45-47-mavzular
1. Tur paydo bo`lishining usullari to`g`ri keltirilgan javobni belgilang.
1-turlar modifikatsion o`zgarishlar natijasida yuzaga keladi; 2-tur soni o`zgarmagan holda bir tur o`rnini boshq tur egallaydi; 3- ikki turga mansub organizmlar chatishishi natijasida yangi tur hosil bo`ladi 4-belgilarning ajralishi-devergensiya natijasida 5- o`zgarmagan muhit sharoitida hosil bo`ladi
A) 1,2,3 B)2,3,4 C) 3,4,5 D)1,3,5
2. Jigar qurtining quyida berilgan belgilari qaysi tur mezonlarini aks ettiradi?
a) morfologik; b) ekologik.
l. lichinkasi suvdayashaydi; 2.tanasi yassi; 3.parazit hayot kcchiradi; 4.xo’jayin organizm to’qimalari bilan oziqlanadi; 5.og’iz va qorin so’rg’ichlariga ega; 6.hazm sistcmasida og’iz teshigi mavjud.
A)a-1,5; b-3,6 B) a-2,5; b-1,3
C) a-2,4; b-3,5 D) a-2,6; b-1,5
3. Soxta kurakburun haqidai to`g`ri ma’lumotlarni juftlang.
a- tur paydo bo`lishining allopatrik yo`nalishiga misol bo`ladi , b- tur paydo bo`lishining simpatrik yo`nalishiga misol boldi, d- u qadimgi osyotrsimon baliqlarga kiradi, e- karpsimonlar turkumi vakili, f- Unga yaqin bo`lgan tur yer yuzida yo`q, k- unga yaqin bo`lgan turlar Missisipi
daryosida yashaydi, l- endemik tur hisoblanadi, m-noyob tur sifatida muhofaza qilinadi.
A) a,d,k,l,m B) a,b,e,f,l C) b,d,e,f,k D) e,f,k,l,m
4. Mos javoblarni juftlang.
I- allopatrik tur paydo bo`lishi; II- simpatrik tur paydo bo`lishi
1- geografik to`siqlar paydo bo`lishi sabab, 2- reproduktiv to`siqlar paydo bo`lishi bilan boradi; 3- qirg`ovullarning turli kenja turlari hosil bo`lishi misol bo`ladi; 4- tog` vyuroklarining har xil orolda har xil bo`lishi; 5- skerda avlodida 3,4,5,6,7 xromosomali turlar uchrashi ; 6- g`o`za avlodining turli qit’alarda turlicha bo`lishi; 7-yonsuzar qisqichbaqa turkumining bitta ajdodidan 250 ga yaqin tur paydo bo`lishi; 8- olcha va tog`olchaning chatishishidan olxo`rining paydo bo`lishi,9-xromosoma sonining ortishi va kamayishi tufayli yangi turlarning kelib chiqishi
A)I-1,3,5,7:II-2,4,6,8 B) I-2,3,5,6: II-1,4,6,7,8
C)I-1,3,4,6;II-2,5,7,8,9 D) I-4,5,8,9, II-1,2,3,6,7
5. Chittaklarni ularni oziqlari bilan juftlang.
a- katta chittak, b- moskovka chittak, c-lazorevka chittak, d- kokilchali chittak
1-daraxt, butalar po`stlog`idagi mayda hasharotlar bilan; 2- o`simlik urug`lari bilan, 3- yirik hasharotlar bilan, 4- hasharot tuxumlari va qurtlari bilan
A)a-3,b-4,c-1,d-2 B)a-4,b-3,c-2,-1
C) a-1, b-2,c-4,d-3 D) a-2,b-1, c-3, d-4
6.Simpatrik tur paydo bo`lishiga misol keltiring.
1- Lanao ko`lida bitta baliq turidan 18 ta baliq turi
paydo bo`lgan , 2- iloq avlodida 12 tadan 43 tagacha bo`lgan xromosomali turlari uchraydi, 3- umumiy areal doirsida chittakning beshta turi kelib chiqqan, 4- qirg`ovullarning xiva, yettisuv, murg`ob, kvkaz, manjur kenja turlari kelib chiqqan 5- Baykal ko‘lidagi boshqa joyda uchramaydigan molyuskalar,qisqichbaqasimonlar turlari, 6-Amudaryoda yashovchi soxta kurakburun balig`i , 7- xirzitum, barbadanze g`o`za turlari kelib chiqishi
A) 1,3,4,5 B) 2,3,5,6 C) 1, 2, 3,7 D) 3,4,5,6
7. Kuropatkaning moslanishi(a) uning gastrulatsiyasi(b) qanday usulda boradi?
A) maskirovka, qat-qat B) mimikriya , botib kirish
C)ogohlantiruvchi rang
D) himoya rang, qat qat joylashish
Do'stlaringiz bilan baham: |