Sillogizmning umumiy qoidalari.Xulosa asoslarining chin bo’lishi xulosaning chin bo’lishi uchun yetarli emas. Xulosa chin bo’lishi uchun yana ma’lum qoidalarga amal qilish ham zarur. Bu sillogizmning umumiy qoidalari debataladi. Bular sillogizmning terminlari va asoslariga taaluqli bo’lgan qoidalar bo’lib, quyidagilardan iborat:
1.Sillogizmda uchta termin: katta, kichik va o’rta terminlar bo’lishi kerak. Ma’lumki, sillogizmning xulosasi katta va kichik terminlarning o’rta terminga bo’lgan munosabatiga asoslanadi; shu sababdan ham termionlar soni uchtadan kam yoki ortiq bo’lmasligi talab qilinadi. Agar terminlar soni uchtadan kam bo’lsa, xulosasi yangi bilim bermaydi;
2.O’rta termin hech bo’lmaganda asoslardan birida to’la hajmda
olinishi kerak. Agar o’rta termin hech bir asosda to’liq hajmda olinmasa, chetki terminlarning bog’lanishi noaniq bo'ladi va xulosaning chin yoki xatoligini aniqlab bo’lmaydi.
Ba’zi faylasuflar notiqdir.
Kafedramizning hamma a’zolari faylasufdir.
Bu sillogizmda o’rta termin katta asosda juz’iy hukmning sub’ekti, kichik asosda umumiy tasdiq hukmning predikati bo’lgaligi uchun to’liq hajmda olinmagan. Shuning uchun chetki terminlar o’rtasidagi bog’liqlik aniqlanmagan. Bu aqsoslardan chiqarilgan xulosa noaniq bo'ladi:
3. Katta va kichik terminlar asoslarda qanday hajmda olingan bo`lsa, xulosada ham shunday hajmda bo`lishi kerak. Bu qoidaning buzilishi kichik yoki katta termin hajmini noo`rin kengayeib ketishiga olib keladi.
4.Ikki inkor hukmdan (asosdan) xulosa chiqarib bo`lmaydi.
5. Ikki juz`iy hukmdan xulosa chiqarib bo`lmaydi.
6. Asoslardan biri inkor hukm bo`lsa, xulosa ham inkor hukm bo`ladi.
7. Asoslardan biri juz`iy hukm bo`lsa, xulosa ham juz`iy hukm bo`ladi.
Induktiv xulosa chiqarish. Biz avvalgi mavzuda zaruruiy xulosa chiqarish bilan (diduktiv xulosa chiqarish asosida) tanishib chiqqan edik. Mantiqda ehtimoliy xulosa chiqarish ham o’rganiladi.
Ehtimoliy xulosa chiqarish turli xil shakllarda, shu jumladan, enduktiv xulosa chiqarish shaklida amalga oshirishi mumkin. Ularning barchasiga xos xususiyat-xulosaning asoslardan mantiqan zaruriy ravishda kelib chiqmasligi hamda faqat ma’lum bir darajada tasdiqlanishidir. Asoslarning xulosani tasdiqlash darajasi mantiqiy ehtimollik, deb nom olgan. Juz’iy bilimdan umumiy bilimga mantiqan o’tish induksiya shaklida sodir bo'ladi (lotincha-inductio-yagona asosga keltirish).
Induktiv xulosa chiqarish empirik umumlashtirish shaklida sodir bo’lib, unda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishni kuzatish asosida shu belgining maskur sinfga tigishli barcha predmetlarga xosligi haqida xulosa chiqariladi.
Induktiv asosida chiqarilgan xulosalar ilmiy bilishda o’rnatilgan turli empirik qonuniyatlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida o’z aksini topadi, predmet va hodisalar haqidagi bilimlarimizni kengaytirishga olib keladi.
Induktiv xulosa chiqarish bilvosita xulosa chiqarish hisoblanadi, ya’ni uning asoslari ikkita va undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan bo'ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladilar. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy hukm tarzidagi fikr hosil qilinadi.
Demak, induktiv xulosa chiqarish yakkalik, juz’iylik va umumiylikning dialektik aloqasini kuzatamiz.
Induktiv xulosa chiqarishning ikkita turi: to’liq va to’liqsiz induksiyalar farq qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Berdumurotova A. K. logika. (O’quv qollanma). – Nukus: Bilim, 2004.
2. Ivlev Y. Logika. (Uchebnik dlya VUZov). – Mосква: Logos, 1998.
3. Степанов О. И. Логика. – Т., 2009
4. Raximov I. Logikadan amaliy mashg`ulotlar va metodik tavsiyalar. – Toshkent: O`qituvchi 1998
5. To'rabayev B.O Logika: masalalari va mashqlar. (O’quv qo’llanma).– Т., 2009
6. Sharipov M Fayzixo’jayevA D. Mantiq . – Toshkent: Universitet, 2007
7. Sharipov M Fayzixo’jayevA D. Mantiq (Izohli lug’at). –Toshkent: Tamaddun, 2015
8. Xayrullaev М., M. Haqberdiey, Mantiq. (Ma’ruzalar matni). – Toshkent: O`qituvchi, 2000
Do'stlaringiz bilan baham: |