15-dars
Kompyuterning dasturiy ta’minoti
Kompyuter axborotni qayta ishlashi uchun unga ishini qanday va qay tartibda bajarishini aniq va ravshan ko’rsatish lozim bo’ladi.Bu kabi “tushuntirish” dastur ko’rinishida amalgam oshirilib,u axborotni qayta ishlash uchun zarur bo’lgan barcha amallarni keraklicha to’liq va ravshan ko’rsatadi.
Kompyuterning dasturiy ta’minoti- bu kompyuterda ishlatiladigan dasturlar majmuasidir.
Dasturli ta’minot kompyuterni boshqarishdan tashqari axborotni to’plash,qayta ishlash, saqlash va uzatish bilan bog’liq barcha amal- larning bajarilishini ta’minlaydi.
Zamonaviy kompyuterning dasturli ta’minoti ancha katta hajmli va turli-tuman bo’lgani sababli,uning asosiy qismi tezkor xotirada saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |