15 mavzu. Kukun materiallardan buyumlar tayyorlash



Download 1,21 Mb.
bet3/3
Sana07.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#753923
1   2   3
Bog'liq
Маъруза 15

15.1-rasm. Prokatlash juvalari na kalibrlari:
a — silliq listlar prokatlash jo‘vasi: 1 — bochka; 2 — bo‘yin; 3 — tref;
b — sortli buyumlar jo‘valari: 4 — o‘yiq; v — ochiq kalibr; g —yopiq
kalibr; b — qo‘shtavr balkalarni tayyorlashdagi kalibrlash jo‘valari





15.2-rasm. Prokatlash stanining sxemasi:
1 — elektr dvigatel; 2 — elastik mufta; 3 — reduktor; 4 — kulachokli
mufta; 5 — ish kleti; 6 — shpindellar; 7—tref mufta; 8 — jo‘valar





Metallarni prokatlovchi mashinalarga prokatlash stanlari deyiladi. 15.2-rasmda bo‘ylama prokatlash stanining umumiy ko‘rinishi keltirilgan. Prokatlash stani yukori sifatli po‘lat yoki cho‘yandan tayyorlangan juvalari 8 aylanma xarakatni elektr dvigatel 1 dan elastik mufta 2, reduktor 3, mufta 4, ish kleti 5, shpindellar 6, tref mufta 7 orkali uzatadi. Juvalar ko‘ndalang yo‘nalishda surilish imkoniga ham ega.
15.1-rasm, a, 6 da esa prokatlash stani juvalarining tekis va o‘yiqli xillari keltirilgan. Tekis, silindrik juvalardan polosalar, listlar olishda foydalanilsa, o‘yiqli juvalardan ko‘ndalang ke­sim yuzi turlicha shaklda bo‘lgan mahsulot (sortament)lar olinadi. Agar juvalarni aniq shaklli va o‘lchamli tekis yuzasi uyiqlari qo‘shilsa, kalibr xosil buladi (15.1-rasm, v, g). Zarur temperaturagacha qizdirilgan zagotovkani bir necha bor bo‘ylama prokatlash natijasida qo‘shtavrni olish ketma-ketliklari 15.1-rasm, d da keltirilgan Shuni qayd etish joizki, prokat stanlarining ish kleti juvalar soniga kura ikkita, uchta, to‘rtta, ko‘p juvali va universal xillariga ajrati­ladi.
Ikkita juvali xilida zagotovkalarni juvalarning orasidan siqib utkazib ishlovchi bakuvvat stanlar juvalari bir tomonga aylana­digan va aylanish tomoni uzgaradigan bulib, ularda kuyma pulatlar prokatlanadi Bu ishlovlar takrorlanishi natijasida kundalang kesim

15.3-rasm. Prokatlash stanipimg sxemasi:
/ — elektr dnigatel; 2 — elastik mufta; 3 — reluktor; 4 — kulachokli mufta; 5— ish kleti; 6— shpindellar; 7—tref mufta; 8— juvalar.


yuzi deyarli katta o‘lchamli kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rt burchakli, turli uzunlikdagi blyum yoki slyablar deb ataluvchi zagotovkalar olinadi. Shu boisdan bu stanlar blyuming va slyabinglar deb xam yuritiladi. Uch juvali stanlarda zagotovkalarni prokatlash avvaliga pastki va o‘rta juvalar orasidan o‘tishida siqilib, ezilishi bilan ishlangach, keyin uni o‘rta va ustki juvalar orasidan o‘tishida siqib, ezib ishlanadi. To‘rtta, oltita juvali stanlarda zagotovka o‘rta juvalar bilan prokatlanadi. Ish jarayonida ularning egilmasliklari uchun ustki va pastki katta diametrli tannch juvalar o‘rnatilib, zagotovka xar bir klet juvalaridan ketma-ket o‘tib ishlanadi Bunda zagotovka materiali xossasiga ko‘ra prokatlash tezligi 35—40 m/s ga teng bo‘ladi. Sor­tovoy stanlarga kelsak, ularda zagotovkalar prokatlanib, kesim yuzi turli shaklli (yumaloq, kvadrat, shveller, rels va boshqalar) maxsulotlar olinadi. Shuni qayd etish joizki, kalibrlovchi juvalar uyiqlari zagotovkani deyarli siqib, ezishda asta-sekin o‘lchamlari kichraya borish bilan ishlanmogi lozim

15.3. Zagotovkalarni termik ishlash va yakunlovchi ishlov berish.


Metallurgiya korxonalarida prokatlanuvchi yirik po‘lat zagotovkalar turli shaklli va o‘lchamli quymalar bo‘lib, ular ishlab chiqariluvchi sexlardan prokatlash uchastkalariga uzatiladi. U yerda quduq tipidagi pechlarda zarur temperaturagacha kizdirilgach, kranlar bilan prokat stanining rolgangiga qo‘yiladida, prokatlanadi. Sanoatda prokatlash usullari ichida zagotovkalarning 90 foizi bo‘ylama prokatlanadi.
Bu ishlovda ma’lum temperaturagacha qizdirilgan po‘lat zagotovka­lar prokat stanining o‘qlariga parallel o‘rnatilgan va qarama-qarshi tomonga aylanuvchi juvalarning orasidan bir necha bor siqib, ezib o‘tkazish yuli bilan ishlanadi. Bu ishlovlar natijasida quyma po‘latlardan avvaliga blyumlar, slyablar, keyin ularni tegishli stanlarda kayta prokatlab, turli mahsulotlar (balka, qo‘shtavr, shvel­ler, silindrik gula va boshkalar) olinadi.
15.4. Kukun materiallardan yasalgan detallarga qo‘yiladigan asosiy texnologik talablar.
Detallar devorlari kalinligining keskin fark kilmasligi.
Detallarda pressforma o‘qiga tik uzun va tor ortiqlar, ariqkchalar, o‘tkir burchakli o‘tishlar bo‘lmasligi, yuqori aniqlik detallarning mexanik ishlovlar uchun ma’lum qatlam xisobga olinishi va tashqi, ichki rezbalarni kesib ishlashda ma’lum qatlam ham hisobga olini­shi zarur.
Kukun materiallardan detallar tayyorlash texnologik jarayonini
umumiy tarzda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
1. Kukun materiallari tayyorlash.
2. Kukunlardan kutilgan tarkibli shixta olish .
3. Ma’lum miqdordagi shixtani pressformaga kiritib presslash.
4. Olingan buyumga zarur xossalar berish uchun ularni termik ishlash.
5. Zaruriyatga ko‘ra, masalan, sirpanish podshipniklar, kirya asboblarga qo‘shimcha ishlovlar (g‘ovaklarini moyga to‘ldirish, kalibrlash va boshqalar) berish.
Kukun materiallari tayyorlash. Ma’lumki, turli shaklli va o‘lchamli metallar kukunlarini metallurgiya zavodlarida va kombinatlarda
mexanik, kimyoviy va fizik-kimyoviy usullarda ko‘plab tayyorlanadi.
Turli metallardan mexanik usulda kukunlar tayyorlashda shar tegirmonlardan foydalaniladi. Bunda shar tegirmon barabaniga cho‘yan, po‘lat
yoki qattiq qotishmalar sharlari va kukunga aylantiriladigan qirindilar, mayda material bo‘laklari kiritilib, baraban qopqog‘i berkitiladida, uni o‘z o‘qi atrofida minutiga 3000 martagacha aylantiriladi. Bunda barabandagi sharchalar materialga urilib uni maydalaydi. Xuddi shu maqsadda tebranadigan tegirmonlardan ham foydalaniladi. Metall oksidlaridan metallarni kimyoviy va fizika-kimyoviy usullarda qaytarganda vodorod, uglerod ikki oksidi gazlari (N2,SO) dan foydalanilsa, tuz eritmalaridan ajratishda esa elektroliz usulidan foydalaniladi.
Kukun materiallar o‘lchami, shakli va texnologik xossalari. Metall kukunlarining o‘lchamlariga ko‘ra ularni nihoyatda mayda (don o‘lchami 0,5 mkm gacha), juda mayda (don o‘lchami 0,5— 10 mkm), mayda (don o‘lchami 10—40 mkm oralig‘ida), o‘rtacha (don o‘lchami 40—150 mkm oralig‘ida) va yirik (don o‘lchami 150—500 mkm oraligida) xillarga ajratiladi. Shakliga qarab esa yassi, teng o‘qli va tolali turlarga ajratiladi. Temir kukunlarining masalan, PJ2K, PJ4S va boshqa markalari bo‘ladi. Bu markalardagi shartli belgilar quyidagilarni bildiradi. PJ — temir kukuni (porosh ok jeleznыy), raqamlar kimyoviy tarkibi bo‘yicha guruhlarini, harflar esa kukunlar donadorligini, jumladan, K — yirik (krupnыy), S — o‘rtacha (sredniy), M — mayda (melkiy) degan ma’noni bildiradi. Kukunlarning texnologik xossalariga kelsak, ularga press qolipga kiritiluvchi to‘kma kukun massasi, oquvchanligi, presslanuvchanligi va termik ishlanuvchanliklari kiradi. Agar to‘kma kukun massasi o‘zgarmasa, termik ishlovda kirishuvchanligining doimiyligi ta’minlanadi. Oquvchanligi, ya’ni kukunning press-qolipni to‘ldiruvchanligi kukun o‘lchami kichraygan va namligi ortgan sayin yomonlashadi, shuningdek presslanuvchanligi kukun material plastikligiga, bog‘liq bo‘lib, sirti aktiv moddalar ko‘paygan
sari ortadi. Termik ishlanuvchanligi esa kukun materiallar zarrachalarining birikuvchanligiga bog‘liq. Shuni qayd etish joizki, mahsulot tayyorlash uchun zarur tarkibli kukun aralashma tayyorlashda uning press-qolipda presslanuvchanligini oshirish uchun ma’lum miqdorda parafin, steorin qo‘shilsa, termik ishlanuvchanligini osonlashtirish uchun ma’lum mikdorda oson eriydigan moddalar aralashtiriladi.
Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish