15- mavzu. Biznes rejaning moliyaviy reja bo‘limi



Download 59,6 Kb.
bet2/2
Sana09.06.2022
Hajmi59,6 Kb.
#647099
1   2
Bog'liq
БР мавзу-15

Ko’rsatkichlar

Hisobot ma’lumotlari

Tavsiya etiladigan
mezon

200_y.

200_y.

200_y.

1. Likvidlik ko’rsatkichlari (to’lov qobillik)

1.1. Joriy likvidlik yoki umumiy qoplash koeffitsenti

2 - 4

1.2. Muddatli likvidlik koeffitsenti

> 1

1.3. Asolyut likvidlik koeffitsenti

> 0.2

1.4. Sof aylanma kapitali

2. Amaliy faolligi ko’rsatkichlari

2.1. Aktivlarning aylanuvchanligi koeffitsenti

2.2. O‘z mablag‘larining aylanuvchanligi koeffitsenti

2.3. Asosiy vositalar aylanuvchanligi (fond qaytimi)

2.4. Zaxiralarning aylanuvchanligi koeffitsenti

2.5. Zaxiralarning o‘rtacha saqlash muddati

2.6. Debitorlik qarzlarining aylanuvchanlik koeffitsenti

2.7. Debitorlik qarzlarining o‘rtacha aylanish davomiyligi

2.8. Kreditorlik qarzlarining aylanuvchanlik koeffitsenti

2.9. Kreditorlik qarzlarining aylanish davomiyligi

2.10. Operatsion davrning (tsiklning) davomiyligi

2.11. Moliyaviy davrning (tsiklning) davomiyligi.

3. Moliyaviy barqarorlik ko’rsatkichlari

3.1. Moliyaviy mustaqillik koeffitsenti

>0.5

3.2. Moliyaviy qaramlik koeffitsenti

<0.5

3.3.Moliyaviy tavakkalchilik koeffitsenti

<0.8

3.4. Moliyaviy barqarorlik koeffitsenti

<1.25

3.5. O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta‘minlanganligi koeffitsenti

>0.3

3.6. Zaxiralarni o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta‘minlanganligi koeffitsenti

>0.6

4. Korxonaning bozor faolligi koeffitsentlari

4.1. Bitta aktsiyaning daromadliligi

4.2. Aktsiyaning bozor bahosi va bir aktsiyaga to‘g‘ri keluvchi foyda o‘rtasidagi munosabat

4.3. Bitta aktsiyaga dividend me‘yori

4.4. To‘langan dividendlar ulushi

Korxonani huquqiy shaklini tanlashda tadbirkor korxona qanday turda bo‘lishini xal qilishi kerak. Bu erda mavjud mablag‘lar, shuningdek jalb etilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar manbalari ko‘rsatiladi. Tadbirkor potensial kapital ta’minotlariga juda keng variantlarni ya’ni aksiyalar, qarz majburiyatlari yoki konvertatsiyalangan qarz kabi gibrid shakllardan foydalanishni taklif etish mumkin. Korxona huquqiy shaklining nisbatan keng tarqalgan shakllariga quyidagilar hisoblanadi:


1. Tezkor ssuda. Ssuda-asosiy qarz va foiz to‘lovlarini ma’lum belgilangan davr mobaynida to‘lash shvarti bilan qarz olish turidir. Bunda foiz stavkasi aniq belgilanadi yoki o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin.
2. Kreditli liniya – kompaniyaning bozor qiymatidagi aylanma kapitalini moliyalashtirish borasidagi kelishuv.
Oddiy aksiyalarning ikki turi mavjud «ovozga ega aksiyalar»-aksiyadorlar yig‘ilishida ovoz berish huquqiga egalar. «Ovozga ega bo‘lmagan aksiyalar», bunda aksiyadorlar ovoz berish huquqiga ega emaslar.

3. Zararsizlik tahlili


Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday tadbirlik faoliyatining bosh maqsadi samarali (foydali) harakat qilish hisoblanadi. SHuning uchun ham, tadbirkor asosiy e’tiborni birinchi navbatda yuqori daromad va uning yuksalishiga qaratmog‘i lozim. Shu maqsadda, zararsizlik tahlil etiladi. Tahlilda quyidagi tushunchalarga alohida ahamiyat beriladi:
-zarasizlik tahlili usuli;
-doimiy, o‘zgaruvchan va aralash harajatlar;
-zararsizlik tahlilining grafik usuli;
-zararsizlik nuqtasi va uning mohiyati;
-yalpi foyda;
-boshqaruv usuli;
-zararsizlik zonasi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida biznesni boshqaruvchilar, tadbirkorlar zarasizlikni tahlil etish qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim. Bularga:
-biznes rejalashtirish;
-maqsadli foyda tahlili;
-ishlab chiqarishda optimal texnologiyani tanlash va hokozo.
Zararsizlikni tahlil etish orqali har bir menejer(boshqaruvchi) biznesda ishbilarmonlik sohasidagi o‘zgarishlarni baholay olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Biznesga kirish strategiyasini tanlashda korxona foydaliligi etakchi o‘rin tutadi. SHunday ekan menejerlar o‘zgarishlar ta’sirini baholashga muhtoj bo‘ladi. Bu vaqtda asosiy e’tiborni quyidagilarga qaratmog‘imiz lozim:
-ishlab chiqarilayotgan(yoki ishlab chiqarish ko‘zda tutilayotgan) mahsulotga bo‘lgan bozor talabi;
-mahsulot ishlab chiqarish uchun ketadigan zaruriy harajatlar;
-ishlab chiqarish harajatlarining tuzilishi va tarkibi;
-ishlab chiqarish texnologiyasining yangilanishi (o‘zgarishi)ni korxona samaradorligiga (foydaliligiga) ta’siri;
SHuni unutmaslik kerakki, har qanday biznesni yoki tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda bir qator muammolar yuzaga keladi. Ularga:
a)qanday xajmda mahsulot ishlab chiqarish zarurligi;
b)tovar bahosini qanday belgilash kerakligi;
v)o‘zgaruvchi harajatlar darajasi qanday bo‘lishi lozimligi;
g)arzon qo‘l mexnatini yoki ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashni tanlashligi:
d)mahsulot sotishni 20% ga ortishi korxona foydaliligiga qanday ta’sir etishi;
j)ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni qay darajaga ko‘targanimizda ish foyda bera boshlashi va hakozo.
Ushbu muammolarni har tomonlama chuqur o‘rganish tadbirkorga faoliyat yuzasidan to‘g‘ri qaror qabul qilishiga olib kelibgina qolmay bozorda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi va o‘z o‘rniga ega bo‘lishini kafolatlaydi.2
SHuning uchun ham boshqaruv qarorlarini qabul qilishning asosi zararsizlikni tahlil etish hisoblanadi.
Zararsizlik tahlili – korxona mahsulotining bahosi, ishlab chiqarish xajmi, mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi o‘zgaruvchi harajat, doimiy harajat va foydalilikni o‘rganuvchi usuldir.
Zararsizlik tahlilining eng asosiy tomoni bu harajatlarni ikki guruxga bo‘lib o‘rganishdir:
1.Doimiy harajatlar;
2.o‘zgaruvchan harajatlar.
O‘zgaruvchan harajatlar mahsulot ishlab chiqarish xajmi ortishi va kamayishiga qarab ortib yoki kamayib boradi.
Grafik ko‘rinishida uni qo‘yidagicha tasvirlanadi:

Bularga xom ashyo va materiallar, ish haqi, texnik xizmat ko‘rsatish, mukofotlar va boshqa o‘zgaruvchan harajtlar kiradi.


Doimiy harajatlar bu mahsulot ishlab chiqarish va sotish xajmiga bog‘liq bo‘lmagan harajatlardir.
Doimiy harajatlar grafik ko‘rinishida qo‘yidagicha tasvirlanadi:

Harajatlar


Bu harajatlarga ijara to‘lovi, doimiy maoshlar, yillik reklama harajatlari, kommunal xizmat to‘lovlari, sug‘urta summasi va boshqalar kiradi.
Yuqoridagi harajatlarni o‘zgarishi korxona(firma)ni moliyaviy holatini o‘zgarishiga olib keladi.
Zararsizlik nuqtasi-bu mahsulot sotishdan tushgan tushumni uni ishlab chiqarish va sotish uchun qilingan harajatlarga teng bo‘lishi yoki foyda summasini nolga tengligidir.
Korxonalar umumiy harajatlarini mahsulot ishlab chiqarish va sotishga bog‘liqligi quyidagi ko‘rinishni oladi:


Har birlik tushum hisobiga mahsulot ishlab chiqarishning ortishida bir xil summaga o‘zgaruvchan harajatlar ortadi. Bundan tashqari doimiy miqdor ham ortadi.
Har bir mahsulot birligida sotish bahosi bilan o‘zgaruvchan harajatlar orasidagi farq o‘zgarmas miqdor bo‘lishi kerak. Bu farq yalpi foyda deb yuritiladi.

Misol:
Mahsulot bahosi – 50 so‘m
O‘zgaruvchan harajatlar hissasi – 28 so‘m
Doimiy harajatlar – 11000 so‘m
Bitta mahsulot hisobiga yalpi foyda 50 – 28 q 22 so‘m
Mahsulot ishlab chiqarish xajmi - 3000 dona
Yalpi foydaning umumiy xajmi – 22 x 3000 q 66000 so‘m
Mahsulot sotishdan tushgan tushum- 50 x 3000 q 150000 so‘m
O‘zgaruvchan harajatlar chegirilib tashlanadi. 28 x 3000 q 84000 so‘m
Yalpi foyda 66000 so‘m.

Yalpi foyda q doimiy harajatlar Q foyda



Yalpi foydadan (66000 so‘m) doimiy harajatlarni (11000 so‘m) ayrib tashlasak 5000 so‘m foyda qoladi.

Zararsizlikni ta’minlash uchun yalpi foyda miqdori doimiy harajatlarni qoplashga teng bo‘lishi lozim.



Muhokama va nazorat savollari
1. Bashorat qilinuvchi daromad nima?
2. Korxona balansinig tarkibi nimalardan iborat?
3. Korxonaning pul mablag‘lari haqidagi hisobot.
4. Korxonaning ishbilarmonlik faolligi ko‘rsatkichlari.
5. Biznesning zararsizlik darajasi.
6. Daromad va xarajatlar balansida aks ettiriluvchi asosiy ko‘rsatkichlar qatoriga qaysilarni kiritish mumkin?
7. Mahsulotni sotish hajmi bashoratlari qanday ko‘rinish yoki shaklda bo‘lishi lozim?
8. Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari qanday foyda ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi
9. Pul oqimlari rejasi odatda nechta asosiy bo‘limdan iborat bo‘ladi?
10. Xarajatlar qanday guruhlarga taqsimlanadi?


11 Timothy Berry Hurdle: The Book on Business Planning USA, 2004, P. 56

24 Mike P. McKeever How to Write a Business Plan NY, USA. 1998. P.89

Download 59,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish