Klassik model (yondashuv)
Iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to‘liq bandligi sharoitida amal qiladi. SHu sababli ishlab chiqarish hajmi o‘zining potensial darajasiga teng keladi;
Narx, foiz stavkasi va ish haqi moslashuvchan bo‘lib, ularning o‘zgarishi bozor muvozanatini saqlab turadi;
Ishlab chiqarish omillari miqdori sekin o‘zgarishi sababli, to‘la bandlik sharoitida yalpi taklif real ishlab chiqarish hajmini, yalpi talab esa narx darajasini belgilaydi.
Keynscha model (yondashuv):
Narx, ish haqi, foiz stavkasi va boshqa nominal miqdorlar nisbatan o‘zgarmas, shu sababli bozor tebranishlariga juda sekinlik bilan moslashadi;
Real ko‘rsatkichlar (ishlab chiqarish hajmi, bandlik va x.k.) aksincha, tez moslashuvchan bo‘lganligi sababli bozor tebranishlariga nisbatan tez javob beradi.
4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida yalpi talabning qisqarishi va uni O’zbekistonda salbiy oqibatlarini bartaraf etishga yo’naltirilgan chora tadbirlar.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’sirini bartaraf etish va inqirozdan keyingi taraqqiyot dasturlarini amalga oshirish sharoitida O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturining muhim ustuvor vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilandi:
2009-2012 yillarga mo‘ljallangan mamlakatda qabul qilingan jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish bo‘yicha inqirozga qarshi das turni amalga oshirish va shu asosda iqtisodiy o‘sishni uzoq muddatli barqaror sur’atlarini va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini ta’minlash;
tarkibiy o‘zgartirishlarni davom ettirish va iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, buni birinchi navbatda xalqaro sifat standartlariga javob beradigan talab yuqori bo‘lgan rakobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yunaltirilgan iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jixatdan qayta jixozlash yuli bilan amalga oshirish;
kishloq turmush sifatini va qiyofasini tubdan yaxshilashga, kishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishga, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o‘rni va ahamiyatini tubdan qayta ko‘rib chikishga, fermer xujalikla- rini rivojlantirishga, xar tomonlama yunaltirilgan uzoq muddatli, o‘zaro chuqur bog‘langan chora-tadbirlar keng kompleksini amalga oshirish;
aholi bandligini ta’minlash, uning turmush sifatini oshirishning muhim omili sifatida xizmatlar ko‘rsatish sohasi va kichik biznesni jadal rivojlantirish;
mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish.
Banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklaridagi depozitlarga jalb qilishni rag‘batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |