15-mavzu. Mustaqillik yillarida viloyat shaharlari (1991-2021).
Reja.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston shaharlar taraqqiyotining yangi bosqichga ko’tarilishi.
Viloyatlarning ma’muriy markazlari, sanoat shaharlari va Qoraqalpog’iston hududidagi shaharlar.
Shaharsozlikdagi an’anaviylik va zamonaviylik. Ziyorat turizmi masalasi.
Shahar va atrof muhit. Migratsiya jarayonlari.
Tayanch tushunchalar.
O’zbekiston shaharlari, viloyatlarning ma’muriy markazlari, sanoat shaharlari, shaharlarning tuzilishi, ijtimoiy-madaniy infratuzilmasidagi o’zgarishlar, aholisi, sog’liqni saqlash tizimi, ta’lim tizimi, an’anaviylik va zamonaviylik, ziyorat turizmi, atrof muhit, migratsiya jarayonlari.
Asosiy adabiyotlar.
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent, O‘zbekiston, 2017.- 488 b.
“O’zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to’g’risida” O’zbekiston Respublikasining Qonuni. 1996 yil 10 avgust, 276-I-son.
“O’zbekiston Respublikasi tarkibida Navoiy viloyatini qayta tiklash haqida” O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining Qarori. 1992 yil 27 yanvar, 535-XII-son. www.lex.uz.
“Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punkatlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida” O’z. Res. VM qarori.2009 yil 9 mart.// O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami. 2009 yil, 10-11-sonlar.
O’zbekistonning yangi tarixi. 3-kitob. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi. -T., “Sharq”, 2000.
Alimova D. Samarqand tarixi (qadimgi davrlarda bugungi kungacha). -T., ArtFlex, 2009.
Alimova D., Filanovich M.I. Toshkent tarixi (qadimgi davrlarda bugungi kungacha). -T., ArtFlex, 2009.
Ahmedov E. O’zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. -T., 2002.
O’zbekistonda zamonaviy shahar madaniyati. Kollektiv monografiya, (Mas’ul moharrir prof. D.Ziyoyeva), -T., Yangi nashr, 2017.
Aksariyat qiziquvchilarning xabari bo‘lsa ehtimol, rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining aholisi 2018-yil 1-oktabr holatiga 33 mln. kishidan oshdi. Mazkur aholining yarmidan ortig‘i shaharlarga yashaydi. Turli ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda nechta shahar bor degan savol qo‘yilib turlicha javoblar berilgan. Yuqoridagi savollarga aniqlik kiritish maqsadida ushbu maqolaga qo‘l urdik.
O‘zbekistonda aholi punkti shahar maqomini olishi uchun uning aholisi 7 ming va undan ko‘p bo‘lishi, unda istiqomat qilayotgan aholining 2/3 qismi ishchi va xizmatchilar hamda ularning oilasidan iborat bo‘lishi kerak.
Mamlakatimizda shaharlar aholi soniga ko‘ra katta shaharlar, yirik shaharlar va hatto millioner shaharlar deb ataladi. Hozirda respublikamizda 119 ta shahar mavjud. Lekin shuncha shahar borligi haqida aksariyatimiz tasavvurga ega emasmiz.
Ko‘pchilikdan so‘ralsa 20 ta ko‘pi bilan 30 ta shaharlar nomini sanab bera olamiz xolos. Sababi biz ko‘pincha katta shaharlarni yoki yirik shaharlarnigina bilamiz.
Umuman mamlakatimizdagi shaharlar bo‘ysinuviga ko‘ra 3 toifaga:
1. O‘zbekiston Respublikasi bo‘ysinuvidagi;
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘ysinuvidagi;
3. Tuman bo‘ysinuvidagi shaharlarga bo‘linadi.
Mamlakatimiz poytaxti – Toshkent shahri O‘zbekiston Respublikasi bo‘ysinuvidagi yagona shahar hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘ysinuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 30 ming aholisi bo‘lgan, muhim ma’muriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin. Xiva va Shahrisabz shaharlari viloyat bo‘ysinuviga o‘tkazilgan eng yangi shaharlar hisoblanadi (2017-yil). Bu choralar O‘zbekiston hududida joylashgan ushbu qadimgi shaharlarga sayyohlar oqimini sezilarli oshirish imkonini beradi.
Tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 7 ming aholisi bo‘lgan, sanoat korxonalari va rivojlangan infrastrukturasi mavjud aholi punktlari kiritilishi mumkin.
Bulardan tashqari O‘zbekiston aholi punktlari ichida shaharchalar (posyolka) ham bor. Ularning soni mingdan oshadi va bu aholi punktlarida istiqomat qiladiganlar ham shahar aholisi hisoblanadi. Quyida shahar aholi punktlari to‘g‘risidagi ma’lumot hududlar kesimida keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |