Psixologiyada xarakter muammosi.
«Xarakter» yunoncha so`zdan olingan bo`lib, «qalqiq chiziq» ma’nosini anglatadi. Bu yerda tanga, chaqa yuziga tushirilgan bo`rtma tamg`a ko`zda tutiladi.
Xarakterdeganda shaxsda muhit va tarbiya ta’siri ostida tarkib topgan va uning irodaviy aktivligida, tevarak-atrofdagi olamga (boshqa kishilarga, mehnatga, buyumlarga), o`z-o`ziga bo`lgan munosabatlarida namoyon bo`ladigan individual xususiyatlarini tushunamiz.
Xarakter xislatlari ichida eng ustun ko`zga tashlanadigan xususiyatlar majmui xarakter aksentuatsiyasi deyiladi. (Surbetlik, molparastlik, vijdonsizlik rostgo`ylik, yolg`onchilik, saxiylik, ochko`zlik, dilkashlik va hokazolar).
Xarakter aksentuatsiyasiga qarab odamlarni quyidagicha farqlash mumkin: introvert tip - odamovi, ichimdagini top, boshqalar bilan til topishga qiynaladigan tip, ekstrovert tip - his xayajonga berilganlik, ko`p gapiradigan, maqtanchoq, ko`p narsaga beqaror qiziqadigan tip.
Boshqarib bo`lmaydigan tip – oraliq tip, g`ayritabiiy, sun’iy qiliklar, e’tirozlarga murosasizlik, ba’zan o`rinsiz shubhalanish bilan qarash, o`z salbiy qiliqlarini bila turib davom ettirish - xudbinlikning oliy shakli.
Xarakterning tuzilishi.Xarakter xislatlari ichida eng ustun ko`zga tashlanadigan xususiyatlar majmui xarakter aksentuatsiyasi deyiladi. (Surbetlik, molparastlik, vijdonsizlik rostgo`ylik, yolg`onchilik, saxiylik, ochko`zlik, dilkashlik va hokazolar).
Xarakter aksentuatsiyasiga qarab odamlarni quyidagicha farqlash mumkin: introvert tip - odamovi, ichimdagini top, boshqalar bilan til topishga qiynaladigan tip, ekstrovert tip - his xayajonga berilganlik, ko`p gapiradigan, maqtanchoq, ko`p narsaga beqaror qiziqadigan tip. Boshqarib bo`lmaydigan tip – oraliq tip, g`ayritabiiy, sun’iy qiliklar, e’tirozlarga murosasizlik, ba’zan o`rinsiz shubhalanish bilan qarash, o`z salbiy qiliqlarini bila turib davom ettirish - xudbinlikning oliy shakli. Kishining qaysi xarakter tipiga kirishini aniqlashda Ye.I.Rogov taklif qilgan so`rovnoma va unga olingan javoblar natijasidan foydalanish mumkin. Rogov xarakter tiplarini quyidagicha tasvirlaydi: Ekstravertlar («o`ngi ustidalar») bor-yo`g`i ko`zga tashlanib turadigan odam. Muloqotga kirishuvi oson, chaqqon, mahmadona, tajovuzkor, peshqadamlikka intilish, odamlar diqqatini tortishga intilish darajasi yuqori. Boshqalar bilan osongina aloqaga kirisha oladi, tez ta’sirlanuvchan, tashqi ta’sirga beriluvchan, sezgir, ochiq ko`ngil odam. Odamlarga «tashqi ko`rinishi» ga qarab baho beradi, ichki olami ularni qiziqtirmaydi. Ekstravertlar ko`proq xolerik va sangvinik temperament tipida bo`lishi kuzatilgan.
Introvertlar («o`ngi ichidalar») tashqi olamga o`z kechinmalari bilan yo`naltirilgan odam, kamdan-kam aloqaga kirishadi, kamgap, kamsuqum, yangi tanishlar topishi qiyin, tavakkal qilishni yoqtirmaydi, avvalgi aloqalari uzilishidan iztirob chekadi, yutuq va yutqazish variantlari yo`q odam tipi. Hayajonlanish va vahimachilik darajasi yuqori, odatlangan harakat dasturini o`zgartirishi qiyin. Introvertlar ko`proq flegmatik, melanxolik temperament tipida bo`lganlarda uchraydi.
Oraliq tip yoki ambovertlar ta’sirlanish, qo`zg`olish darajasi beqaror, o`zgaruvchan, «Kimligini bilib bo`lmaydigan» tip. Bu tipga mansub odam vaziyatga qarab og`ib ketishi mumkin.
Xarakter shakllanishining psixofiziologik mexanizmi temperament, qobiliyatnikiga o`xshash bo`lsada, o`z-o`zini anglash, o`z-o`zini tarbiyalashga intilish asosiy yo`l hisoblanadi.
Shunday qilib, xarakter - shaxsning ijtimoiy munosabatlar tizimiga, hamkorlikdagi faoliyatiga va boshqa odamlar bilan muomalasiga jalb etiladigan hamda shu bilan o`z individualligiga ega bo`layotgan, tiriklik paytida erishgan narsasidir. Psixologiya tarixidan xarakterni bosh suyagining shakliga, yuz tuzilishiga, qaddi - qomatiga va hokazolarga bog`liq deb qarash ko`p bo`lgan.
Aflotun va Arastu kishi xarakterini uning basharasiga qarab aniqlashni taklif qilgan edilar. Kishi tashqi qiyofasida biror hayvonnikiga o`xshash belgilarni topish zarur, keyin xarakter aniqlanadi, deydi. Arastu fikricha, buqaniki singari yo`g`on bo`yin ishyoqmaslikni bildiradi, cho`chqanikiga o`xshash teshiklari katta-katta keng burun axmoqlikni, arslonniki kabi burun mag`rurlikni, echkilar, qo`ylar va quyonniki singari junining mayinligi qo`rqoqlikni, sherlar va yovvoyi cho`chqalarniki singari junining dag`alligi botirlikni bildiradi.
Xarakterni aniqlashning bunga o`xshash fiziognomik tizimini o`rta asrda yashagan suriyalik yozuvchi Abul Faraj Bar Ebreyda ko`ramiz. U shunday yozadi: «Yo`g`on va kalta bo`yinlik kishi buyvol (yovvoyi mol) singari qahr g`azabga keladigan maylga ega. Uzun va ingichka bo`yin qo`rqoqlik alomatidir, bunday kishi bug`u singari hurkadigan bo`ladiki … qaysi birining bo`yni juda kichik bo`lsa, bo`ri singari makkor bo`ladi». (Abul Faraj).
XVIII asrda yashagan Iogann Kaspar Lafaterning fiziognomistik qarashlari mashhur bo`lib ketdi. Uning fikricha «Inson boshi - qalbini ko`rsatadigan oynadir.» Bosh suyagi konfiguratsiyasini, imo-ishorani o`rganish xarakterni o`rganishning asosiy yo`li deb hisoblaydi, qarashlari asossizligini uning o`z qotilini bila olmagani, suhbatlashib o`tirgan munofiq uni otib o`ldirishidir. Xarakterni o`rganadigan soha frenologiya deb nom olgan. (Nemis vrachi Frens Gall nomi bilan bog`liq.) Bosh suyagi konfiguratsiyasi asosida frenologik karta tuzgan. Lekin bu ham o`zini oqlamagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |