15. Ms access da ma’lumotlarni berilgan shablon bo‘yicha izlash va qayta ishlash (tarqatma) 1-mashq



Download 187 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi187 Kb.
#354504

15. MS ACCESS DA MA’LUMOTLARNI BERILGAN SHABLON BO‘YICHA IZLASH VA QAYTA ISHLASH (tarqatma)

1-mashq. Guruh o‘quvchilarining (familiyasi, ismi, yashash manzili, telefon raqami, tug‘ilgan yili) ma’lumotlar omborini yaratish va ular ustida izlash va qayta ishlash.

Bajarish:

MS Access 2010 da o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni aytilgan иparametrlari bo‘yicha shakllantiramiz:



Ushbu jadvaldagi ma’lumotlardan “Ali” ismli o‘quvchilar izlash uchun “Ali” ismli yozuvni belgilab, Главнаяmenyusidan Выделение – Равно – Ali ketma-ketligi bajariladi. Natijada dastur jadvaldagi “Ali” ismli o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni qidirib topib beradi. Agar bizga jadvaldan “Ali va Vali” ismli o‘quchilarni izlash so‘ralgan bo‘lsa, o‘quvchilar ismi yozilgan katakchaga chizqonchaning o‘ng tugmasi bosilib, Текстовыйфильтры – Заканчиваетсяна.. ketma-ketligi tanlanadi va Настраиваймыйфильтрqatoriga “Ali or Vali” jumla kiritilib, OK tugmasi tanlanadi.





Natijada quyidagi oynada Ali va Vali ismli o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar hosil bo‘ladi:



Tartiblangan ma’lumotlarni bekor qilish uchun Главнаяmenyusining Фильтрburug‘i tanlanadi.

Shuningdek, MS Access 2010 da ma’lumotlarni so‘rovlar yordamida ham izlash imkoniyati mavjud. Mazkur jarayonni Созданиеmenyusining Конструкторзапросbo‘limi orqali amalga oshirish mumkin. Конструкторзапросyordamida bitta jadvaldan bir nеchta har xil so‘rovlar (jadvallar)ni tashkil qilish mumkin. Har bir so‘rovlar asosiy jadvaldan ma’lumotlarning qandaydir bir qismini ajratib oladi.

So‘rovning ishlashi natijasida asosiy jadvaldan natijaviy jadval hosil bo‘ladi. Bu jadval umumiy ma’lumotdan so‘rovga ta’lluqli qismini o‘z ichiga oladi.

So‘rovning ishlashi jarayonida bеrilganlar tartiblanishi, filtrlanishi, qo‘shilishi, bo‘linishi, o‘zgarishi mumkin va shu bilan bir qatorda jadvallardagi ma’lumotlar o‘zgarmaydi. Bu so‘rovlarning asosiy xossalaridan biri hisoblanadi. So‘rovlarning yana bir xossalaridan biri bu ularning natijaviy hisob-kitob ishlarini bajarishidir.

MS Access 2010 da so‘rovlarning bir nеchta turlari mavjud:

tanlov asosidagi so‘rov, namuna asosidagi so‘rov;

paramеtrli so‘rov;

yuqorida ko‘rsatilgan so‘rovlardan keng tarqalgani – tanlovasosidagi so‘rov.

Bu so‘rovni qo‘llashdan maqsad so‘rov sharti bo‘yicha tasvirlanadigan natijaviy jadvalni hosil qilishdan iborat.



2-mashq. Yuqorida, keltirilgan 1-mashqdagi o‘quvchilar ma’lumotlari omboridan, biror o‘quvchining ismi bo‘yicha qidiring.

Bajarish:

quyidagi ko‘rinishdagi o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar omborihosil qilngan bo‘lsin:


Создание menyusidan Конструкторзапросbo‘limi tanlanadi;

Добавлениетаблицы oynasidan Добавитьtugmasi tanlanadi vaЗакрытьtugmasi orqali oyna yopiladi:



hosil bo‘lgan oynani quyidagi tartibda to‘ldiramiz:



ushbu oynadan qaysi parametr bo‘yicha qidirish kerak bo‘lsa o‘shaustunning Условиеотбораqatori belgilanib, “[ ]” qavs ichiga biror bir jumla kiritiladi. Masalan, o‘quvchilar ismi bo‘yicha izlovchi so‘rov yaratish uchun “Ismi” ustuniga “[Qidirish]” jumlasi kiritiladi, menyudan Выполнитьbuyrug‘i tanlanadi. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:



Bunda biz oynaga qidirmoqchi bo‘lgan o‘quvchining ismi kiritilib, OK tugmasini tanlaymiz. Natijada jadvaldagi “Ali” ismli o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumot hosil bo‘ladi:



YODDA SAQLANG !

MS Access 2010 da ma’lumotlar omboridagi berilgan shablon bo‘yicha izlash va qayta ishlash uchun Главнаяmenyusidan Выделениеbo‘limi tanlanadi.
Download 187 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish