15-mavzu: Sertifikatlash tizimi rivojlanish sifatida Reja


Oziq-ovqat maxsulotlarini sertifikatlashning milliy tizimi



Download 52,32 Kb.
bet2/4
Sana27.01.2023
Hajmi52,32 Kb.
#904022
1   2   3   4
Bog'liq
Oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlash

Oziq-ovqat maxsulotlarini sertifikatlashning milliy tizimi


O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalari va «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikalashtirish to‘g‘risida»gi qonuni birgina respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlargagina emas, balki chetdan keltirilgan mahsulotlar uchun ham taalluqlidir.
Sertifikatlash milliy tizimining asosiy maqsadi sertifikatlashtirish sohasidagi asosiy atama va tushunchalarning mazmuni, respublikada sertifikatlashtirish jarayonlarini o‘tkazish tartib va qoidalarini belgilash hisoblanadi. Sertifikatlashtirishning asosiy maqsadi esa, inson hayoti va sog‘ligi va atrof-muhitni turli zararli ta’sirlardan saqlash hamda tovarlar o‘zaro almashuvi va muvofiqligi bo‘yicha iste’molchilar manfaatini himoya qilish, xalqaro tijorat ishlarida to‘siqlarni bartaraf etish va milliy mahsulotning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.
Mahsulotlarni sertifikalashtirish bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlangan idoralar tomonidan amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish sinovlarini akkreditlangan sinov laboratoriyalari (markazlari) o‘tkazadi.
Sertifikatlashtirishning vazifalari uning asosiy maqsadidan kelib chiqadi va quyidagilardan iborat:
- inson hayoti va sog‘ligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof-muhit uchun zararli yoki xavfli bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish ustidan qat’iy nazorot o‘rnatish;
- jahon bozorida milliy mahsulot raqobatbardoshligini oshirish;
- milliy va qo‘shma korxonalar hamda tadbirkorlarning xalqaro tijorat ishlarida qatnashishi uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish;
- iste’molchini mahsulot ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, bajaruvchi)ning noinsofligidan himoya qilish;
- iste’molchilarning talablarida ko‘rsatilgan talablarni mahsulot sifati orqali ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasining «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi qonuniga asosan sertifikatlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahamasi tomonidan tasdiqlanadigan majburiy sertifi­katlashtirishdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlarning ro‘yxati va qonun hujjatlari talablari asosida o‘tkaziladi. Sertifikatlashtirish bo‘yicha qonun hujjatlarining asosini O‘zbekiston Respublikasining «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi, «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida»gi, «O‘simliklar karantini to‘g‘risida»gi va «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlar tashkil qiladi va bu qonunlar talablariga ko‘ra mahsulotlar majburiy sertifikatlashtirishdan o‘tkaziladi. Majburiy sertifikatlashtirishni o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish O‘zdavstandart («O‘zstandart» agentligi)ga yoki uning topshirig‘i bo‘yicha majburiy akkreditlashtirilgan holda sertifikatlashtirish bo‘yicha boshqa idoralarga yuklatiladi. Majburiy sertifikatlashtirish sub’yektlari O‘zdavstandart («O‘zstandart» agentligi), sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar, sinov laboratoriyalari (markazlari), tekshirish idoralari va mahsulot tayyorlovchilar (sotuvchilar) hisoblanadi.



  1. Download 52,32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish