15-amaliy mashg’ulot mavzusi: Aralash tolali gazlamalar assortimenti bilan tanishish Amaliy mashg’ulot maqsadi



Download 71,6 Kb.
bet1/2
Sana06.07.2022
Hajmi71,6 Kb.
#744482
  1   2
Bog'liq
2 5226570729276839072


15-amaliy mashg’ulot
Amaliy mashg’ulot mavzusi: Aralash tolali gazlamalar assortimenti bilan tanishish
Amaliy mashg’ulot maqsadi: Aralash tolali gazlamalar assortimenti o’rganish
Amaliy mashg’ulot topshirig’i:

  1. Aralash tolali gazlamalar ishlab chiqarish ehtiyoji

  2. Aralash tolali gazlamalar tarkibini shakllantirish talabi va tartibi.

Mashg’ulot topshirig’ini bajarish uslubiyoti
I pak gazlamalari assortimentiga sun’iy va sintetik shtapel tolalaridan olingan iplardan to’qilgan gazlamalar kiradi. Bularning ko’pchiligi viskoza tolalaridan to’qiladi. Asetat, lavsan va nitrondan to’qilgan gazlamalar ham bor. Odatda, yigiruv jarayonida sintetik shtapel tolalar viskoza yoki paxta tolalariga aralashtiriladi. Buning natijasida gazlamalarning qayishqoqligi, yemirilishga chidamliligi va shaklini saqlash qobiliyati oshadi. Shtapel gazlamalarini to’qishda yakka, pishitilgan, shakldor iplardan foydalaniladi. Sirtlari silliq bo’lgan shtapel gazlamalari erkaklar ko’ylagini, kostyumlarini, ayollar ko’ylak, ko’ylakkostyumlarini, plashlar, palto va kurtkalar tikish uchun ishlatiladi. Ko’ylaklik gazlamalar mayda gulli o’rilishda va chipor pardozlangan qilib to’qiladi. Yo’g’on iplardan to’qilgan paltolik gazlamalar junsimon ko’rinishda bo’ladi. Plashlik gazlamalarga suv o’tkazmaydigan ishlov beriladi.
Sun’iy ipakni qo’shib ishlab chiqarilgan ip gazlamalarning tandasida paxta tolasidan olingan ip, arqoqida esa viskoza yoki asetat yaltiroq kompleks iplari ishlatiladi. Bu gazlamalar yirik va mayda gulli o’rilishda ishlab chiqariladi. Shu sababli bu gazlamalarning sirtida ajoyib tovlanuvchi naqsh hosil bo’ladi. Pardozlanishi - sidirg’a rangli, oqartirilgan yoki gul bosilgan holda bo’ladi. Enlari - 62-95 sm. Yuza zichligi - 95-110 g/m2. Bu guruhchaga «ko’ylakbop» deb atalgan gazlamalar kiradi.
Kiyimbop gazlamalar jumlasiga kostyum, shim, palto, kurtka, plash va maxsus kiyimlarni tikish uchun qo’llaniluvchi zich to’qilgan, ishqalanishga chidamli va mustahkam gazlamalar kiradi. Ularning ichida sidirg’a rangli va turli xil rangli iplardan to’qilgan gazlamalar ko’p miqdorini tashkil qiladi. Kiyimbop gazlamalar asosan karda usulida yigirilgan yakka (25-70 teks) yoki pishitilgan (15,4teksx2-25teksx2) iplardan ishlab chiqariladi. Oxirgi paytlarda kiyimbop gazlamalarning tolali tarkibiga kimyoviy tolalar kiritiladi. Pardozlanish jarayonida ishqorli, g’ijimlanmaydigan va kirishmaydigan maxsus ishlovlar beriladi.
Kiyimbop guruhi to’rtta guruhchalarga bo’linadi: a) sidirg’a rangli; b) maxsus; v) qishki; g) har xil rangli iplardan to’qilgan va chipor (melanj) gazlamalar guruhchalariga.
Sidirg’a rangli klassik gazlamalarga diagonal, moleskin, reps kiradi.
Diagonal - sarja o’rilishdagi maxsus ish kiyimlari uchun qo’llaniluvchi gazlama. Tandasida 42 teksli, arqoqida 29-72 teksli iplar ishlatiladi. Yuza zichligi 180-380 g/m 2, eni 67-100 sm. Ayrim artikullarida 12-15 foiz kapron tolasi qo’shiladi.
Moleskin - sidirg’a rangli yoki kam miqdorda oqartirilgan, ishqoriy ishlov berilgan gazlama. O’rilishi - kuchaytirilgan satin. Shu sababli, tolali tarkibida 15 foiz kapron tolasi mavjudligi va tanda yo’nalishida pishitilgan iplarni ishlatishi tufayli bu gazlamaning ishqalanishga chidamliligi juda yuqori bo’ladi. Eni 65-110 sm, yuza zichligi 220-330 g/m2. Ishlatilishi diagonalnikidek.
Reps gazlamasining arqoqiga yo’g’on (29 teks x2), tandagisiga esa ingichka (18,5 teks) iplarni ishlatilgani uchun uning sirtida bikr ko’ndalang yo’llari bor. O’rilishi - polotno. Yuza zichligi 180-220 g/m2.
Plashlar tikish uchun ishlatiluvchi gazlamalar sarja yoki polotno o’rilishida to’qiladi. Teskari tomonida suv o’tishiga qarshilik ko’rsatuvchi plyonkasi bo’ladi. Bu guruhchaga yana bir qancha ―kostyumbop» nomli gazlamalar kiradi.
Kiyimbop gazlamalar guruhining maxsus guruhchasiga kiruvchi gazlamalar ham sidirg’a rangda ishlab chiqariladi. Ularning yuza zichligi 220-320 g/m2, eni 65-105 sm. Ular maxsus kiyimlarni tikishda qo’llaniladi. Gazlamalarning nomi - maxsus diagonal, kitellar uchun, sport kiyimlari uchun, kiyimbop gazlamalar va hokazo deb ataladi.
Triko gazlamaning afzalligi shuki - u yo’l-yo’l yoki katak ko’rinishda bo’ladi. Bu ko’rinish turli rangli iplarni ishlatilish yoki aralash o’rilishlarda to’qilishi orqali hosil qilinadi.
Triko ip gazlamalari jun triko gazlamasini eslatadi. Ular uncha qimmat bo’lmagan erkaklar kostyum va shimlarini tikish uchun qo’llaniladi.
Djins gazlamalari sarja o’rilishida tandasida rangli iplardan, arqoqida esa xom iplardan to’qiladi. Bu gazlamaning g’ijimlanmasligini va kiyimning shaklini saqlash xususiyatini ta’minlash uchun unga yuvilib ketmaydigan appret bilan ishlov beriladi. Ayrim artikullarning tolali tarkibiga lavsan tolasi qo’shiladi.
Djins gazlamasi yoshlar sport kiyimi, kurtkalar, shimlarni tikish uchun keng qo’llaniladi.

Download 71,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish