15 - bilet
Birinchi olimpiada o’yinlari qayerda va qachom bo’lib o’tgan.
Javob: Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, birinchi Olimpiya oʻyinlari eramizdan avvalgi 776-yilda oʻtkazilgan. Oʻyinlar antik olimpiya xudolariga bagʻishlangan boʻlib, oʻyin musobaqalari qadimgi Olimpiya maydonlarida oʻtkazilgan. Ushbu nufuzli musobaqada asosan beshta yunalishda kurash olib borishgan bular: Yugurish, kurash, uzoqlikka sakrash, nayza uloqtirish, ot choptirish. Antik Olimpiya oʻyinlari Pelopones gʻarbiy qismida joylashgan qadimgi Olimpiyada oʻtkazilib kelingan. Grek mifalogiyasiga koʻra, Olimpik oʻyinlar asosi Pelopsa orollarida vujudga kelgan. Qadimgi Olimpiya oʻzining goʻzal tabiati, maftunkorligi bilan, shuningdek, oʻzining muhtasham ibodatxonalari va sport maydonlari bilan ajralib turadi. Eramizdan avvalgi 10-asrlarda Olimpiyada madaniy marosimlarni hamda boshqa diniy va siyosiy tadbirlarni oʻtkazishga xizmat qilgan joy hisoblangan. Olimpiyaning markazi qismida hashamatli Zevsa, uning togʻrisida esa Geri ibodatxonasi qad koʻtargan. Olimpiya oʻyinlari Zevsga sigʻinish, diniy marosimlar bilan chambarchars bogʻliq edi. Soʻzsiz oʻyinlar yuqori saviyada oʻtkazilib, grek shaharlari oʻrtasida oʻzaro munosabatlarni yaxshilashga yoʻnaltirilgan edi. Qadimgi miflarda aytilishicha, Olimpiya oʻyinlarining tugʻilishi yarimxudo Gerakl nomi bilan bogʻliq.
12 asrdan buyon qadimgi Olimpiya oʻzining qadimiy oʻyinlar oʻtkaziladigan maydoni va otchoparlarida muxlislar qalbidan joy olgan chaqqon hamda baquvvat sportchilarni namoyon qildi. Sportchilarning nomlari ularning Olimpiya gʻalabalari tarix varoqlarida muxrladi. Qadimgi Olimpiada oʻyinlarida barcha ozod erkaklar — Gretsiyada yashovchilar qatnashish huquqiga ega boʻlgan. Megardan general Orsip, choʻpon Polimnist, Rodos orolidan qirol oilasi aʼzosi Diagor, Makedoniya qiroli Aleksandr I, faylasuf Demokrit — bularning barchasi qadimgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchilari boʻlishgan
Asrlar oʻtib eramizning 393-yili Olimpiya oʻyinlari imperator Feodosiya buyrugʻi bilan toʻxtatilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi sport turlari.
Javob: Jismoniy tarbiyani - maqsadi kursantni jismonan shakllantirish va uni kasbiga, turmushiga va hayotga tatbiq etishdir. Mashg`ulot jarayonida jismoniy tarbiya o`z oldiga quyidagi tarbiyaviy, umumta'limiy, sog`lomlashtirish kabi maqsadlarni qo`yadi:
-sog`lom hayot kеchirishdagi jismoniy talabchanligi va o`z-o`zini tarbiyalash;
-nazariy va amaliy bilimlarni jismoniy tarbiya orqali o`stirish;
-jismoniy imkoniyatlarni to`liq qo`llash, kasalliklarning oldini olish, sog`liqni saqlash va uni mustahkamlash, o`z-o`zini himoyalash;
Huquqni muhofaza qilishda jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadlari quydagicha:
yetuk malakali rahbar kadr bo‘lib yetishishlari hamda ularning ekstremal vaziyatlarda tez va aniq qaror qabul qilishlariga erishishga;
tinchlik va urush vaqtida, favqulotda vaziyatlarda harbiy – jangovar vazifalarni bajarish, huquqni muhofaza qilish idoralarining malakali kadrlarini tayyorlash tizimida harbiy saf, xizmat va jangovar tayyorgarligining o‘rni va rolini bilishga;
xizmat faoliyatida shaxsiy tarkibning ruhiy va jismoniy tomondan baquvvat bo‘lishlari shuningdek, ularning kasb faoliyatida vujudga keladigan kiyinchiliklariga bardosh bera olishlariga;
kasbiy, ahloqiy tarbiyalashni amalga oshirish, ularni ichki tartib intizomga qatiy rioya qilishlarini ta’minlash;
qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibni tarbiyalash, o‘z ortidan ergashtira olish, kasbiy tayyorgarligini oshirib borish va jamoada sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish;
kelajakdagi xizmatlari jarayonida sodir bo‘ladigan favquloddagi vaziyatlarda harakatlanish tartibida ruhan va jismonan tayyor bo‘lishlariga erishish;
tezkor vaziyatlarni baholay olish usullari, to‘g‘ri qaror qabul qilish, qo‘l ostidagilarga to‘g‘ri vazifa qo‘yish;
shaxsiy tarkibini yong‘in o‘chirish vaqtida harakat qilishlari uchun doimiy shay holatni ta’minlashni bilish kabilar kiradi.
Milliy kurashning paydo bo’lish tarixi.
Do'stlaringiz bilan baham: |