14-Variant 1-Topshiriq. Berilgan savollarga yozma javob bering


Chiroyli yozuvga o‘rgatishning vazifalari nimalardan iborat?



Download 131,76 Kb.
bet3/7
Sana24.06.2021
Hajmi131,76 Kb.
#100098
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14-variant tayyor

3. Chiroyli yozuvga o‘rgatishning vazifalari nimalardan iborat?

Istiqlol bois ta’lim mazmuni, maqsadi va usullari o‘zgardi. Albatta, bu o‘zgarishlarning tub negizida davlatning ta’lim tizimi oldiga qo‘ygan buyurtmasi turadiki, bu ijodiy tafakkur sohibini yetishtirishdir.

Boshlang‘ich ta’lim mazkur yo‘nalishda ilk poydevordir.Bu poydevorning tamal toshi esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini husnixatga o‘rgatish desak, mubolag‘a bo‘lmas. Husnixat bilan yozuvga o‘rgatish usullari o‘quvchida aniq, chiroyli va tez yozish imkonini hosil qilishi lozim. Bu kabi vazifalarni amalga oshirish uchun dastur mazmuni, talablari, o‘qitish usullari, yozuvga o‘rgatishning gigiyenik shartlarini, o‘quvchilarning yozuvidagi individual kamchiliklarini tahlil qilish, kamchiliklarning yuzaga kelish sabablarini aniqlash va tuzatish usullari ishlab chiqilishi zarur.

Boshlang‘ich sinflarda fanlarni yetarli darajada o‘zlashtirmagan o‘quvchi yuqori sinflarda ham fan asoslarini puxta egallab ololmaydi. Shunday ekan, biz boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining oldida juda mas’uliyatli vazifa turadi. Chunki inson shaxsining shakllanishi ilk maktab yoshiga to‘g‘ri keladi. Bolaning boshlang‘ich sinfdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yishda uning savodini chiqarish muhim ish sanaladi.

O‘quvchilarda ilk o‘qish va yozish malakalarini shakllantirish savod o‘rgatish jarayonining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu davrda o‘quvchilarda chiroyli yozuv malakalarini shakllantirishning o‘ziga xos omillari mavjud. 

Bu esa o‘qituvchidan yozuv darslariga qator talablar quyilishini bilishi va unga amal etilishini taqozo etadi. Bular:



Gigiyenik talablar. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilar ko‘rish va eshitish qobiliyatlarini hisobga olishi yorug‘lik o‘quv xonasining chap tomonidan tushishiga e’tibor qaratishi, o‘quvchilarni partada o‘tirish qoidalari bilan tanishtirishi va ularda to‘g‘ri o‘tirish ko‘nikmalarini shakllantirishi lozim.Bundan tashqari, yozuv qurollari va ulardan foydalanish qoidalari ham hamisha o‘qituvchining diqqat markazida turmog‘i keraк.

Yozuvga o‘rgatishning metodik shartlarining birinchi omili o‘qituvchining namunaviy yozuvidir. Chunki yozishga o‘rgatish ko‘pincha taqlid qilish orqali amalga oshadi. O‘qituvchining birinchi o‘quv yilida sinf taxtasi yoki o‘quvchi daftarga yozganlari asl nusxa sifatida ko‘riladi, chunki o‘quvchilar undan o‘z daftariga ko‘chirib oladilar. Shuning uchun o‘qituvchining husnixati chiroyli va to‘g‘ri bo‘lishi zarur. O‘qituvchi o‘quvchilarning yozuvdagi kamchiliklarini tuzatishi, yozuvga doimiy e’tibor qaratishi, yozuvga o‘rgatish izchil va ketma-ketlik xarakterga egaligini hisoga olishi, har bir o‘quvchiga individual yordam ko‘rsatishi, o‘quvchilarning husnixat bilan to‘g‘ri yozish ko‘nikmalarini rivojlantirib borishi lozim.

Shu bilan birga o‘qituvchi yozuvga o‘rgatishning usullari (metodlari)ni ham puxta o‘rgangan bo‘lishi shart.

Husnixatga o‘rgatish fani boshqa fanlar qatori o‘zining tarixiy manbalariga ega bo‘lgani holda o‘sib, rivojlanib bormoqda. Bu metod va usullarga quyidagilar kiradi:



1.Chiziqli usul.

2.Genetik usul.

3.Namunaga qarab yozish usuli.

4.Namunaga qarab yozish ko‘chirish usuli.

5.Nusxa ko‘chirish usuli.

6.Tasavvur orqali yozish usuli.

7.Ritmik usul (sanoq-ohang)

8.Harf shakllarini tahlil qilish usuli.

9.Yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish usuli.

10.Qo‘l harakatini mashq qildirish usuli.

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni husnixatga o‘rgatish ehtiyoji yuqoridagi talablar asosida yuzaga keladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni husnixat bilan yozuvga o‘rgatish metodikasi ularda aniq, chiroyli va tez yozish imkonini hosil qilishi lozim. Bu kabi vazifalarni amalga oshirish uchun dastur mazmunini va uning talablarini, o‘qitish usullarini, yozuvga o‘rgatishning gigiyenik shartlarini, o‘quvchilarning yozuvidagi individual kamchiliklarini tahlil qilish, kamchiliklarning yuzaga kelish sabablarini aniqlash va tuzatish usullarini ishlab chiqish zarur.

Mazkur yo‘nalish faqat o‘qituvchi faoliyati bilan cheklanib qolmasligi, bunda asosan «Mahalla-oila-maktab» konsepsiyasi faoliyatini yanada kuchaytirish zarur bo‘ladi. Ayniqsa, «Ota-onalar universiteti» ish ko‘lamini kengaytirish yo‘nalishidagi ishlar samaradorligining oshishiga sabab bo‘ladi. Bunda yosh ota-onalar uchun o‘quvlar o‘tkazish, ularni farzandlarini husnixatga o‘rgatish talablari bilan tanishtirish va uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ayni muddaodir. 
Yaxshi o‘qituvchi izlanish yo‘lini o‘rgatadi, yomon o‘qituvchi tayyor haqiqatni beradi” – degan fikrni ko‘pchilik biladi. 

Albatta o‘quvchi boshlang‘ich sinfda DTS talabiga ko‘ra to‘g‘ri, ifodali, ravon o‘qishi, savodli yozishi ko‘paytiruv jadvalini mustahkam bilishi shart. 

Demak, o‘quvchining ko‘paytiruv jadvalini to‘liq yoddan bilmasligi boshlang‘ich sinfda DTS talabini bajarmagan degan xulosaga olib keladi. 

Oqibat sababdan kelib chiqishi hammaga ayon. Inson uchun xat – savod bilan birga ta’bir joiz bo‘lsa suv va havodek zarur bu matematik hisob – kitob, ko‘paytiruv jadvalini bilishi hayotiy zaruriyat. Haqli ravishda savol tug‘iladi. 

Boshlang‘ich sinfda o‘quvchi DTS talablarini to‘liq bajarmasligi, aynan ko‘paytiruv jadvalini 100% yod olmasligi, o‘quvchi bilim, malaka ko‘nikmasida bo‘shliqni paydo bo‘lishi uchun kim aybdor? Sabab nima? degan savol ko‘ndalang turadi. 

Savolga turlicha javob bo‘lishi tabiiy. 

1.O‘quvchining intellektual qobiliyati. 

2.O‘qituvchining tajribasi, bilim mahoratining yetishmasligi. 

3.Ota – onalarning farzandlari bilan yetarlicha ishlamasligi kabi sabablarni ko‘rsatish mumkin. 

Har qaysi holatda ham bosh aybdor boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi hisoblanadi. 

O‘qituvchining tajribasi kam bo‘lsa, ma’lumoti, malakasi aytarli darajada bo‘lmasa albatta o‘qituvchini ayblash oson. Ammo o‘qituvchi yetarli bilim malaka, tajribaga ega deylik, sinfda ko‘paytiruv jadvalini o‘quvchilarga to‘liq yod oldirish ancha mushkul holat hisoblanadi. Chunki 2 – sinfdan boshlab o‘quvchilar ko‘paytiruv jadvalini 100% yod ololmaydi. 

Bu holatni tabiiy hol, asta – sekin o‘rganib ketadi deb xotirjamlikka berilgan o‘qituvchi xato qiladi. Negaki har bir o‘quvchi o‘zlashtirish kerak bo‘lgan dasturni ajratilgan vaqti, ma’lum rejalashtirilgan davri bor. 

O‘quvchilarning qabul qilish qobiliyati har xil bo‘lganligi bois, o‘qish texnikasini egallashi og‘zaki nutqi, yozma savodxonligi shu bilan birga matematika fanini o‘zlashtirish darajasi ham ko‘paytiruv jadvalini yod olishi ham har xil bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham o‘quvchining o‘zlashtirish qobiliyati qanchalik past bo‘lmasin ko‘paytiruv jadvalini o‘qituvchi o‘quvchilarning to‘liq ongli ravishda o‘zlashtirib olishiga erishmog‘i shart. 

Bu majburiyat uchun o‘qituvchilar o‘zlarini javobgar hisoblasalarda aynan shu mas’uliyatni bajarishlari uchun bir soatlik mavzuga rejalashtirilgan vaqt yetishmaydi. 

Vaqt yetishmasligini aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak “2 ni songa ko‘paytirish” mavzusi darsda tushuntirilib uyda (2 karrani) yodlab kelish topshiriladi. Ertasi kuni o‘quvchilarning qanchalik yod olganliklarini aniqlashga to‘g‘ri keladi. O‘quvchi to‘liq yod olganmi, olmaganligini aniq bilish uchun har bir o‘quvchidan 2 karrani boshidan oxirigacha yod aytib berishlarini talab qilish va uni diqqat bilan tinglash kerak. 

Amalda sinab ko‘rilganda har bir o‘quvchi 2 karrani (3,4,5….karrani) yod aytib berguncha o‘rtacha 2 – 3 daqiqa vaqt ketar ekan. Endi hisoblab ko‘raylik bir o‘quvchidan 2 karrani so‘ragunimizcha 3 daqiqa vaqt ketsa, 30 o‘quvchi uchun to‘qson daqiqa vaqt kerak ekan. Ammo 2 soat vaqtni faqat o‘quvchining ko‘paytiruv jadvalini qay darajada yod olganliklarini aniqlashga sarflasak. 2 soatga rejalashtirilgan misol – masalalar qolib ketadi, ana muammo qayerda. O‘quvchining bilim ko‘nikma, malakasida bo‘shliq qanday hosil bo‘lgan. 

O‘qituvchi barcha o‘quvchidan ko‘paytiruv jadvalini birma – bir oxirigacha so‘rab aniqlashga vaqt topolmaydi, o‘quvchilarning qay darajada yod olganligini 100% aniqlay olmaydi. Bu fikr bilan o‘qituvchi o‘quvchilarning ko‘paytiruv jadvalini qay darajada yod olganliklarini aniqlamaydi demoqchi emasmiz. 

Ilg‘or, ijodkor, mahoratli, bilimdon, zukko o‘qituvchilarimiz juda ko‘p. qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham bu ishni uddalaydigan muallimlar talaygina. 

Ammo ko‘p hollarda o‘qituvchi uy vazifani aniqlash, o‘tilgan mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilim, ko‘nikma, malakalarini aniqlash uchun ajratilgan 15-20 daqiqada barcha o‘quvchilardan jadvalni so‘rab ulguraolmaydi. Jadvalni yod olmagan o‘quvchi qoloqlar o‘zlashtirmovchilar safini tashkil qilib qolaveradi. Vaqt o‘tishi bilan ko‘paytiruv jadvalini to‘liq o‘zlashtirmagan o‘quvchi paydo bo‘ladi. 

Biz dars uchun ajratilgan 45 daqiqada barcha o‘quvchidan 100% ko‘paytiruv jadvalini yod bilish darajasini aniqlashimiz hamda dars uchun ajratilgan misol va masalalarni yechishga ulgurishimiz kerak. 

Bu borada izlanish zarur albatta!

Ko‘p yillik izlanishlar o‘z samarasini berdi. Hamma uchun qulay, o‘qituvchining eng qadrli vaqtini tejaydigan bir usulni qo‘lladim. 

Vaqt yetishmasligi muammosi “darsni jadallashtirish (optimallashtirish)” usuli orqali o‘z yechimini topdi. Bu usul “Tez hisoblash daftari” deb nomlangan ko‘rgazmali vosita orqali amalga oshiriladi. 


Download 131,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish