15-mavzu: Nutq texnikasi. Nutqqa tayyorgarlik ko‘rish yo‘llari. Stressga qarshi kurash. Reja



Download 247,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana22.06.2022
Hajmi247,94 Kb.
#692027
1   2   3   4   5
Bog'liq
15-ma'ruza

1. Gavdani tutish-
to‘g‘ri tutish(yurishda, o‘tirib turishda), qo‘llarning 
o‘qituvchi stolida erkin holatda bo‘lishi, batartibligi, ixchamligi.
2. Kiyim
- ozodaligi, shinam va bashangligi, kamtarligi, ranglning mos holda 
tanlanishi, kiyimning oshiga va kasbiga mosligi, kiyimni modaga muvofiqligi, 
bijuteriya, taqinchoqlarning ko‘p va kamligi, ishiga mosligi.
3. Pardoz
ning me’ordaligi, oshi, kasbi va ishiga mosigi.
4. Soch turmagi
(sochning ma’lum bir tartibliligi).
5. Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi. 
O‘qituvchining pedagogik 
texnikasi tizimida mimik va pantomimik ifodalari ham muhim o‘rin tutadi. 
Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi, o‘qituvchining imo-ishorasida, 
ma’noli qarashlarida, rag‘batlantiruvchi oki kinoyali tabassumida namoon bo‘ladi 
va ular o‘qituvchi-tarbiyachining pedagogik ta’sir ko‘rsatishida, o‘quvchi-
talabalarga mashg‘ulotlarni ta’sirchan, qiziqarli, samarali va mazmunli o‘tish 
uchun puxta zamin tayorlab beradi.
6.Mimika
-his-hayajonning ifoda etishi, yuz mushaklarining, ma’noli 
harakatlarning so‘zlaotgan nuqtaga gapga mosligi. Mimika- bu o‘z fikrlarini, 
kayfiyati, holati, hissiotini tinglovchi bajaraotgan ishdan roziligi oki norizoligini 
bildirish maqsadida uchun yuz, qosh, ko‘z muskullarini harakatga keltira olish 
san’atidir. Ba’zan yuzning va nigohning ifodasi o‘quvchilarga katta tarbiyaviy 
ta’sir ko‘rsatadi. Mimik harakatlar, ifodalar ma’lumotlarning hissiy ahamiyatini 
kuchaytirib, ularni chuqur o‘zlashtirish uchun imkon yaratadi. O‘quvchi 
pedagogga qarab uning kayfiyatini, munosabatini «o‘qib» oladilar. Shuning uchun 
uydagi ba’zi noxushliklar o‘quv mashg‘ulotlariga ta’sir ko‘rsatadi. Mimik ifodalar 
o‘quvchining o‘quv kayfiyatiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmasligi kerak. Yuz 
ifodasida, mimik belgilarida faqat dars mashg‘ulotlariga xos ta’sirini ko‘rsata 
bilishi talab etiladi. Bu o‘quv - tarbiya topshiriqlarini echish o‘quvchilar ta’limi va 
tarbiyasiga ijobiy yo‘nalish bera oladigan ko‘rinishlarni ifodalashi lozim.
Yuz ifodasi, esa o‘z navbatida nutq va munosabat xarakteriga mos bo‘lishi kerak. 
U ishonch, ma’qullash, ta’qiqlash, norozilik, quvonch, faxrlanish, qiziquvchanlik, 


befarqlik, ikkilanish kabi xususiyatlarda ifodalanishi mumkin. Mimik ifodaning 
asosiy detali sifatida qayd qilinganidek qosh, ko‘z, yuz ko‘rinishi va muskullari 
ishtirok etadi. Ko‘z, qosh, yuz o‘quvchi- talabalar javobidan qoniqish, xursand 
bo‘lish, faxrlanish oki e’tirof, norozilik, qoniqmaslik, xafa bo‘lish va boshqa 
belgilarni ifodalasa, ta’lim oluvchilar diqqatini bo‘lmasdan, boshqalarga xalaqit 
bermasdan ta’lim - tarbiya ishlarini olib borish muvaffaqiyatli kechadi. SHuni ham 
alohida e’tirof etish joizki, mimik ifodalar namoyish qilinaotgan paytda 
o‘qituvchining nigohi o‘quvchi-talabalarga, oki ayrim o‘quvchilarga qaratilgan 
bo‘lishi zarur. Doskaga, eshikka, derazaga, ko‘rgazma qurollarga yoki devorga 
nigoh tashlab mimik ifodalarni namoyish qilishdan qochish lozim.

Download 247,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish