15-savol “Demokratiya eksporti” nima? Uning xavfli jihatlarini yoritib bering


-savol Siyosiy jarayonlarning oshkora va yashirin, ochiq va yopiq, barqaror va o‘zgaruvchan turlari haqidagi fikrlaringiz qanday?



Download 44,12 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2021
Hajmi44,12 Kb.
#66275
1   2   3
Bog'liq
yakuniy siyosatshunoslik

60-savol

Siyosiy jarayonlarning oshkora va yashirin, ochiq va yopiq, barqaror va o‘zgaruvchan turlari haqidagi fikrlaringiz qanday?

Bu savolga javob berishdan oldin siyosat tushunchasiga to‘xtalib ta’rif bersak, siyosat-jamiyat hayotining xilma-xil sohalarida ro‘y beradigan oddiy va murakkab vazifalarni hal qilishga, aniq maqsadlarga erishishga qaratilgan faoliyat va vosita. Siyosat bu ijtimoiy guruhlar va insonning ziddiyatli jamoa manfaatlarini anglash, butun jamiyat uchun majburiy bo‘lgan qarorlarni ishlab chiqish hamda ularni davlat hokimiyati yordamida amalga oshirish faoliyatidir. Mana shu faoliyatni olib borish vaqtida bo‘lib o‘tadigan hodisa va voqealarga siyosiy jarayon deyiladi. Siyosatshunoslikda davlat boshqaruvida bir siyosiy voqelikdan boshqasiga o‘tish davridagi ketadigan vaqt oralig’idagi hodisalar siyosiy jarayon deb ataladi, yoki bunga qo‘shimcha qilib, siyosatning turli subyektlarini ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan vazifasi natijasida, murakkab zanjirli bog’lanish asosida ketma-ket voqe bo‘luvchi siyosiy hodisalar siyosiy jarayonni tashkil qiladi. Siyosiy jarayonlar va uning xususiyatlari to‘g’risida turli xil ta’riflar mavjud. Masalan, Merriam-Vebrster lug’atida siyosiy jarayonga nisbatan quyidagicha ta’rif beriladi:

“Siyosiy jarayon bu odatda ijtimoiy guruhlar va siyosiy institutlar yoki siyosiy yetakchilik va ijtimoiy fikr o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir orqali davlat siyosatining shakllanishi va boshqarilishining jarayonidir. Siyosatshunoslikda esa siyosiy jarayon qanday ta’riflanishini yuqorida aytib o‘tdik. Umuman olganda, siyosiy jarayonlar jamiyat siyosiy hayotining barcha sohalarida ro‘y beradigan voqea- hodisalar va o‘zgarishlardan tashkil topgan.

Siyosiy jarayonlar klassifikatsiyasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, siyosiy jarayonning quyidagi ikki ko‘rinishini aytishimiz mumkin: global, mintaqaviy darajadagi siyosiy jarayon va mamlakat doirasidagi siyosiy jarayon. Bu jarayonlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash ayni paytda siyosiy barqarorlikning mustahkamlanishidir. Siyosiy hokimiyat tashkilotining tizimlilik sifati nuqtayi nazaridan siyosiy jarayonlar ikkita katta turlarga bo‘linadi:

- demokratik;

- nodemokratik.

Elita va elektorat tomonidan o‘z funksiyalarini amalga oshirishning oshkoraligi, davlatning o‘z vakolatlari va funksiyalarini ochiqligi va berkligiga nisbatan siyosiy jarayonlar ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, siyosiy jarayonlar o‘z xarakteriga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:

1. Umumiy siyosiy jarayonlar.

2. Xususiy siyosiy jarayonlar.

Bu siyosiy jarayonlarning oshkora va yashirin, ochiq va yopiq, barqaror va o‘zgaruvchan turlarga bo‘linishi haqida fikr yuritamiz. Davlat boshqaruvida sodir bo‘layotgan siyosiy jarayonlar undagi qanaqa siyosat yuritilayotganiga, ijtimoiy vaziyatiga qarab, oshkora va yashirin, ochiq va yopiq, barqaror va o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Masalan, xalq ommasi uchun tushunarli, aniq siyosiy jarayonlar olib borilishi uchun o‘sha siyosat oshkora va ochiq tarzda bo‘ladi. Bunga misol qilib, davlatning boshqaruv siyosati, tashqi siyosati, ichki siyosatini olish mumkin. Biror bir davlat tashqi muhit uchun o‘z chegaralarini yopib qo‘ysa va barch atashqi aloqalarni uzsa yopiq siyosat olib borgan bo‘ladi va bu siyosat biroz muddatga ijobiy natija berishi mumkin, milliy iqtisodiyotni himoya qilib, ammo bu siyosat o‘zgaruvchan bo‘lishi zarur. Shu siyosatlarning o‘zida, ichida yashirin siyosat olib boriladi, va bunda sodir bo‘ladigan siyosiy jarayonlar sir tutiladi. Bunday tarzda siyosat olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Barqaror va o‘zgaruvchan siyosiy jarayonlar davlat boshqaruvida olib boriladigan siyosatlarning vaqt, muddatiga, ijtimoiy holatiga bog’liq bo‘ladi, ya’ni bazi bir siyosiy jarayonlar jamiyat paydo bo‘lganidan boshlab to shu kungacha va keyin ham davom etadi, o‘zgaruvchan siyosiy jarayonlar esa ma’lum bir muddatda olib borilgan siyosat sababli sodir bo‘ladi. Bularga misol qilib, hozirgi kunda butun dunyoni larzaga solgan tojdorvirus COVID-19, ko‘rinmas yovga qarshi olib borilayotgan biologik urushda butun dunyo davlatlari o‘z ichki siyosatlarida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirishdi, shu bilan birga mamlakatimiz ham. Shu tufayli bir qator siyosiy jarayonlar ham sodir bo‘ldi, ammo bu siyosiy jarayonlar vaqtincha, o‘zgaruvchan bo‘lib, virusga qarshi vaksina topilganidan keyin bu bilan bog’liq siyosatlar tugatiladi, va hozirda sodir bo;lgan siyosiy jarayonlar esda qolarli bo‘lib tarixda qoladi.

Demak, siyosiy jarayonlar o‘z davri, ijtimoiy holati, davr vaziyatiga va davlatning yuritayotgan ichki va tashqi siyosatiga qarab, turli guruhlarga bo‘linar ekan.




Download 44,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish