Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib, materiya ham mavjud, rux, x.am mavjud degan to‘rtinchi yo‘nalish ~ dualizm eng mukammal falsafiy ok,im degan xulosaga kelamiz. U aynan diniy e’tiqodga muqobil. Insoniyat tarixidagi ko‘plab buyuk olimlar (Arastu, Ibn Sino, Ibn Rushd, Dekart, Leybnis va boshkalar) shu nuqtai nazarni himoya qilgan. Bugum u falsafada yetakchi yo‘nalishni tashkil etadi.
Odam = ruh — jism
Jism — bir shakl, u o‘tkinchi. Shunday ekan, xaqiqiy imon sohibi uchun inson nimadai yaralgan, qanday yaralgan. degan savollar emas, kim yarat-gan va nima uchun yaratgan, degan savollar muhim: o‘zimni Ollohning quli deb bilar ekanman, u meni nimadan va qandey yaratganining nima ahami-yati bor? Jismim yaratilish jarayonida loy — tuproq — nufta — ivigan qon — bitib-bitmagan et kabi bosqichlarni bosib o‘tgani bilan evolyusiya ta’limotiga muvofiq milliardlab yil davomida paydo bo‘lgani bor-yo‘g‘i bir jareyonga ikki tomondan qareshning o‘zi emasmi? Agar tafak-kur ilmiy haqiqatga iitilish yo‘lida evolyusiya ta’limotiga olib kelsa, bundan ko‘e yumish — ojizlik, hatto shu tafakkurni in’om etgan Ollohga nisbatan isyon bo‘lishi mumkin. Holbuki, islomda jismga xiyonat — o‘z joniga tajovuz kechirilmas gunoh. Demak, tafakkurga xiyonat ham shu qadar gunoh bo‘lishi kerak.
Bir vaktlar Yer yapaloq deb o‘ylaganlar, keyin Yer olamning markazi deb bilganlar, bugun xam moviy osmonni shishadan deb hisoblaydigan-lar uchraydi. Ilm taraqqiyoti bu tasavvurlar noto‘g‘ri ekanini ko‘rsatdi. Lekin bu bilan imonga putur yetgani yo‘h. Shu kebi evolyusiya talimoti ob’ektiv qonuniyatni eks ettirar ekan, inson imonini faqat mustah-kamlashi lozim, xolos. Zero, materiyani Tangri yaratgan va u Yara-tuvchisining krnunlariga bo‘ysunadi. Borlikning qonunlarga bo‘ysu-nishi esa Yaratuvchining irodasiga bo‘ysunish demak. Bu qonunlar-ning go‘zal va mukammalligi dinga qershi dalil emas, balki Ollox, borligi, birligi va buyukligiga dalildir. Shunday qonunlar ti-rik mavjudotlar dunyosida xam amal qiladi. Ulardan biri Darvin ochishga muvaffak bo‘lgan evolyusiya nazariyasidir.
"Odamning quyiroq rivojlangan shakldan kelib chiqishi" hak^dagi Darvin xulosasi bilan avval odamning ruhi yaratilib, so‘ng unga surat be-rilgani haqidagi oyat o‘rtasida farq emas, balki mutanosiblik ko‘ra-mieki, har ikkisida ham odamning jismi shaklligi qayd etilmokda. Haqiqatan ham, "odam" tushunchasining mazmuni — ruh.
Odamzodning loy, yani kimyoviy elementlardan yaratilishi — evolyusiya jarayonida yo‘l-yo‘lakay turli shakllarni, jumladan, quyiroq maxlu-qot qiefasini bosib o‘tishi ilmiy haqiqat ekan, demak, bu Ollohning irodasi va qudrati deb tan olinishi lozim.
Muhim bo‘lmasa-da, yana bir bahsli nuqta — odam xokdan kulol ko‘za yasaganiday emas, balki evolyusiya orqali yaratilgani uni tahqirlashi haqidagi masala. Bu sof ehtiros tuyg‘usi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ja-vob ham shu yo‘sinda bo‘lishi joiz. Shunday qilib, Mirzo Abdulqodir Be-dil aytganidek «odam maymundan kelib chiqqan» ham bo‘lsin. Bu insoniyat-ni haqoratleydimi? Maymun qam Ollohning maxluqi, nasibasiga yarasha rizqini terib yurgan jonivor. Masalan, gorilla o‘t-o‘lanlar va xasharot-lar bilan tirikchilik qiladi. Bo‘yi 2 metr, o‘zini sherdan x^moya qilishga kuchi yetadi. Lekin tajovuzkorlikdan yiroq, birovga tuxd1at qilmaydi, yolg‘on so‘zlamaydi, umuman, gunohdan forig‘. Islom dunyosi olimlari o‘rtasida jonli va jonsiz materiyaning harakati Ollox^a tasbih yea tashakkur ay-tishdan iborat degan g‘oya mavjud. ("Daxr gulshanida qar giyoxu yaproq— se-ning hamdingga eokir va sipexr anjumanida har harfu avroq — sening ne’matingga shokir", deydi hazrat Navoiy bu hakda "Munojot"ida.) Bu qonuniyatdan faqat odamzod mustasno (maymun emas!) — insonga ong va tafakkur berilganki, u hayot Olloh ne’mati ekanini fahmlashi va xayr-li ishlar bilan ruhini tarbiyalashi lozim. Aks holda odam shu qadar tuban ketishi mumkinki, maymun-ku — maymun, uni chayondan kelib chiqqan desa — chayon zoti, itdan desa — it zoti o‘zini haqoratlangan hisoblashga xaqli bo‘ladi. Dalil tarzida bir misol: "Ayrimlardan... terisini shi-lib olishar, tanalarini esa itlarga tashlashar edi. Boshqalarning qo‘l va oyoqlarini chopib, o‘zlarini katta ko‘chaga irg‘itishardi, tipirchilagan ja-sadlar arava g‘ildiraklari va ot tuyoqlari ostida qolardi. Ko‘plarini tiriklayin ko‘mishardi. Bir qism go‘daklarni ona ko‘kragida o‘ldirishar, boshqalarini balikday yirib tashlashardi. Homilador ayollarning xripni yorib, xali tug‘ilmagan bolalarini sug‘urib olishar va yuzlariga uloq-tirishar edi. Ba’zilarining qornini tilib ichiga mushuk tiqishar, uni olib tashlayolmasligi uchun qo‘llarini chopishar edi..." Bu — XVII asrda Yevropadagi yurtlardan birida bo‘lgan qirg‘inbarotni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan kishining yozib qoldirgani {"Novыy mir", 1999 yil, 5-son). Ishonmayin desangiz, bu kabi vahshiylik namunalari boshqa qitalarda, boshqa esr-larda, ayniqsa, XXasrdaxam bo‘lganiyaxshi ma’lum. Xudoga hamdlar bo‘lsin-ki, o‘z hayotini ezgulik uchun fido qilgan va qilayotgan insonlar bor va bu odam jinsiga mansub ekanliginga yupanch beradi.
Demak, nimadan kelib chiqqani, kanday yaratilgani emas, odamni ruh odamga aylantiradi. Yaratilish onida ruhga ilohiylik xos bo‘lgan. Tarix davomida navbati bilan uning jismi yaratiladi, ona qornida o‘sish dav-rida shakliga mazmun — ruh inadi va vakti-soati kelib jism-ruh maj-muidan iborat ODAM tug‘iladi. (Hali ruhi toza qog‘ozday chaqaloqqa bo-qib, ilohiy nurni ilg‘ash mumkin.) Inson yashay boshlaydi. Jism tuproq-dan yaratilgani uchun nafsga muhtoj. Ikkinchi tomondan, xuddi shu sabab — tuprokdan yaratilgani uchun odam shaytonning Ollohga muxolifati ob’ektiga aylangan. Ya’ni, odam ohanraboning ikki qutbi orasidagi zar-ra kabi sinov maydoniga tushadi. Ato etilgan umr mobaynida u ruhini yuksaltirish imkoniyatiga ega. Buning uchun nafsni yengishi, shayton vas-vasasiga qarshi kurashmog‘i lozim. Lekin shayton ham anoyi emas, o‘z maqsadiga erishish — inson ruhini tubanlikka tortish uchun uning eng ojiz jihati — nafsi orqali harakat qiladi. Umr tugagan paytda ruh muayyan evolyusiyani bosib o‘tgan — yuksalgan yoki tubanlashgan bo‘ladi. O‘lim oniga kelib ruh jismdan ajraladi. Keyin jism tuproqqa aylaiadi (mo‘miyolangan jasadham baribirtuproq), ruhesa Yaratuvchi hukmiga qavola bo‘ladi ("Yosin" surasining so‘nggi oyatlari). Shu bilan birga, odamning ruhi hali xayot bo‘lgan qarindosh va tanishlariga, ko‘p holda jamiyatga, ayrim hollarda esa butun insoniyatga ta’sir etishda davom etadi.
Tarixga nisbatan bir sonmyachalik ham bo‘lmagan umr mobaynida ruh eri-shishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar bor«i, bular — mutlaq haqiqat, yani Ollohga yetishuv {masalan, Mansur Xalloj kabi) yoki shayton xizmatiga o‘tish (Faust kabi). Payg‘ambarimiz Muhammad alayxlssalom insoniyatga birinchi yo‘lga chorlovchi ta’limotni hadya etgan. Buni anglab yetgan mash-hur tasavvuf shayxlari Alisher Navoiyning "Qush tili" dostonidagi Xud-hud singari ruhni haqiqat sari yetaklash namunalarini ko‘rsatgan.
Lekin kim qaysi yo‘ldan yuradi, qanday yo‘lni bosib o‘tadi? Insoniyatning asl
tarixi — mana shu.
Do'stlaringiz bilan baham: |