14-mavzu. O‘zbekistonda davlat mustaqilligining



Download 105,92 Kb.
bet5/18
Sana22.01.2022
Hajmi105,92 Kb.
#400256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
сиртқи 6 мавзу

15- MAVZU. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning iqtisodiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyot. O‘zbekiston va jahon xamjamiyati

Asosiy tushuncha va iboralar: bozor iqtisodiyoti; liberallashtirish; modernizatsiya; infrastruktura; axborot texnologiyalari; Internet; axborot tahdidi; mobil aloqa; telekommunikatsiya; electron hukumat; ma’naviy qadriyatlar; tarixiy meros; diniy qadriyatlar; xalqaro hamjamiyat; geosiyosat.
15.1. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning boshlanishi va bozor iqtisodiyoti asoslarining yaratilishi

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol oʻta murakkab edi. Mustaqilligini qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston sovet tuzumi davridagi iqtisodiyot asosini tashkil etgan rejalashtiruvchi siyosatdan voz kechdi va bozor iqtisodiyoti yoʻlini tanladi. Jahon tajribasi koʻrsatishicha, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul boʻlgan bir xil taraqqiyot yoʻli, bir xil andoza boʻlishi mumkin emas. Har bir davlat oʻzining tarixiy-taraqqiyot an’analari, milliy oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻz yoʻli, oʻz modelini ishlab chiqishi lozim. Oʻzbekiston ham ana shu umumiy dastur va umumiy qonuniyat mezonlari asosida bozor iqtisodiyoti munosabatlariga oʻtishga imkoniyat beradigan oʻz yoʻlini tanlab oldi.

Bozor munosabatlariga oʻtishning dastlabki davridan respublika hukumati va Prezidenti tomonidan bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Mustaqillikning dastlabki yillarida aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan nogironlarni ijtimoiy himoya qilish, davlat pensiya ta’minoti, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning sogʻligʻini saqlash haqida va boshqa shu kabi respublika qonunlari, hukumat qarorlari va Prezident farmonlari qabul qilindi.

Iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy strategik maqsadi avvalo, kishilar turmushi va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan, kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizimni barpo etishdir. Bozor munosabatlariga oʻtish davrining birinchi bosqichi mustaqillik kunidan milliy valyutani muomalaga kiritishgacha boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oladi.

Birinchi bosqichda ikkita asosiy vazifa hal qilindi. Birinchidan, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining ogʻir oqibatlari yengib oʻtildi, tanglikka barham berildi va iqtisodiyot barqarorlashtirildi. Ikkinchidan, bozor munosabatlarining huquqiy negizlari shakllantirildi. Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning huquqiy-iqtisodiy negizlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oʻz ifodasini topdi.

Islohotlarning birinchi bosqichida Oliy Kengash tomonidan iqtisodiyotga oid 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Shu bilan birga xususiylashtirish chogʻida imtiyozlar tizimi yaratildi. Xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasining xodimlariga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotib olish imkoniyati berildi. Eskirgan asosiy fondlar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari yangi mulkdorga tekinga topshirildi. Qishloq xoʻjaligi davlat xoʻjaliklarining mol-mulki, fermalar, bogʻlar va uzumzorlar imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirildi.

Iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy strategik maqsadi avvalo, kishilar turmushi va faoliyati uchun zarur shart- sharoitlarni ta’minlaydigan, kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizimni barpo etishdir. Bozor munosabatlariga oʻtish davrining birinchi bosqichi mustaqillik kunidan milliy valyutani muomalaga kiritishgacha boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oladi.

Birinchi bosqichda ikkita asosiy vazifa hal qilindi. Birinchidan, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining ogʻir oqibatlari yengib oʻtildi, tanglikka barham berildi va iqtisodiyot barqarorlashtirildi. Ikkinchidan, bozor munosabatlarining huquqiy negizlari shakllantirildi. Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning huquqiy-iqtisodiy negizlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oʻz ifodasini topdi.

Islohotlarning birinchi bosqichida Oliy Kengash tomonidan iqtisodiyotga oid 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Shu bilan birga xususiylashtirish chogʻida imtiyozlar tizimi yaratildi. Xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasining xodimlariga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotib olish imkoniyati berildi. Eskirgan asosiy fondlar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari yangi mulkdorga tekinga topshirildi. Qishloq xoʻjaligi davlat xoʻjaliklarining mol-mulki, fermalar, bogʻlar va uzumzorlar imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirildi.

Mustaqillikning qoʻlga kiritilishi Oʻzbekistonni tadrijiy taraqqiyot yoʻliga qaytishiga imkoniyat yaratdi. “Oʻzbek modeli” konsepsiyasi asosida boshlangan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar respublikada tadbirkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bir necha bosqichlarda olib borildi.

Birinchi bosqich – 1991-1996- yillar. Bu bosqichda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hamda bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosi boʻlgan kichik mulkdorlar sinfining shakllantirilishidan boshlandi. Shu bilan birga, bu bosqichda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit, xususiy mulkni himoya qilishning konstitutsiyaviy huquqlari va kafolatlarini ta’minlovchi qonunlar qabul qilindi.

Ikkinchi bosqich – 1996–2000- yillar. Ushbu bosqichda keng qamrovli xususiylashtirish amalga oshirildi, iqtisodiyot sohalariga xususiy kapitalni jalb qilish imkoniyatlari kengaytirildi, dastlabki xususiy tijorat banklari va bankdan tashqari moliya institutlari (kredit uyushmalari) oʻz faoliyatlarini boshladi. 1996- yilda xalqaro iqtisodiy makonda yuz bergan paxta inqirozi uning narxini pasayib ketishiga, ayni vaqtda respublika iqtisodiga valyuta tushumini ta’minlab turgan ushbu xomashyoning eksportidan tushadigan daromad shu- yilning oʻzida 15% qisqarishiga sabab boʻldi.

1998-1999- yillardagi noqulay ob-havo sharoiti paxta hosildorligiga jiddiy zarar yetkazdi, natijada uning eksporti 25% ga qisqardi. Bunga javoban mamlakat hukumati e’tibori import oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash va bu davrda katta qiyinchilik bilan topilayotgan valyuta zaxirasini saqlab turishga, undan unumliroq foydalanishga qaratildi.

Uchinchi bosqich – 2000-2016- yillar. Mazkur bosqichda xususiy tadbirkorlikni keng koʻlamda rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va uni kafolatlashga qaratilgan qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 2000- yilda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun bilan tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish mexanizmi soddalashtirildi, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar taqdim etildi, tadbirkorlarning imtiyozli kredit olish uchun huquqlari mustahkamlandi.

2008- yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan kichik biznes sub’yektlarining tijorat banklari kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi, ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkasi yanada pasaytirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2015- yillarda Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish choralari toʻgʻrisida”gi va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofi iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va modernizatsiyalash hamda mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilab berildi.

Toʻrtinchi bosqich – 2016- yildan boshlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016- yil 5- oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofi tadbirkorlikni yanada jadal rivojlantirishga e’tibor kuchaytirildi. 2018- yil tasdiqlangan “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili – davlat dasturi”da tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishga ikki yil muddatga moratoriy (toʻxtab turish) e’lon qilindi.

2019-yilda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da mamlakatimiz salohiyati va raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida yangi qadamlar qo‘yildi. Iqtisodiyotimizning yetakchi soha va tarmoqlari jadal rivojlandi. Yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar, yangi transport tizimlari ishga tushirildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochildi. 2019-yilda ming-minglab yurtdoshlarimiz, jumladan, kam ta’minlangan oilalar shinam uy-joylarga ega bo‘ldilar.

Ilm-fan, ta’lim va tarbiya sohasida tub burilish davri boshlandi. Yangi-yangi bog‘cha va maktablar, oliy o‘quv yurtlari, yetakchi xorijiy universitetlarning filiallari, shifoxonalar, madaniyat va sport maskanlari bunyod etildi. Eng muhimi, odamlarimizning hayot darajasi, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi, ertangi kunga ishonchi tobora kuchaymoqda. Jamiyatimizda demokratiya tamoyillari, ochiqlik va erkinlik muhiti chuqur qaror topmoqda.




Download 105,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish