Boshqaruv nizomlar (qoidalar) Shu bilan birga bu seriyadagi standartlar bilan ishlashni osonlashtirish maqsadida maxsulotni sifatini ta’minlash soxasida uch xil tilda (ingliz, fransuz va rus tilida) terminlar bo‘yicha lug‘at ishlab chiqildi (ISO 8402).
ISO 9000 seriyasidagi standartlarni nomidan ko‘rinib turibdiki, maxsulot sifatni ta’minlash tizimini ishlab chiqarishiga qabul qilgan korxonalar maxsulotning xayot siklining barcha etaplarida loyixalashtirishdan to undan foydalangunga qadar uz ichiga oladi.
ISO tashkiloti mamlakatlarda sertifikatlashtirish tizimini yaratish va u qayerlarda mavjud bo‘lmasa bu bo‘yicha reja asosida uslubiy yordam qilib kelmoqda. ISO sertifikatlashtirish sohasida MEK bilan hamkorlikda ko‘plab qo‘llanmalar va tavsiyalar ishlab chiqmoqda. Sertifikatlashtirish sohasida asos bo‘luvchi ISO/MEK 28 “Uchinchi tomon mahsulotni sertifikatlashtirish tizimi namunaviy umumiy qoidalari” qo‘llanma milliy sertifikatlashtirish tizimini yaratish bo‘yicha tavsiya sifatida foydalanilmoqda.
Xalqaro miqyosda ISO seriyadagi standartlar ichida asosan ISO 9001 axamiyatliroqdir.
ISO 9001 - sifat tizimi. Loyihalashtirishida, ishlab chiqishda ishlab chiqarishda, montaj ishlarida va xizmat ko‘rsatishda sifatni ta’minlash modeli. Bu standart 20 ta asosiy talablarni o‘z ichiga oladi.
Bu talablar esa korxonada sifat tizimini yaratishdan tortib, uni qanday ishlayotgani va yakuniy xolatda ishlab chikarayotgan maxsulotni belgilangan talablarga javob berishini ta’minlaydi.
Majburiy hujjatlashtirilgan protseduralar va ular O‘z DSt ISO 9001 standartining quyidagi bandlari talablarga muvofiqligi bo‘yicha tekshirish olib boriladi.
- hujjatlarni boshqarish - 4.2.3;
- yozuvlarni boshqarish - 4.2.4;
- ichki auditlar - 8.2.2;
- nomuvofiq mahsulotlarni boshqarish - 8.3;
- to‘g‘rilovchi amallar - 8.5.2;
- oldini oluvchi amallar - 8.5.3.
Sertifkatlashtirish idorasi sifat sohasidagi siyosat va sifat sohasidagi maqsadlarni O‘z DSt ISO 9001 standartining 5.3 va 5.4.1 bandlari talablariga muvofiqligini tekshirishi shart.
Sertifikatlashtirish idorasi tomonidan korxonaning sifat bo‘yicha qo‘llanmasini O‘z DSt ISO 9001 standartining 4.2.2 talabiga muvofiqligi tekshirilib va sifat bo‘yicha qo‘llanma standart ko‘rinishida, hamda minimal zaruriy hajmda ekanligi ko‘rib chiqiladi.
Nazorat savollari Xalqaro ISO 9000 seriyadagi standartlar to‘g‘risida nimani bilasiz?
Xalqaro ISO 9000 deb atalishiga sabab nima?
Xalqaro ISO 9001 seriyadagi standart nimani bildiradi?
Xalqaro ISO 9002 seriyadagi standart nimani bildiradi?
Xalqaro ISO 9003 seriyadagi standart nimani bildiradi?