15-ma’ruza. Mavzu: neft va gazlarni tashishga tayyorlash



Download 181,88 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi181,88 Kb.
#234446
Bog'liq
neft gazni tashishga tayyorlash



15-MA’RUZA. 

MAVZU: NEFT VA GAZLARNI TASHISHGA TAYYORLASH. 

Neft konlarini ishlatishning boshlang’ich vaqti neft mahsulotlarini 

fovvorali quduqlardan suvsiz olish bilan xarakterlanadi. Lekin vaqt o’tishi 

bilan qatlamdan mahsulot bilan birga suv ham chiqa boshlanadi suvning 

miqdori  boshida  kam  keyinchalik  esa  ortib  boradi.  Hamma  neftning 

taхminan 60-75 % suv bosgan holatda olinadi.  

Neftning  qatlam  suvlari  bilan  aralashishi  emulsiya  hosil  qiladi. 

Bunga  e’rimaydigan  ikkita  suyuqlik  (neft  va  suv)ning  meхanik 

aralashmasi sifatida qarash kerak bo’ladi, bulardan bittasi ikkinchisining 

hajmida har xil o’lchamdagi tomchi ko’rinishida tarqaladi. Neft tarkibida 

suvning  bo’lishi  tashilayotgan  suyuqlik  hajmi  va  qovushqoqligining 

ortishiga  shu  bilan  birga  mahsulot  tashish  tannarхining  oshib  ketishiga 

olib  keladi.  Undan  tashqari  neftni  qayta  ishlash  zavodlari  ishlab 

chiqarayotgan  mahsulotlarining  sifati,  ular  hom  ash’yo  sifatida 

ishlatayotgan neft mahsulotining sifatiga bog’liq bo’ladi. Bu va shunga 

o’хshash  bir  qancha  sabablar  mavjudligi  uchun  neftni  tashishga 

tayyorlash lozim. Neftni tashishga tayyorlash quyidagilardan iborat: 

1)  suvsizlantirish;  2)  tuzlardan  tozalash;  3)  to’liq  va  qisman 

gazsizlantirish.    

Neftni  tashishga  tayyorlash  sifati  davlat  standartlarida  keltirilagan 

bo’lib, ularga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagi jadvalda keltirilgan:  

 

 




11-jadval                      

Ko’rsatgichlar 

Neft guruhlari 



II 

III 

Tarkibidagi suv miqdori  

(gacha) 

0,5 


Хlorli tuzlar miqdori  



(mg/l gacha) 

100 


300 

1800 


Meхanik aralashmalar miqdori % gacha 

 

0,05 



0,05 

0,05 


Neft haroratidagi to’yingan bug’lari bosimi (Pa

66 650 


66 650 

66 650 


    

Konlardan  olinayotgan  tabiiy  gaz  tarkibida  quyidagi  aralashmalar 

mavjud bo’ladi: qattiq bo’lakchalar (qum va zang), og’ir uglevodorodlar 

kondensati,  suv  bug’lari  va  ko’pincha  oltingugurtvodorodi,  korbanat 

angidrid  gazi  va  inert  gazlar.  Gaz  tarkibida  qattiq  aralashmalarning 

bo’lishi,  gaz  bilan  ta’sirlashuvchi  kompressor  detallarining  tez 

yimirilishiga  olib  keladi.  Bu  aralashmalar  magistral  gaz  quvuri 

armaturalari  va  nazorat-o’lchash  asboblarini  ifloslaydi  va  tez  ishdan 

chiqaradi,  quvurning  alohidagi  qismlarida  to’planib  qolib  uning 

ko’ndalang  kesim  yuzasini  toraytiradi,  gazyoquvchi  qurilmalar  ish 

faoliyatini  pasaytiradi.  Suyuq  bo’lakchalar  quvurning  pasaygan 

qismlariga  o’tirib  qolishi  natijasida,  uning  ko’ndalang  kesim  yuzani 

kamaytiradi.  Bundan  tashqari  ular  quvur,  armatura  va  jixozlarga  

korrozion  ta’sir  o’tqazadi.  Namgarchilik  esa  ma’lum  sharoitlarda  qattiq 

kristall  ko’rinishida  quvurga  cho’kib  gidratlarning  hosil  bo’lishiga  olib 

keladi. Gidrat tiqinlari esa quvurni to’liq qoplab olishi mumkin.  

Oltingugurtvodorodi - o’ta zararli aralashma. Ishchi hududning 1 litr 

havosi tarkibida 0,01 mg oltingugurvodorodi mavjud bo’lsa, u zaharli deb 

hisoblanadi.  Namgarchilik  mavjud  bo’lganda  oltingugurvodorodi 

metalining  kuchli  korroziyasini  keltirib  chiqaradi.  Shuning  uchun  gaz 




magistral 

quvurga 


haydashidan 

oldin 


quritilgan 

va 


zararli 

aralashmalardan  tozalangan  bo’lishi  shart.  Bundan  tashqari  gaz 

odorizasiyalanadi,  ya’ni  uning  tarkibiga  o’tkir  va  yoqimsiz  hidli 

komponentlar  kiritiladi.  Odorizasiya  qilish  gazning  oqib  chiqayotgan 

joylarini tez aniqlash imkonini yaratadi.  

Gazni  haydashga  tayyorlash,  gaz  quvurining  boshlang’ich 

qurilmalari  tarkibiga  kiruvchi  mahsus  qurilmalarda  amalga  oshiriladi. 

Gaz haydashga tayyor bo’lganda soha standartidagi tabiiy gazga bo’lgan 



talablarga javob berishi shart.             

Download 181,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish