14,7 ming so‘mni tashkil qildi



Download 22,12 Kb.
Sana27.03.2022
Hajmi22,12 Kb.
#512918
Bog'liq
sugurta


Sug‘urta xizmatlari iqtisodiyotni turli moliyaviy xatarlardan himoya qiluvchi vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli ham sug‘urta sohasi iqtisodiyotning ajralmas qismi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Sohaga oid tahliliy axborotlarni hamda sug‘urta bozoridagi joriy holat va 2020 yilning I choragi natijalari yuzasidan ma’lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan davra suhbati tashkillashtirildi.
2019 yil I chorak yakuni bo‘yicha sug‘urta mukofotlari hajmi yalpi ichki mahsulotning 0,5 foizini, aholi jon boshiga sug‘urta mukofotlari
14,7 ming so‘mni tashkil qildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorida 36 ta sug‘urtalovchi, shundan 28 tasi umumiy sug‘urta tarmog‘ida va 8 tasi hayotni sug‘urta qilish tamog‘ida, shuningdek 5 sug‘urta brokeri, 5 aktuar tashkilot hamda 22 assistans, adjaster, syurveyer kompaniyalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.


Sug‘urta kompaniyalari ma’lumotlariga muvofiq 2020 yil I choragi mobaynida 503,1 mlrd. so‘m sug‘urta mukofoti yig‘ildi.
Sug‘urtalovchilarning yalpi ustav kapitallari 782,4 mlrd. so‘mga
(o‘sish - 138 foiz) va iqtisodiyotga kiritilgan investisiyalar hajmi
2 834,9 mlrd. so‘mga (o‘sish - 137 foiz) yetgan. Investisiyalarning 55 foizi bank depozitlariga, 30 foizi aksiyalarga va qolgan qismi boshqa qimmatli qog‘ozlarga joylashtirilgan. Amaldagi shartnomalar soni 7,0 mln. donani tashkil qildi.

2020 yil I chorak davomida jami 176,9 mlrd. so‘m miqdorida sug‘urta to‘lovlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 141,2 mlrd. so‘m ixtiyoriy sug‘urta turlari va 35,8 mlrd. so‘m majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha to‘langan.


Hisobot davrida sug‘urta bo‘limlari soni – 1 773 taga yetdi. Sug‘urtalovchilar shtatida 6,6 ming xodim va 8,9 mingta sug‘urta agenti faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, yurtimizda sug‘urta bozori tarkibiy qismlarining nomutanosibligini ko‘rish mumkin, ya’ni ixtiyoriy sug‘urta turlari 82 foizni, majburiy turlar esa 18 foizni tashkil etmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda majburiy sug‘urtaning ulushi 50 foizdan iborat.
Bugungi kunda respublikamizda 36 ta sug‘urta kompaniyasi mavjud bo‘lib, sug‘urta bozorida jami xizmatlarining 45 foizi dastlabki 5 ta,
69 foizi esa 10 ta kompaniya ulushiga to‘g‘ri keladi. Bu esa sug‘urta bozori salohiyatining to‘liq ishga solinmayotganidan darak beradi.
Bundan tashqari, boshqa davlatlarda hayotni sug‘urtalash hissasi 50 foizni tashkil qilsa, bizda u bor yo‘g‘i 16 foizni tashkil qiladi.

Dunyo sug‘urta bozorida sug‘urtalovchilar tomonidan 1000 dan ziyod turdagi sug‘urta xizmatlari ko‘rsatiladi va ularning 300 tasi hayotni sug‘urtalashga qaratilgan bo‘lib ular sug‘urtalanuvchilarning talab va istaklarini inobatga olgan. Bizning mamlakatimizda esa ko‘plab turdagi, masalan, moliyaviy institutlar majburiyatlari, direktorlar va menejerlarning aksiyadorlar oldidagi majburiyatlari sug‘urtasi kabilar yo‘lga qo‘yilmagan.


Tahlillarga qaraganda, bu sohada nafaqat respublikamiz, balki boshqa davlatlar uchun ham xos bo‘lgan qator muammolar bor. Bular, asosan, sug‘urta kompaniyalari, sug‘urtalanuvchilar o‘rtasida samarali aloqalarning yo‘qligi, mijoz so‘rovlariga kechikib munosabat bildirish tufayli xizmat natijadorligining pastligi bilan izohlandi.
Sug‘urta bozorining jo‘g‘rofiy jihatdan yuqori konsentrasiyalashgani ham muammolardan biri bo‘lib turibdi. Sug‘urta mukofotlarining asosiy ulushi – qariyb 66 foizi Toshkent shahri va Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hayotni sug‘urta qilish tarmog‘ida hamda majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlarni inobatga olinmaganda umumiy sug‘urta tarmog‘ida zararlilik darajasi bor yo‘g‘i 9 foizni tashkil qilganligi bu ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha deyarli to‘lovlar bo‘lmaganligini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, deyarli barcha hayot sug‘urta kompaniyalari sug‘urta mukofotlari tushumlarining o‘tgan yilgi darajasini ham ta’minlay olmaganlar.
Moliya vazirligiga sug‘urta kompaniyalari mijozlaridan kelib tushgan shikoyatlarning aksariyat qismi to‘lovlar yuzasidan bo‘lib, shikoyatlar vazirlik tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng sug‘urta kompaniyalari tomonidan 4,5 mlrd. so‘m miqdorida sug‘urta to‘lovlari amalga oshirilgan.
Aholining aksariyat qismi sug‘urta va sug‘urta turlari haqida xabardor emasliklari, sug‘urta kompaniyalari tomonidan yildan yilga bir xil tadbirlarni amalga oshirilishi, reklama xarajatlari past darajada qolayotganligi holatni o‘zgartirish uchun yetarli emasligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda joriy yilning Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida kuchli shamol va yomg‘ir natijasida hamda joriy yilning 1 mayida Sirdaryo viloyati “Sardoba” suv ombori to‘g‘onidan suv toshishi natijasida aholining ko‘plab uy-joylariga, issiqxonalarga, qishloq ho‘jaligiga, iqtisodiyotning ko‘plab infratuzilmalariga katta zararlar yetkanligi va bunday xolatda sug‘urta kompaniyalari sug‘urta to‘lovlarini qisqa muddatlarda amalga oshirishlari yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Shu borada amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi o‘zini hisobotini berdi.
Jumladan, Sirdaryo viloyatining Oq oltin, Mirzaobod va Sardoba tumanlarida jami 1383 ta sug‘urta sug‘urta shartnomalari imzolangan bo‘lib, shulardan 839 tasi mol-mulk sug‘urtasiga to‘g‘ri keladi.
Tadbirkorlik sub’yektlari bilan imzolangan 365 ta sug‘urta shartnomasi imzolangan bo‘lib, zararlangan mulklar bo‘yicha 882,5 mln.so‘m sug‘urta to‘lovlari qisqa muddatlarda to‘lab berildi.
Aholi bilan tuzilgan 474 ta sug‘urta shartnomalaridan 212 tasi aholi yashash uylari hisoblanadi. Ularning barchasiga zarar yetgan bo‘lib, sug‘urta kompaniyalar tomonidan sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunga qadar 78,9 mln.so‘m sug‘urta to‘lovlari aholiga to‘lab berilgan bo‘lsa, yana 2,5 mlrd.so‘mlik sug‘urta to‘lovlari arizalar kelib tushgan.
Shu o‘rinda aholini ham o‘z mol-mulkiga e’tiborliroq bo‘lishga va uni har xil ofatlardan himoya qilishga chaqirgan bo‘lar edik. Sirdaryodagi ofat natijasida 4351 ta uy-joylarga jiddiy shikast yetgan bo‘lsa, ta’kidlab o‘tilganidek faqatgina 212 ta uy-joy sug‘urtalangan.
Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatida viloyatning Olot va Qorako‘l, shuningdek, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlarining ayrim hududlari ko‘plab uy-joylar, issiqxonalar va boshqa mulklar zarar ko‘rgan.
Mazkur hududlarda 30 mingga yaqin sug‘urta shartnomalari imzolangan. Bugungi kunga qadar talofat yetgan sug‘urta ob’yektlari bo‘yicha 4,5 mlrd.so‘m miqdoridagi sug‘urta qoplamalarini to‘lab berilgan. Bu bora ishlar davom ettirilmoqda.
Muhokamalar davomida ushbu sohada asosan sug‘urta kompaniyalari va sug‘urtalanuvchilar o‘rtasida samarali aloqalarning yaxshi yo‘lga qo‘yilishi, mijoz so‘rovlariga o‘z vaqtida munosabat bildirilishi xizmat natijadorligini ta’minlanishi ta’kidlandi, shu jumladan respublikada sug‘urta xizmatlari turlarini ko‘paytirishga qaratilgan keng masalalarga katta e’tibor berildi.
Download 22,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish