15-MA’RUZA.
MAVZU: NEFT VA GAZLARNI TASHISHGA TAYYORLASH.
Neft konlarini ishlatishning boshlang’ich vaqti neft mahsulotlarini
fovvorali quduqlardan suvsiz olish bilan xarakterlanadi. Lekin vaqt o’tishi
bilan qatlamdan mahsulot bilan birga suv ham chiqa boshlanadi suvning
miqdori boshida kam keyinchalik esa ortib boradi. Hamma neftning
taхminan 60-75 % suv bosgan holatda olinadi.
Neftning qatlam suvlari bilan aralashishi emulsiya hosil qiladi.
Bunga e’rimaydigan ikkita suyuqlik (neft va suv)ning meхanik
aralashmasi sifatida qarash kerak bo’ladi, bulardan bittasi ikkinchisining
hajmida har xil o’lchamdagi tomchi ko’rinishida tarqaladi. Neft tarkibida
suvning bo’lishi tashilayotgan suyuqlik hajmi va qovushqoqligining
ortishiga shu bilan birga mahsulot tashish tannarхining oshib ketishiga
olib keladi. Undan tashqari neftni qayta ishlash zavodlari ishlab
chiqarayotgan mahsulotlarining sifati, ular hom ash’yo sifatida
ishlatayotgan neft mahsulotining sifatiga bog’liq bo’ladi. Bu va shunga
o’хshash bir qancha sabablar mavjudligi uchun neftni tashishga
tayyorlash lozim. Neftni tashishga tayyorlash quyidagilardan iborat:
1) suvsizlantirish; 2) tuzlardan tozalash; 3) to’liq va qisman
gazsizlantirish.
Neftni tashishga tayyorlash sifati davlat standartlarida keltirilagan
bo’lib, ularga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagi jadvalda keltirilgan:
11-jadval
Ko’rsatgichlar
Neft guruhlari
I
II
III
Tarkibidagi suv miqdori
(% gacha)
0,5
1
1
Хlorli tuzlar miqdori
(
mg/l gacha)
100
300
1800
Meхanik
aralashmalar miqdori % gacha
0,05
0,05
0,05
Neft haroratidagi to’yingan bug’lari bosimi (
Pa)
66 650
66 650
66 650
Konlardan olinayotgan tabiiy gaz tarkibida quyidagi aralashmalar
mavjud bo’ladi: qattiq bo’lakchalar (qum va zang), og’ir uglevodorodlar
kondensati, suv bug’lari va ko’pincha oltingugurtvodorodi, korbanat
angidrid gazi va inert gazlar. Gaz tarkibida qattiq aralashmalarning
bo’lishi, gaz bilan ta’sirlashuvchi kompressor detallarining tez
yimirilishiga olib keladi. Bu aralashmalar magistral gaz quvuri
armaturalari va nazorat-o’lchash asboblarini ifloslaydi va tez ishdan
chiqaradi, quvurning alohidagi qismlarida to’planib qolib uning
ko’ndalang kesim yuzasini toraytiradi, gazyoquvchi qurilmalar ish
faoliyatini pasaytiradi. Suyuq bo’lakchalar quvurning pasaygan
qismlariga o’tirib qolishi natijasida, uning ko’ndalang kesim yuzani
kamaytiradi. Bundan tashqari ular quvur, armatura va jixozlarga
korrozion ta’sir o’tqazadi. Namgarchilik esa ma’lum sharoitlarda qattiq
kristall ko’rinishida quvurga cho’kib gidratlarning hosil bo’lishiga olib
keladi. Gidrat tiqinlari esa quvurni to’liq qoplab olishi mumkin.
Oltingugurtvodorodi - o’ta zararli aralashma. Ishchi hududning 1 litr
havosi tarkibida 0,01 mg oltingugurvodorodi mavjud bo’lsa, u zaharli deb
hisoblanadi. Namgarchilik mavjud bo’lganda oltingugurvodorodi
metalining kuchli korroziyasini keltirib chiqaradi. Shuning uchun gaz
magistral
quvurga
haydashidan
oldin
quritilgan
va
zararli
aralashmalardan tozalangan bo’lishi shart. Bundan tashqari gaz
odorizasiyalanadi, ya’ni uning tarkibiga o’tkir va yoqimsiz hidli
komponentlar kiritiladi. Odorizasiya qilish gazning oqib chiqayotgan
joylarini tez aniqlash imkonini yaratadi.
Gazni haydashga tayyorlash, gaz quvurining boshlang’ich
qurilmalari tarkibiga kiruvchi mahsus qurilmalarda amalga oshiriladi.
Gaz haydashga tayyor bo’lganda soha standartidagi tabiiy gazga bo’lgan
talablarga javob berishi shart.