14-mavzu: tayyor mahsulot va uning


Tayyor mahsulotning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi



Download 43,56 Kb.
bet3/12
Sana12.04.2022
Hajmi43,56 Kb.
#545771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Tayyor mahsulot va uning sotilishini hisobgaolish

3. Tayyor mahsulotning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi
Korxonalarda tayyor mahsulot hisobi vazifalarini aniq tashkil qilish maqsadida ular omborda va buxgalteriyada hisobga olib boriladi. Pirovard, iste’molga yaroqli bo‘lgan mahsulot texnik nazorat bo‘limi tomonidan tekshirilgandan so‘ng omborga topshiriladi. Tayyor mahsulotni omborga qabul qilishda topshirish nakladnoyi yoki mahsulot topshirish vedomostida rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlarda topshiruvchi sex topshirilish muddati, mahsulotning nomenklatura raqami, uning soni, reja tannarxi va tegishli moddiy javobgar shaxslarning imzosi ko‘rsatiladi. Qabul hujjatlari asosida buxgalteriya mahsulot topshirish vedomostini yuritadi. Bajarilgan ish yoki xizmatlar qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Omborlarda mahsulot harakatining miqdor ko‘rsatkichlaridagi hisobi varaqlarda yuritiladi. Varaqaga har bir kirim va chiqim hujjatlari asosida mahsulot harakati bilan bog‘liq operatsiyalar yozib boriladi.
Tayyor mahsulotning ombordagi hisobi operativ buxgalteriya usulida tashkil qilinadi, ya’ni har bir buyum nomenklatura raqamiga ombor materiallari hisobi :kartochkasi ochiladi (№ M-17-shakl). Tayyor mahsulotning kelib tushishi va chetga berilishi bilanoq ombor xodimi hujjatlar asosida ularning sonini kartochkalarga yozib qo‘yadi va har bir yozuvdan keyin qoldiq hisoblab qo‘yiladi. Buxgalter har kuni tugagan sutka uchun ombordan hujjatlarni qabul kilib olishi kerak (qabul qilish-topshirish nakladnoyi, buyruk-nakladnoy, tovar-transport nakladnoyi).
Ombor hisobining to‘g‘ri yuritilganligi ombor hisobi kartochkasiga buxgalterning imzosi bilan tasdiklanadi. Moddiy javobgar shaxs ombor hisobi kartochkalari asosida har oyda tayyor mahsulot nomenklaturasi, o‘lchov birligi soniga tayangan holda tayyor mahsulotning qoldiq hisobi vedomostini to‘ldiradi. Bu erda hisob baholari bo‘yicha qoldiqlar taksirovka qilinadi va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtiriladi.
Mahsulot kirimi va chiqimi bilan bog‘liq operatsiyalar rasmiylashtirilgan dastlabki hujjatlar ombor varaqalariga yozilganidan keyin buxgalteriyaga topshiriladi hujjatlar tekshiriladi, guruhlanadi va ular asosida tegishli hisob registrlari tuziladi. Tayyor mahsulot harakatining pul shaklida ifodalangan hisobi ombor hisobi ma’lumotlari asosida buxgalteriyada yuritiladi.
Tayyor mahsulotning sintetik hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi:
2810-«Ombordagi tayyor mahsulot»
2820-«Kurgazmadagi tayyor mahsulot»
2830-«Komissiyaga berilgan tayyor mahsulot»
2810-«Ombordagi tayyor mahsulot» hisobvarag‘i korxonaning omborida mavjud bo‘lgan tayyor mahsulot miqdorini bildiradi. Ushbu hisobvaraqning debeti 2010, 2110, 2310 va boshqa hisobvaraqlarnyng krediti bilan korrespondentsiyada korxona omboriga qabul qilingan tayyor mahsulotlar qiymatini ifodalaydi.
Hisob-kitobning jurnal-order shaklida tayyor mahsulotning analitik hisobi 16-kdydnomada yuritiladi. Bu qaydnoma turtta bo‘limdan iborat bulib ular quyidagilardir:
1-bo‘lim «Tayyor mahsulotning pul shaklidagi harakati» deb nomlanadi va unda mahsulotning hisobot oyi boshlanishiga qoldigi, omborga kdbul qilingani haridorlarga junatilgan va hisobot oyi oxiriga krldigi hisobda qabul qilingan baho hamda haqiqiy tannarxda ko‘rsatiladi.
2-bo‘lim «Junatilgan va sotilgan mahsulotlar» deb nomlanib, unda junatilgan mahsulotlarning analitik hisobi haridor korxonalar nomiga yozilgan har bir to‘lov talabnomasi bo‘yicha alohida yuritiladi.
3-bo‘lim «Tulangan va tulanmagan schyotlar haqida umumiy ma’lumotlar» deb nomla­nib, unda jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Download 43,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish