulton Samarqand taxtini egallaydi. Undan tashqari, Xurosonda Shohruh; Balx, G’azna va Qandarhorda Pirmihammad; G’arbiy Eron va Ozarbayjonda Mirzo Umar va Abu Bakr Mirzo; Turkiston, Sarbon, O’tror, Sayramda Amir Turdibek; O’ratepa va Farg’onada amir Xudoydod; Xorazmda amir Idiku o’zlarini hukmdor deb e’lon qildilar.
Mamlakatdagi parokandalik va o’zaro urushlarga barham berish uchun Shohruh Mirzo ko’p sa’yi-harakatlar qildi. XV asrlarning 20- yillariga kelib Amur Temur mulklarining qariyb hammasi Shohruh va uning oila a’zolari qo’l ostida edi. Movaraunnahr yerlarini 1409 yildan boshlab Shohruhning to’ng’ich o’g’li Mirzo Ulug’bek boshqara boshladi. Ulug’bekning hukmronlik davri (1409-1449 yy.) asosan Movaraunnahrda ijtimoiy –iqtisodiy hayot, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi bilan izohlanadi.
Ulug’bek bobosi Amur Temur kabi harbiy iste’dodga ega emas edi. U mamlakat ichidagi va atrofdagi osoyishtalikni saqlash maqsadida ayrim harbiy yurishlar qilib turgan xalos. 1447 yilda Shohruh vafotidaan so’ng Temuriyzodalar o’rtasida kurash boshlanib ketdi. Oqil va dono Ulug’bek bu kurashlarga barham berishga harchand urinmasin buning uddasidan chiqa olmadi. Aksincha, o’g’li Abdulatifning bevosita ishtiroki tufayli o’zi bu kurashlarning qurboni bo’ldi. Xullas, XV asrning o’rtalariga Mirzo Ulug’bek vafotidan keyin (1449 ) Temuriy shahzodalar o’rtasida taxt- toj uchun kurash yana avj oldi. Abulqosim Bobur (1452-1457 ) va Abusaid Mirzolarning (1458-1468 ) faoliyati hamda o’zaro urushlarga barham bera olmadilar. 1469 yilga kelganda Xurosonda Husayn Boyqaro hokimiyatni egallab, bu hududlarda nisbatan tinchlik o’rnatdi. Uning do’sti –buyuk shoir Alisher Navoiy (1441-1501) muhrdor, vazir, Astrabod hokimi lavozimlarida ishlab, Xuroson ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o’ynaydi. Navoiyning sa’y - harakatlari bilan Hirotda ilm – fan, madaniyat gurkirab rivojlandi. O’zaro urushlarga nisbatan barham berildi.
Movaraunnahrda esa bu davrga kelib siyosiy tarqoqlik avjiga chiqdi. Har bir viloyat, har bir shaharlarda temuriy shahzodalar o’zlarining mustaqil hukmronligini o’rnatishga harakat qildilar. Ular hokimiyat uchun o’zaro kurashlarda Dashti Qipchoq qabilalari kuchlaridan foydalanishar edilar: 1451 yilda Urusxonning nabiralari Abusaidga hokimiyatni egallash uchun yordam bergan bo’lsa, oradan uch yil o’tgach Abulhayrxon Muhammad Juqiyga hokimyatni egallashga ko’maklashdi. Bu o’zaro kurashlar Movaraunnahr ahlining ahvolini yomonlashishiga olib keldi.
XV asr oxirlariga kelib, Movaraunnahrda Temuriylarning bir- biridan o’zaro mustaqil bo’lgan uchta hokimiyatni vujudga keltirdi: 1. Samarqandda Sulton Ahmad Murzo hukmronligi (1468-1503 ); 2. Toshkentta Sulton Mahmud Mirzo hukmronligi (1468- 1498 ); 3. Andijonda Umarshayx I Mirzo hukmronligi (1468-1494 ).
Bu uchala davlatning o’zaro urushlari Movaraunnahr ahlining temuriylardan noroziligini yanada avj oldirdi. Ayniqsa, yuqori tabaqa vakillari markazlashgan davlat tarafida turdilar. Bu temuriyzodalarning davlat boshqaruvida mustahkam tayancha ega emasligidan dalolat berardi. Bu vaqtda temuriylar huzurida ta’lim olgan Abulxayrxon nabirasi Muhammad Shohbaxt Dashti Qipchoqda dasht urug’larini birlashtirib, o’z hokimiyatini birlashtirmoqda edi.
Shayboniyxon harbiy harakatlar olib borib markazlashgan davlat tuzish maqsadida goh temuriylar, goh shimoldagi mo’g’ullar bilan ittifoq tuzdi. U 1487-88 yillarda O’tror, Sayram, Yassa (Turkiston), Sig’noq shaharlarini bosib olib, 1499 yilda Movaraunnahr hududlariga jiddiy harbiy harakatlar boshladi.
Mahalliy hukmdorlar o’rtasidagi o’zaro kurashlar avj olgan Samarqand shahrini Shayboniyxon 1500 yilning boshlarida jangsiz egalladi. Dasht urug’lari bir necha oy shaharlarni shafqatsiz talon – taroj qildilar. Bu esa mahalliy feodallar noroziligiga sabab bo’ldi. Bundan foydalangan Temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur o’sha yili (1500 yili) Smarqand taxtini ikki marta egalladi. Ammo mahalliy zadagonlar ko’pchiligi Boburni qo’llab - quvvatlamadilar. 1501 yilning bahorida Bobur Shayboniyxon bilan bo’lgan jangda yengiladi va Samarqandni unga topshiradi.
Dasht Qipchoqliklar qisqa vaqt ichida Buxoro (1500 ), Samarqand (1501), Toshkent (1503 ) , Hisor (1504 ), Urganch (1505 ), Hirot (1507 ) kabi shahar va viloyatlarni egallab, Sharqiy Turkiston chegaralaridan Markaziy Afg’oniston hududlarigacha cho’zilgan yerlarda markazlashgan Shayboniylar davlatiga asos soladilar. Temuriylar davlatidagi siyosiy tarqoqlik, ayrim hukmdoralrning ajralib mustaqillikka intilishi bu davlatlarning yemirilishiga olib kelgan bo’lsa, Shayboniyxon bunday tarqoqlikka chek qo’yib mamlakatning birligini mustahkamlay oldi.
Shayboniyxonning janubga tomon yurishlari Eron shohi Ismol I tomonidan to’xtatildi. 1510 yili Marv atroflarida bo’lgan jangda dasht qo’shinlari tor – mor etildi va Shayboniyxon halok bo’ldi. Eroniylar tomonidan qo’llab - quvvatlangan Bobur 1511 yilda Hisor, Qunduz, Ko’lob, Badaxshon va Samarqandni egallaydi. Ammo 1512 yilda shayboniylardan bo’lgan Ubaydulla Sulton qo’shinlari G’ishduvon yaqinida Bobur va shoh Ismoilning birlashgan kuchlarini mag’lubiyatga uchratdi. Shundan so’ng Bobur avval Qobulda, keyin esa Hindistonda o’z hokimyatini o’rnatdi. Qipchoq qabilalari esa Movaraunnahrda o’rnashib qoldilar.
XV asr oxiri – XVI asr boshlarida Dashti Qipchoq, Movaraunnahrdagi va Xurosondagi ijtimoiy – siyosiy voqealar to’g’risida yozilgan muallifi noma’lum «Tarixi guzidai Nusratnoma», Muhammad Solihning «Shayboniynoma», Boburning «Boburnoma » asarlari muhim manbalar hisoblanadi.
Temuriyzodalar o’rtasidagi o’zaro urushlar, birodarkushliklar nafaqat quyi tabaqa ahlining, balki yirik zadagonlarning ham noroziliklariga sabab bo’ldi. Natijada Amur Temur asos solgan ulkan saltanat tanazzulga yuz tutdi va tugatildi. Temuriylardan keyin hokimyat tepasiga kelgan shayboniylar sulolasi davrida ham markaziy hokimiyat unchalik mustahkam emas edi (bu o’rinda Abdullaxon II hukmronligi davri (1538-1598) birmuncha diqqatga sazovodir.) Bu holat o’sha davr Vatanimiz hududlarining parchalanib, alohida davlatlarga bo’linib ketishi va zaiflashuvi uchun zamin yaratdi.
Muhammad Shayboniy vafotidan so’ng Movaraunnahr va Xurosonda markaziy hokimiyat zaiflashib, amirlar va sultonlar markaziy hokimiyatga bo’ysunmay qo’ydilar. Ubaydulla Sulton 1512 yilda Buxoro hukmdori bo’lgan bo’lsa, 1533 yildan butun markazlashgan o’zbek davlatining Oliy hukmdori etib saylandi. Ubaydullaxon mamlakat poytaxtini Samarqanddan Buxoroga ko’chirdi. Shu davrdan boshlab Buxoro Buxoro xonligi deb atala boshlandi. Ungacha butun Movaraunnahr hududi uch qismga bo’lib bo’lgan edi. Jumladan, 1512 yillarda Qo’qon va Xivani ham Shayboniylar mustaqil boshqara boshladi. Biroq Buxoro mamlakatning markazi bo’lib hisoblangan.
Shaybonilar davrida mamlakatda bir qancha muhim islohotlar o’tkazilgan. Ular quyidagilar:
Davlat boshqaruvida
Ta’limda

Harbiyda
Soliqlar tizimida


Pul islohoti.
Davlat boshqaruvida saroy mansablari doirasida birqancha yangi lavozimlar joriy etildi. Shayboniylar davrida oliy davlat idorasi dargoh deb atalgan. Saroy mansablari mavjud bo’lib, ularning o’z asosiy vazifalari quyidagicha ko’rinishda bo’lgan:
Naqib – davlat ichki va tashqi siyosati masalalarida xonning birinchi maslahatchasi.
Devonbegi – bosh vazir bo’lib, davlat mol –mulklari, soliq, yer – suv masalalari bilan shug’ullangan.
Otaliq – shahzodalarning rahnomalari.
Parvonachi – xon farmonlarini, rasmiy hujjatlarni mas’ul ijrochilarga yetkazgan.
Dodxoh – tushgan arizalarga javob qaytargan.
Ko’kaldosh – milliy xavfsizlik ishlari bilan shug’ullangan.
Xon yasovuli– xon va shahzodalar o’rtasidagi masalalar bilan shug’ullangan.
Eshikog’aboshi – dargoh xavfsizligi va uning tartibiga javobgar bo’lgan.
Shayxulislom – shariat qonunlarining bajarilishi ustidan nazorat qilgan.
Qozikalon – sud ishlariga yetakchilik qilgan va h.k.
Shayboniylar davrida ta’lim bo’yicha islohot o’tkazilgan bo’lib, bu islohotni o’tkazishda amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo’ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha sohalar bo’yicha ilmli, diplomat qobiliyatiga ega bo’lgan amaldorlar zarur edi. Islohotga ko’ra, ko’p bosqichli o’qitish tizimi joriy etildi. Ta’limning quyi bosqichi maktab hisoblandi va bolaga 6 yoshdan ta’lim beriladigan bo’ldi. Maktabda ikki yil o’qigach o’quvchilar madrasaga o’tkazildi. Madrasada uch bosqichli ta’lim joriy etilgan bo’lib, uning har bir bosqichida 8 yildan o’qilardi. Shunday qilib, o’qish 26 yil davom etardi. O’quvchilar ilohiyot ilmidan, hisob–kitobdan, matematikadan, she’r yozish san’atidan ilm olardilar. Albatta, 26 yillik ta’lim olishda hammaning ham imkoni bo’lmas edi.
Shayboniyxon urushda temuriylarni sarosimiga solib qo’yadigan jang usuli – to’lg’amani (ya’ni dushman qo’shinlarining qanotini aylanib o’tib, oradan hujum qilish) ustalik bilan qo’llaydi.
Shayboniylar davrida aholidan 20 turdan ortiq soliq va to’lovlar olinardi. Asosiy soliq sug’oriladigan yerdan olinadigan xiroj bo’lib, daromadning 30% dan 40% gachasini tashqil qilardi. Davlat muassasalari, qo’shin va xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun to’lanadigan soliq ixrojot deb atalardi. Davlat pulga muhtoj bo’lganida favqulodda soliqlar ham joriy etilgan.
Aholi soliq va jarimalardan to’lashdan tashqari, majuriy mehnat majburiyatlarini ham o’tashi kerak edi. Eng og’ir majburiyat yasoq degan majburiyat edi. Bu majburiyat aholini kanallar, zovurlar qazishda, yo’l va ko’priklar qurishda, yet–hashak yig’ishda jalb etishni nazarda tutardi. Buning ustiga, majburiyatlarni o’tashga jalb etilganlar o’z mehnat qurollari bilan ishga kelardilar, o’zlari hisobidan ovqatlanardilar.
Shayboniylar davrida o’tkazilgan pul islohotiga ko’ra, mamlakatning hamma katta shaharlarida vazni bir xil – 5,2 gramm bo’lgan yangi kumush tangalar hamda mis chaqa pullar zarb qilinib muomalaga chiqarildi. Bu islohot iqtisodiyotni tartibga solish va savdo–sotiqni jonlantirish maqsadida o’tkazilgan edi.
Shayboniylar davrida quyidagi yer egaligining quyidagi turlari mavjud bo’lgan:
Iqto
Suyurg’ol

Tanho
Jogir.



Shayboniylar davrida Buxoro va boshqa hududlarda bir qancha me’moriy inshoatlar qurilgan. Ular: Mirarab madrasasi, Masjidi Kalon, Hazrati Qosimshayx xonagohi, Modari xon madrasasi va h.k.
Hamma sulolalarga xos bo’lgan taxt uchun kurash va ichki ziddiyatlar Shayboniylarga ham xos edi. Buning natijasida ularning qarindoshi bo’lgan Ashtarxoniylar 1599 yil Buxoroda hokimiyatni o’z qo’liga oldi. Ular o’z hokimiyatini rasman 1601 yildan e’lon qildi. Ashtarxoniylar davrida mamlakatda taraqqiyot deyarli bo’lmadi. Dunyoviy bilimni o’rganish ikkinchi o’ringa o’tib qoldi, diniy mutaassiblik avj oldi. Lekin ilm–fan taraqqiyoti butunlay to’xtab qolmadi. Ashtarxoniylar davrida Samarqand Registoni shakllandi. Samarqand hokimi Yalangtushbiy Bahodirxon tomonidan 1626 yil Sherdor va Tillakori madrasalari qurildi.
Ashtariyxoniylar ichida ham asta–sekin bilan ziddiyatlar kuchaya boshladi, markaziy hokimiyat zaiflashib qoldi. Ayrim ashtarxoniy hukmdorlari Imomqulixon (1611- 1642), Abdulazizxon ( 1645- 1680), Ubaydullaxon ( 1702 –1711 ) hukmronliklari davrida markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harchand harakat qilmasin, bu harakatlar aytarli natija bermadi. Mahalliy amirlar va sultonlar o’z joylashgan shahar va hududlarida hokimlik qilib, bu hududlarda yirik yer egalari bo’libgina qolmay, butunlay xo’jayin edilar. Ulardan ko’pchiligi o’z guruhi kuchiga tayanib markaziy hokimyat kuchiga deyarli bo’ysunmas edilar. Hukmdorlar esa amrlar va sultonlarning bir – birlari ustiga yurishlaridan ko’p foydalanardilar. Abulfayzxon hukmronligi davrida (1711- 1747) markaziy hokimiyat o’z ahamiyatini yo’qotib bordi, mahalliy urug’ vakillarining mavqei ko’tarildi. Hokimiyat asta – sekinlik bilan mang’itlar qo’liga o’ta boshladi. Bu urug’ vakili bo’lgan Muhammad Rahim 1753 yilda amir unvoni bilan Buxoro taxtiga o’tirdi va o’z hokimiyatini rasman 1756 yil Buxoro amirligi sifatida e’lon qildi. Mang’itlar hokimiyatni 1920 yilgacha idora qildi.
1511 ila mustaqil xonlikka aylangan Xorazmda ashtarxoniylar davrida ancha boshbodoqliklar kuchaygan. Xorazmda hali ham shayboniylar hukmronlik qilar edi. XVIII asrning ikkinchi yarmida Xorazmda mahalliy urug’lardan bo’lgan qo’ng’irotlarning obro’si oshib bordi va ular hokimiyatni Muhammad Inoq boshchiligida o’z qo’llariga ola boshladi. 1770 yildan boshlab Xivada hokimiyatni amalda mahalliy urug’lardan bo’lgan qo’ng’irotlar boshqara boshladi va bu hokimiyat Xiva xonligi deb ataldi. Bu sulola ham 1920 yilgacha Xiva taxtini boshqargan.
Ashtarxoniylar davridagi ichki ziddiyatlar Qo’qonda ming urug’idan bo’lgan Shohruxning 1709 yilda hokimiyatni o’z qo’liga olishiga sabab bo’ldi. Shu davrdan e’tiboran minglar boshchiligidagi mustaqil Qo’qon xonligi tashkil topdi va ular 1873 yilgacha hokimiyatda amal qildi.
Xonliklardagi boshqaruv shakli. Uchala xonlikda boshqaruv shakli deyarli bir xil bo’lgan va quyidagi saroy mansablari amal qilgan:
Qushbegi – bosh vazir (vaziri buzruk) barcha ijroiya hokimiyat uning qo’lida bo’lgan.
Devonbegi – davlatning moliya – xazina ishlarini boshqargan.
Mushrif – xonga inom etilgan buyumlarni va harbiy anjomlarni ro’yxatga olgan.
Parvonachi – xon farmonlarini, rasmiy hujjatlarni mas’ul ijrochilarga yetkazgan.
Dodxoh – tushgan arizalarga javob qaytargan.
Ko’kaldosh – milliy xavfsizlik ishlari bilan shug’ullangan.
Mirshab – tungi shahar soqchilar boshlig’i.
Kitobdor – amir kutubxonasi va barcha viloyatlar kitobdorlari boshlig’i.
Shayxulislom – shariat qonunlarining bajarilishi ustidan nazorat qilgan.
Qozikalon – sud ishlariga yetakchilik qilgan va h.k.
Xonliklarning ma’muri boshqaruvi quyidagicha: viloyatlar –tumanlar – bekliklar. Faqat Xiva xonligida farqli ravishda ikkita noiblik, ya’ni Qiyot–qo’ng’irot va Beshariq bo’lgan.
Xonliklardagi soliq turlari: xiroj, juz’ya,zakot va h.k. Har bir xonlikning o’zining asosiy soliqlari bo’lgan. Masalan, Buxoro amirligida tanobona (bog’–rog’larga solinadigan soliq), Xiva xonligida salg’ut ( yer solig’i), Qo’qon xonligida xiroj (yer solig’i). Ma’lumotlarga qaraganda xonliklarda 20 dan ortiq soliq va to’lov, majburiyatlar bo’lgan turlari bo’lgan.
Xonliklarda yerga egalik qilishning quyidagi ko’rinishlari mavjud bo’lgan: –Davlat yerlari (mulki amlok)
–Mulk yerlari (xususiy yerlar)
–Vaqf yerlar (machit madrasalarga berilgan yerlar).
Xonliklarda davlat ishlari: Buxoro amirligida – yarim forsiy, yarim tojik tilida, Qo’qon xonligi – yarim o’zbek, yarim forsiyda, Xiva xonligida – sof o’zbek tilida olib borilgan.
Xonliklarda madaniy hayot. Tarix ilmi. XVIII – XIX asrlarning birinchi yarmida Buxoro amirligi hududida tarix fani sohasida qator asarlar yaratildi. Bu davr tarixchi olimlaridan biri Abdurahmon Tole’ bo’lib, u tarix ilmiga katta hissa qo’shgan. Uning “Tarixi Abulfayzxon” asari nafaqat Abulfayzxon davri bo’yicha, ayni paytda XVIII asrning birinchi yarmidagi O’rta Osiyoning siyosiy ahvoliga oid qimmatli manba hisoblanadi.
Buxoroning yana bir tarixchi olimi Yaqub ibn amir Doniyol Buxoriy edi. U mang’itlar sulolasi ikkinchi hukmdori Doniyolbiy otaliqning o’g’li edi. U “Gulshan ul–muluk” degan asar yozib qoldirgan. Tarixchi olimlar – Mirzo Haydarning “Tarixi Rashidiy”, Ma’sud ibn Usmon Ko’histoniyning “Tarixi Abulxayrxoniy”, Binoyining “Shayboniynoma”, Fazlulloh ibn Ro’zbehonning “Mehmonnomayi Buxoro” asarlari hali–hamon o’z qimmatini yo’qotgan emas.
Adabiyot. XVIII – XIX asrlarda shoir va yozuvchilardan Sayido Nasafiy, Turdi Farog’iy, Mirzo Bedil, Junaydulloh Hoziq, Gulxaniy, Nodirabegim, Uvaysiy, Munis Xorazmiy va Ogahiylar ijod qildi.
Tibbiyotda Muhammad Husayn as–Samarqandiy tibbiyot va dorishunoslikka oid “Tabiblik dasturulamali” asarini yozgan.
Me’morchilik. Xonliklarning deyarli barchasida madrasalar qurish avj olgan. Olloqulixon, Baroqxon, Dostum madrasalari, Toshhovli saroy, Pahlovon Mahmud maqbaralari shular jumlasidandir.
Shunday qilib, Rossiya bosqini arafasida O’rta Osiy hududida uchta mustaqil xonlik bo’lib, ularda o’zaro iliq munosabatlar bo’lmagan. Bu albatta, keyingi davrlarda chor Rossiyasining bosib olishiga sabab bo’ldi. Biroq har birining o’ziga xos taraqqiyot yo’nalishi bo’lib, ijtimoiy–siyosiy va madaniy hayotda o’z ahamiyatiga ega edi. Chor Rossiyasi bosqini arafasida jahon davlatlari kapilistik bosqichni boshidan o’tkazayotgan bo’lsada, O’rta Osiyo xonliklari hali feodal tuzumda edi. Bu davrda ular jahon bozoridan ancha uzilib qolgan edi.
Download 48,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish