“14 yanvar – vatan himoyachilari kuni”


VATAN OSTONADAN BOSHLANADI



Download 1,57 Mb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi1,57 Mb.
#239353
1   2
Bog'liq
14 yanvar – vatan himoyachilari kuni

VATAN OSTONADAN BOSHLANADI

Har bir insonning Vatanga bo‘lgan muhabbati ona suti, ona allasi, ota-ona mehri bilan uning vujudiga singib boradi. Vatan tuprog‘idagi oddiy xas ham, oddiy  tosh  ham muqaddas bo‘lib tuyuladi. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog‘ini ko‘zlariga to‘tiyo etganlar, qaerga borsa ham Vatan yodi bilan nafas olganlar. Hech bir inson Vatandan tashqarida baxt-saodat topa olmaydi. O‘z yurtida  obro‘-e’tibori bo‘lmagan inson o‘zga yurtda ham qadrlanmaydi. Har bir insonning Vatani uning uchun dunyodagi eng go‘zal va muqaddas makon hisoblanadi.   Vatanga muhabbat har bir insonning o‘z ota-onasiga, el-u yurtiga muhabbati bilan bog‘liq. Vatanga muhabbati bo‘lmagan insonni ota-onasiga mehri bor desalar, bunga ishonib bo‘lmaydi.    Vatan yagona ekanligi, uni pok saqlash, boyliklarini asrab-avaylash, Vatanga sadoqat, ajdodlar merosiga qiziqish, milliy ma’naviyatdan bahramandlik, o‘ziga  ishonch, umumbashariyatga hurmat, kelajak oldida mas’ullik tuyg‘ularini tarbiyalaydi.1993 yil 29 dekabrdan  boshlab “14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni”    mamlakatimizda   bayram sifatida nishonlanadi.    Ta’lim muassasalarida “Vatan himoyachilari kuni” tadbirlarini  o‘tkazishning mazmun-mohiyati  shundan iboratki, o‘quvchilarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining salohiyati va obro‘si, mamlakatimiz mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligi, xalqimizning tinch hayotini va mustaqillikni mustahkamlash yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatini himoya qilish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini keng yoritib berish, ularni o‘z Vataniga sodiq va fidoyi insonlar etib tarbiyalash  barcha ta’lim muassasalarining pedagogik jamoasining eng dolzarb vazifalaridan biriga aylanishi  lozim. Bugungi kunda  o‘quvchi yoshlarda Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy  hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi milliy g‘oyalarning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish, bu ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomil-lashtirishni taqozo etmoqda. 

Yoshlarni  harbiy xizmatga kuzatish marosimlarini tantanali  o‘tkazish  ham vatanparvarlik tarbiyasi tizimiga kiradi. Yoshlar  o‘rtasida vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishda  harbiy xizmatni  o‘tayotgan askarlar   bilan  o‘tkaziladigan uchrashuvlardan keng foydalanish maqsadga muvofiq.     Davlat ramzlariga  hurmat jahondagi barcha   xalqlar e’tiqod qiladigan an’anadir. Davlat ramzlariga  hurmat shaxs madaniyati, burch,  mas’uliyat tuyg‘usi, vatanparvarlik e’tiqodi darajasining belgisi bo‘ladi.     Vatanimiz, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli  himoya qilish, vatanparvar bo‘lish bugungi kunda  har bir yigit-qizning orzusi va burchiga aylanib bormoqda. Mudofaa ishlar bo‘limlari bilan  hamkorlikda ishlab,  yoshlarimizning armiyadagi xizmatlarini joylarga borib ko‘rish va  o‘rganish kerakki, bu  o‘quvchi-yoshlarda bevosita  harbiy vatanparvarlik borasida  o‘z fikrlari va tushunchalari  hosil bo‘lishiga ko‘mak beradi,    yigitlarning  Vatanga  muhabbat hissi   harbiy xizmatda shakllanadi, namoyon bo‘ladi. Harbiy askarlarning o‘tayotgan xizmatlari,  o‘z yurti to‘g‘risidagi  suhbatlari  o‘quvchilarda katta taasurot qoldirib, taassavurlarini oshiradi.   

Yosh avlod qalbida o‘zligini anglash, vatanparvarlik  his-tuyg‘ularini shakllantirish asosan maktabgacha va maktab davridan boshlanadi.  Ushbu davrda   bilim berish bilan birgalikda ularni vatanni sevishga, yurtga munosib farzand bo‘lishga, milliy g‘urur tuyg‘ularini  his etishga o‘rgatiladi.    Xalq ta’limi tizimi muassasalarida “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlash o‘quvchilarda vatanparvarlik, burchga sadoqat, hushyorlik va ogohlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni Qurolli kuchlar, mamalakat mudofaa salohiyatini kuchaytirish va harbiy xizmatning nufuzini borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun – mohiyatini chuqurroq tanishishga, o‘rganishga imkoniyat yaratadi.





Shuni aytish mumkinki,  harbiylik kasbi  kishidan boshqa kasblarga nisbatan ko‘proq mardlik, matonat va fidoyilikni talab etadi. O‘zida vatanparvarlikni, mardligu jasoratni, ishonchu g‘ururni va chinakam barkamollikni jam etgan bu kasb tobora yoshlarimizning kelajagi va maqsadlariga aylanib bormoqda. Bunday burch va maqsad bilan yashayotgan,  harbiy ta’lim yo‘nalishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan vatanparvar yoshlarimizning safi tobora  kengayib borishi yurtboshimizning  harbiy ta’limni isloh qilish va takomillashtirishdagi e’tiborli sa’y-harakatlari natijasidir.   Respublika ta’lim markazi  barcha ta’lim muassasalarida   «14 yanvar – Vatan  himoyachilari kuni»ni  o‘tkazish bo‘yicha quyidagilarni tavsiya etadi:   Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov 2011 yilni “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”  deb nomlash taklifi bilan  tadbirlar mazmunini mazkur mavzuga yo‘naltirish maqsadga muvofiq.   “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlash yuzasidan hududiy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;  Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishda joylardagi harbiy   qismlar,o‘quvchilar, ota-onalar, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari,  mahalla faxriylari, harbiylar va tadbirkorlar, kichik biznes xodimlari ishtirokida o‘tkazishda sinf rahbarlari, yetakchilar, fan  o‘qituvchilari va kutubxonachilardan alohida mas’uliyat va tayyorgarlik ko‘rishlari talab etadi. Tayyorgarlik ko‘rish jarayonida  tadbirlar rejasini puxta, qiziqarli va  aniq tarzda tuzish  hamda   o‘quvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlarini  hisobga olgan  holda, boshlang‘ich sinflar (1–4 sinflar) va yuqori sinflar (5-9 sinflar)   uchun  alohida rejalar tuzish  maqsadga muvofiq.Boshlang‘ich sinf  o‘quvchilariga bunday tadbirlarni o‘tkazishdan    maqsad, ularda Vatan tuyg‘usini shakllantirish bilan birga  murg‘ak qalblarida buyuk Vatanning mard posbonlari, yurtning jasur farzandlariga  bo‘lgan  havas va ishonchni mustahkamlash, «Men Vatan himoyachisiman» degan   tushunchani, g‘urur va iftixor tuyg‘ularini  singdirish, yuqori sinf o‘quvchilarida esa, mustaqil Vatanimiz xavfsizligi uchun o‘zlarini shaxsan javobgar sezish, o‘z xohish-irodasi bilan har qanday qiyinchiliklarga bardosh bera olish, harbiy tayyorgarlik, sergaklik, botirlik, yurt sha’nini himoya qilish, yuksak farzandlik burchini anglashdan iborat tadbirlar majmuini tashkil etish maqsadga muvofiq. Shuningdek, sinf rahbarlari tarbiyaviy soatlarda “Vatan posbonlari”, “Munosib izdoshlar bo‘lamiz”, “Harbiylar hayotidan”, “O‘zbekiston o‘g‘lonlari”, “Vatanimiz taqdiriga befarq bo‘lmaymiz”, “Yurtimiz tinchligi yo‘lida” kabi mavzularda ochiq mashg‘ulotlar tashkil etib unda huquq-tartibot organlari, mahalla faollari, ichki ishlar xodimlarini taklif etish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga:-Uzluksiz ta’lim tizimida o‘quvchi yoshlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash masalalariga alohida e’tiborni qaratish;- O‘zbekistonning kelajagiga  ishonch bilan qarash, uning yuksalishiga  munosib hissa qo‘shish, o‘quvchi yoshlarda  xalqimizning milliy, ma’naviy merosi, urf-odatlaridan keng foydalanish, fidoyi inson bo‘lish g‘oyalarini singdirish maqsadida turli yo‘nalishda tadbirlar tashkil etish;- Mamlakatimizning muqaddas ramzlari bo‘lmish Davlat Gerbi, Davlat Bayrog‘i, Davlat Madhiyasini qadrlash, yuqori darajada tarbiyalanganlik,  javobgarlik qobiliyatlarini shakllantirish;

-Mustaqillik tafakkurini shakllantirishda ijtimoiy-gumanitar fanlar, ayniqsa, «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar», «Ma’naviyat asoslari» o‘quv fanlarini o‘qitish jarayonida dunyoqarashi keng, irodasi baquvvat, o‘z qadr-qimmatini anglaydigan, hayotda o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalash;

-«Vatanparvarlik»  oyligi    davomida maktablarda o‘tkazilayotgan ertalabki saf-lanishda o‘quvchi-yoshlarga “Vatan himoyachilari” kuni   haqida alohida ma’lumotlar berish, safda turish va yurish mashqlarini o‘tkazish, sog‘lom va barkamol avlodni Vatan  himoyasiga tayyorlab borish, ular qalbida sodiqlik, vatanparvarlik va fidoiylik tuyg‘ularini shakllantirish,  ogoh va ziyrak bo‘lish, favqulodda vaziyatlarga tayyor turish mas’uliyatini  anglatish, davlatimiz qurolli kuchlarining salohiyati va  bugungi kundagi   mavqeyi bilan tanishtirish;    Muhtaram prezidentimiz tomonidan  “O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi” – deya ishonch bilan aytilgan chaqiriqlarining  ma’nosini o‘quvchilarga anglatish maqsadida stendlar tayyorlash, siyosiy sharhlovchilarni taklif etib davra suhbatlarini tashkil etish;

-yoshlarimizning ma’naviyatini yuksaltirish, ularni teran tafakkur, ezgu fazilatlar sohiblari etib tarbiyalash,  qalbi va ongida ona-Vatanga muhabbat, milliy an’ana va qadriyatlarimizga  sadoqat tuyg‘ularini mustahkam qaror toptirish uchun turli    mavzularda  ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar tashkil etish;- oila, maktab, mahalla va jamoatchilik vakillari bilan birgalikda  harbiy muassasalarga harbiy qismlarga, xotira maydonlariga, qadimiy yodgorliklarga, ziyoratgohlarga borish,  guldastalar qo‘yishni  tashkil etish,   faxriy  harbiylar va jasorat ko‘rsatgan  harbiy vatandoshlarimizni ta’lim muassasalariga taklif etib, uchrashuvlar  o‘tkazish; - O‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida sport va chiniqish musobaqalarini o‘tkazish, jumladan:

- jismoniy tayyorgarlik – turnikda tortilish, yugurish, granata uloqtirish;    -Diyorimizning bebaho madaniy yodgorliklari bilan  o‘quvchi yoshlarni tanishtirish maqsadida adabiyot, san’at, tarix  hamda uy-muzeylariga sayohatlar uyushtirish;    -Barcha ta’lim muassasalarida zobitlar, faxriylar va Qurolli kuchlar xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari – yurt tinchligi va xavfsizligining kafolatidir”, «Vatan tuyg‘usi – oliy e’tiqod», “Oila, Vatan muqaddas, men unga munosib farzand bo‘laman”,  «Baxtimiz qomusi – farovonlik garovi» “Yurtimiz harbiylari”, “O‘zbekiston – qudratli davlat”  «O‘zbekiston–mening Vatanim»,  «Ogohlik – davr talabi» «Sen muqaddassan Vatan», »Vatan yagonadir, Vatan bittadir», “Ona yurt o‘g‘lonlari”, »Milliy g‘oya, mafkura va yoshlar», «Seni ardoqlaymiz, aziz Vatanim»,»O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi»,  “Vatanim taqdiri-mening taqdirim”, «Vatan oldidagi mening burch va mas’uliyatim», mavzularida bahs-munozara, insho, rasm, badiiy  o‘qish, kechalar, davra suhbatlari,  ko‘rik-tanlovlar, devoriy gazetalar tanlovi va  seminarlar  o‘tkazish;   -“Hushyorlik va sergaklik – zamon talabi”, ruknida Ikkinchi jahon urushi faxriylari, baynalmilal jangchilar, Mustaqillik davrida harbiy xizmatlar uchun Davlat mukofotlariga sazovor bo‘lganlar bilan maktab o‘quvchilarining uchrashuvini uyushtirish;  

-Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha  o‘quvchilar bilan «Ekologik madaniyatning milliy an’analari» mavzuida suhbatlar, amaliy mashg‘ulotlar  o‘tkazish.  

-Umumta’lim maktab o‘quvchilarining Oliy harbiy ta’lim muassasalariga va harbiy qismlarga tashrifini uyushtirish; – Ta’lim muassasalarida faxriylarni taklif etgan holda “Jasorat darslari”ni tashkil etish va uning doirasida O‘zbekiston mudofaa qudratini mustahkamlash, jamiyatda harbiylik kasbining nufuzini yanada oshirishga qaratilgan uchrashuvlar va davra suhbatlarini tashkil etish;

- “Shunqorlar” harbiy-sport o‘yinining tuman va shahar bosqichlarini joylardagi harbiy qismlar negizida o‘tkazishni tashkil etish;



- O‘quvchilarning  o‘zini- o‘zi boshqarish faoliyatlarini nazoratga olish, «Oila, mahalla, maktab  hamkorligi» markazlari ishini yo‘lga qo‘yish, sinf rahbarlari bilan ota-onalar va yetakchilarning  hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish; – Yurt tinchligi yo‘lida jonini qurbon qilgan askar va zobitlarning oila a’zolari holidan xabar olish;- Vatanparvarlik tarbiyasida o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli  o‘tkazish, ularning ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishda maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni samarali tashkil etish; – O‘qish jarayonida  hamda maktabdan va sinfdan tashqari tadbirlarda foydalanish uchun  harbiy, sport-sog‘lomlashtirish to‘garaklarini tashkil etish, «Yosh vatanparvar» to‘garagi ishini tashkillashtirish, «Mardlik va matonat» darslarini  o‘tkazish, «Fidoiylar» klubi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.    Bugungi yoshlar mustaqil  O‘zbekistonning kelajagi, ertasi. Zotan, biz navqiron avlod vakillarini barkamol, yetuk kishilar qilib voyaga yetkazsak, ularning  har birida or-nomus, milliy g‘ururni izchil shakllantirib borsak, Vatanimiz shunchalik qudratli davlatga aylanadi. Vatanni, xalqimiz tinchligini va osoyishtaligini ishonchli  himoya qilish, vatanparvar bo‘lish, sodiqlik, fidoyilik tuyg‘ularini  his etib yashayotgan  har bir yosh avlod Mustaqil yurtimizning kelajagidir. Ana shu navqiron avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish, ularning  har birida or- nomus, milliy g‘urur ruhini shakllantirish-Vatanimizning kelajagi porloq, taraqqiyoti esa bundanda yuksak bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.







Mavzu: “14 yanvar – vatan himoyachilari kuni”



Bajardi: ____________________

Tekshirdi: ___________________
Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish