15-Mavzu: Adaptiv va optimal boshqarish tizimlari
1.
Intelektual boshqarish tizimlari
2.
Optimal boshqarish tizimlari
Adaptiv boshqarish tizimlari.
Adaptiv tizim - bu tashqi sharoitni oldingan kutilmagan o’zgarishida
o’zining parametrlarini avtomatik tarzda o’zgartira oladigan tizimdir. Bu tizim o’z
holati yoki xarakatini tahlil qilish asosida, ishlash sifatini saqlagan holda
o’zgartirishlar qiladi. Masalan avtouchish tizimi, haydovchisiz boshqariladigan
avtotizimlar shunday tizimlardir(1.21 rasm)
Lotincha adaptio- moslashuvchan ma’nosini anglatadi, shuning uchun
adaptiv tizimlar
moshlashuvchan boshqarish tizimlari
deb yuritiladi. Yana
tizim
o’z parametrlarini o’zgartira olish xususiyatiga ko’ra
o’z-o’zini sozlovchi tizimlar
deb ham yuritiladi.
Optimal boshqarish tizimlari.
Optimal boshqarish tizimlari - tanlangan mezon bo’yicha boshqaruv
ta’siriga va holat o’zgaruvchilariga qo’yilgan cheklashlar sharoitida
eng yaxshi
sifat ko’rsatkichni ta’minlovchi tizimdir.
Masalaning to’g’ri qoyilishi ya’ni sifat me’zonini va chegaralovchi
shartlarni to’g’ri tanlash optimal boshqarish masalalarda juda muhim hisoblanadi.
Masalaning qo’yilishida tizimning amaliy talablari e’tiborga
olinishi va u
optimallik me’zonida yaxshi shakllangan bo’lishi kerak. Yana chegaralovchi
shartlar etarlicha to’liq sonda berilishi kerak. Optimallik me’zonlari
masalan,
quyidagi korsatkichlar bo’yicha bo’lishi mumkin: dinamik aniqlik, teminal aniqlik,
energiya sarfi ko’rsatkichi, yoqilgi sarfi ko’rsatkichi, tezkorlik ko’rsatkichi(vaqt
sarfi). Bularning har biri tizimning bir tomonlama sifat ko’rsatkichini baholaydi.
Odatda
amalda
ular
bittadan
ishlatilmaydi,
ularning
bir
nechasining
kombinatsiyalari foydalaniladi.
Uchish apparati uchun quyidagi optillash masalalari ko’riladi:
uchish
apparatini fazoning belgilangan nuqtasiga minimal vaqtda etkazish,
maksimal
uzoqlikka uchirish, maksimal balandlikka uchirish, dvigatelni optimal boshqarish,
minimal vaqtda berilgan burchakka burish, energiyani minimal sarflab T vaqt ichida
burchakka burish, berilgan yoqilgi bilan ko’rsatilgan masofani bosib o’tish va h.k.
Boshqarish tizimlarining umumiy blok-sxemasi 1.23-rasmda
ko’rsatilgan.( A-axborot, D-dasturlagich, R-rostlagich, BQ- boshqarish qurilmasi,
f-tashqi ta’sir)
1.23-rasm. Optimal boshqarish tizimi umumiy blok-sxemasi.
Optimal boshqarish tizimi ham dasturlash vositasiga ega. Chunki, qo’yilgan
optimallashtirish masalasi tizim ish faoliyati davrida
avtomatik hal etilishi kerak,
bu esa faqat dasturiy vositalar orqali hal etiladi.
Dasturiy boshqarish tizimlari bilan optimal boshqarish tizimlari o’rtasidagi
farq, dasturiy boshqarish tizimlarida optimallashtirish masalasini yechish
algoritmlari mavjud emas, ularda murakkab matematik operatsiyalar bajarilmaydi.
Nazorat savollari
:
1.
Avtomatik boshqarishning qanday asosiy ko‘rinishlari bor?
2.
Kuzatuvchi tizimlarga qanday tizimlar kiradi?
3.
Optimal boshqarish nima?
4.
Adaptiv tizimlar nimadan iborat?
5.
Rostlashning asosiy qonunlari qanday?