15-mavzu: Ichki ishlar sohasini boshqarish. Ichki ishlar-davlat boshqaruvining obyekti sifatida



Download 15,41 Kb.
Sana28.02.2021
Hajmi15,41 Kb.
#60675
Bog'liq
Ichki Ishlar sohasini boshqarish 15-mavzu(1)


15-mavzu: Ichki ishlar sohasini boshqarish.

1).Ichki ishlar-davlat boshqaruvining obyekti sifatida.

2). Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ichki ishlar sohasidagi vakolatlari.

3).Ichki ishlar sohasini boshqaruvchi davlat organlari va ularning vakolatlari.

1). Ichki ishlar sohasini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuklatilgan

Ichki ishlar vazirligi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

«O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida»gi 1991- yil 25-oktabrda qabul qilingan 270-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

Shuningdek, Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyati Vazirlar Mahkamasining «Ichki ishlar organlarida xizmat o‘tashning Vaqtinchalik nizomini tasdiqlash to‘g‘risida» 1993-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning joylardagi xizmatlari huquqni muhofaza qilish idoralari tizimiga kiradi.

Ichki ishlar vazirligi «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida»gi Nizomga asosan hamda Konstitutsiya va Mustaqillik deklaratsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Respublikamiz Hukumati tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishni kuchaytirish, jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini saqlashni kuchaytirish hamda militsiya xodimlari xavfsizligini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoyalash maqsadida 1990-yil 31-oktabrda O‘zbekiston Respublikasining «Militsiya xodimlarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida»gi qonunining qabul qilinishi davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq ichki ishlar idoralari tizimida ijobiy islohotlarni amalga oshirilganligidan dalolat beradi.

2). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida»

1991-yil 25- oktabrdagi 270-sonli qarori bilan Ichki ishlar vazirligining nizomi va tuzilmasi tasdiqlangan kun munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi 2006-yil 29-noyabr qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning 1-moddasida — 25-oktabrni Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni etib belgilanishi ta’kidlandi. Bu esa, albatta, davlatimiz suvereniteti va xavfsizligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, jinoyatlarning oldini olish, jamoat tartibi va xavfsizligini saqlashda ichki ishlar organlari oldida turgan vazifalarni amalga oshirishga vijdonan, sidqidildan va yanada mas’uliyat bilan yondashishga undaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparati va ichki ishlar organlari xodimlarining soni, shuningdek, ularni saqlashga ajratilgan mablag‘lar miqdori O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Vazirlik markaziy apparatining tuzilmasi, shtatlari, xodimlarining moddiy-texnik va ijtimoiy-maishiy ta’minoti, shuningdek, ichki ishlar organlarining tuzilmasi va shtatlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan, ularning soni va ularni

saqlashga ajratilgan mablag‘lar doirasida belgilanadi. Ichki ishlar organlarining moddiy-texnik va ijtimoiy-maishiy ahvoli Ichki ishlar vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Mehnatga haq to‘lash shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Vazirlikning markaziy apparati va ichki ishlar organlari boshliqlari tarkibiga kiruvchi shaxslar hamda o‘zining shaxsiy, ma’naviy va kasb fazilatlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir xizmatchilar bilan to‘ldiriladi.

3). Vazirlik o‘z huquqi doirasida fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamoat tartibini, jamoat xavfsizligini muhofaza qilishni va jinoyatchilikka qarshi kurashni ta’minlaydi.

Vazirlik o‘ziga yuklatilgan vazifalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar IIB va Toshkent shahar IIBB, transportdagi IIB, tuman va shahar IIBlari bilan bevosita amalga oshiradi.

Vazirlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, transportdagi ichki ishlar boshqarmalari bilan o‘zaro hamkorlikda respublika ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga oid ishlarni olib boradi.

Vazirlik o‘z faoliyatini siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va harakatlaridan mustaqil amalga oshiradi.

Vazirlik chet davlatlarning ichki ishlar organlari, davlat va jamoatchilik institutlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni bitimlar asosida amalga oshiradi.

Vazirlik faoliyatining huquqiy asoslarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Respublika davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan ichki ishlar organlarining faoliyati sohasidagi o‘zaro hamkorlik haqidagi bitimlar, O‘zbekiston

Respublikasi Ichki ishlar vazirligining idoraviy normativ hujjatlari tashkil qiladi.

Vazirlik xodimlari O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida xizmat vazifalarini bajarayotganda o‘z huquqlari doirasida harakat qiladilar va tegishli chet davlatlar qonuniga muvofiq javobgardirlar.

Vazirlik o‘z huquqi doirasida ko‘rsatilgan huquqiy hujjat asosida va ularni bajarish uchun buyruqlar, ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar chiqaradi va qoidalar o‘rnatadi.



Vazirlik vakolatiga kiritilgan masalalarga oid normativ hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ichki ishlar organlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Download 15,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish