Elektr energiya juda ko‘p iste’mol qilinadigan joylarda elektr stansiyalar boshqa joylardan keltiriladigan yoqilg‘iga mo‘ljallab quriladi. IESlarning juda ulkanlari boshqa viloyatlarni ham elektr bilan ta’minlaydi. Birgina Sirdaryo IESning o‘zi yiliga 13 mlrd kW·h elektr energiya beradi. Istiqlol yillarida Qashqa daryo viloyatida Talimarjon IESining 800 MWli birinchi blokining ishga tushirilishi tizimdagi ulkan loyihalardan biri sifatida e’tirof etildi Ko‘pchilik IESlar elektr ener giya bilan bir vaqtda issiqlik energiyasi ham ishlab chiqaradi. Bir vaqtda issiqlik ener giyasi ham ishlab chiqaradigan elektr stansiya issiqlik elektr markazi (IEM) deb ataladi

Ularda elektr energiya ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘l gan issiq suvdan issiqxonalarni, binolarni isitishda va boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlarida foydalaniladi. Lekin issiq suv 20 km dan olis masofada sovib qoladi. Shu sababli IEMlar yirik korxonalar yaqinida va yirik shaharlardagina quriladi. O‘zbekistonda Farg‘ona, Muborak va Toshkent IEMlari mavjud. Gidroelektrostansiyalar(GES)da ener giya ishlab chiqarish tabiiy suv oqimi kuchiga asoslanadi. GESlar ishlab chiqargan elektr energiyaning tannarxi arzon bo‘ladi (quvvati teng bo‘lgan IESlardagidan 4 barobar arzon). Tog‘ daryolariga qurilgan GESlarda eng arzon elektr energiya ishlab chiqarilmoqda. O‘zbekistonda suv quvvati manbalarining mavjudligi va ayni vaqtda issiqlik elektr stansiyasida ishlatishga yoqilg‘i bo‘lmaganidan dastlab, asosan, GESlar qurilgan. Mamla katimizda birinchi GES 1926-yili Bo‘zsuv kanalida qurildi. Keyinchalik qurilgan Xishrav, Tuyamo‘yin, Farhod, Xo‘jakent GESlari mam lakat sanoatining rivojlanishida mu him ahamiyat kasb etgan. O‘zbekistonda GES qurish bilan bir yo‘la elektrenergiya ishlab chiqarish, yerlarni sug‘orish, xo‘jaliklarni suv bilan ta’ minlash, baliqchilikni rivojlantirish imkoniyatlari yaraladi
Ularda elektr energiya ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘l gan issiq suvdan issiqxonalarni, binolarni isitishda va boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlarida foydalaniladi. Lekin issiq suv 20 km dan olis masofada sovib qoladi. Shu sababli IEMlar yirik korxonalar yaqinida va yirik shaharlardagina quriladi. O‘zbekistonda Farg‘ona, Muborak va Toshkent IEMlari mavjud. Gidroelektrostansiyalar (GES)da ener giya ishlab chiqarish tabiiy suv oqimi kuchiga asoslanadi. GESlar ishlab chiqargan elektr energiyaning tannarxi arzon bo‘ladi (quvvati teng bo‘lgan IESlardagidan 4 barobar arzon). Tog‘ daryolariga qurilgan GESlarda eng arzon elektr energiya ishlab chiqarilmoqda. O‘zbekistonda suv quvvati manbalarining mavjudligi va ayni vaqtda issiqlik elektr stansiyasida ishlatishga yoqilg‘i bo‘lmaganidan dastlab, asosan, GESlar qurilgan. Mamla katimizda birinchi GES 1926-yili Bo‘zsuv kanalida qurildi. Keyinchalik qurilgan Xishrav, Tuyamo‘yin, Farhod, Xo‘jakent GESlari mam lakat sanoatining rivojlanishida mu him ahamiyat kasb etgan. O‘zbekistonda GES qurish bilan bir yo‘la elektrenergiya ishlab chiqarish, yerlarni sug‘orish, xo‘jaliklarni suv bilan ta’ minlash, baliqchilikni rivojlantirish imkoniyatlari yaraladi